Mavzu: lok-bo‘yoq materiallar o`qituvchi: t f. n., dots. Xabibullayev Sh. A
Download 26.55 Kb.
|
9.Lok-bo`yoq materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Erituvchilar
To‘ldirgichlar bo‘yoq tarkiblariga pigmentlarni tejash, muayyan yangi xususiyatlar berish maqsadida kiritiladi. Ma’lum bir turdagi dispers to‘ldirgich bo‘yoq tarkibining mustahkamligini, korroziya muhitiga bardoshligini, olovbardoshligini va shu kabi xususiyatlarni yaxshilashi mumkin. To‘ldirgichlar sifatida talk, kaolin, kvars, asbest, slyuda, diatomit, ohaktosh, bo‘r kukunlari va boshqalar ishlatiladi. Bundan tashqari polietilen, polipropilen, polivinilxlorid kabi termoplastik polimerlar asosida olingan sintetik kukunlar ham hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar bo‘yoq tarkiblari ishlab chiqarish tizimida keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Pigmentlar va to‘ldirgichlar bir-biriga tabiati jihatidan mos kelishi va polistruktura hosil qilishi bo‘yoq tarkiblarining xususiyatlarini mukammal bo‘lishini kafolatlaydi. 6.Erituvchilar Suyultiruvchi va erituvchilar. Quyuq bo’yoq tarkiblarni suyultirishda yoki mineral pigmentlar asosida bo’yoqlar tayyorlashda suyultiruvchi materiallar ko’p ishlatiladi. Suyultiruvchining erituvchidan farqi shundaki, suyultiruvchiga parda hosil qiluvchi modda qo’shilgan bo’ladi. Bu esa buyoq tarkiblarining sifatini anchagina yaxshilaydi. Suyultiruvchi emulsiyalar deganda «yog’dagi suv» tizimi asosida tayyorlangan suyuqliklarni tushunish kerak. Suyultiruvchi emulsiyalar gruntovkalar tayyorlashda va quyuq moy bo’yoqlarni suyultirishda ishlatiladi. Masalan, ruh belilasi, hamda rangli quyuq bo’yoqlardan temir surigi, mo’miyo va oxralarni suyultirishda emulsiyalar ko’p ishlatiladi. Qanday bo’yoq bo’lishidan qat’iy nazar, unga qo’shiladigan suyultiruvchi miqdori 22-40% dan oshmasligi lozim. Barcha bo’tqasimon bo’yoq tarkiblarni ishlash uchun qulay darajaga keltirishda erituvchilar katta ahamiyatga ega. Erituvchilar ishlatilishiga ko’ra 3 xil bo’ladi: moyli lok va bo’yoqlar uchun; gliftal va bitum lok bo’yoqlari uchun; epoksid, nitrotsellyuloza va perxlorvinil lok-bo’yoqlari uchun ishlatiladigan erituvchilar. Yelimli suv-emulsiyali bo’yoqlar uchun erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Lok-bo’yoqlarni eritishda ko’proq skipidar, solventnaft, uayt-spirt va boshqalar kiradi. Sikkativlar - qurituvchi ma’nosini anglatadi. Qurilishda eng ko’p ishlatiladigan sikkativ ruhli marganets sikkatividir. U naftanat kislotasida eritilgan ruhli marganets tuzidan olinadi. Sikkativlar, asosan moyli va sintetik lok-bo’yoqlarning qurishini tezlatish uchun qo’shiladigan suyuqlikdir. Bo’yoq pardani tez quritish kerak bo’lsa, unga 5-8%, lok uchun esa 10% gacha sikkativ qo’shish tavsiya etiladi. Download 26.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling