Mavzu; Lombardlar tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish Bajardi: bi 421 guruh talabasi Itolmasov Sherbek Qabul qildi: lmiy raxbar samarqand-2023 reja: kirish asosiy qism I bob
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarda ichki audit xizmatini tashkil etish
Download 430.5 Kb.
|
Kurs ishi sherbek
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarda ichki audit xizmatini tashkil etish
62. Aktivlarining balans qiymati o‘n milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan mikromoliya tashkilotining kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) ichki audit xizmatini tashkil etishi shart va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashi lozim. Aktivlarining balans qiymati besh milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan lombardlarda ichki audit xizmati tashkil etilishi shart. Bunda ichki audit xizmatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 63. Mikromoliya tashkilotining kengashi mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq mikromoliya tashkilotining ichki audit xizmati (bundan buyon matnda — ichki audit xizmati deb yuritiladi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Zaruratga ko‘ra Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga yil davomida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Agar Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomning aksariyat qismiga (50 foizdan kam bo‘lmagan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, bunda uni yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq. 64. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim: ichki audit xizmati maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari; ichki audit xizmatining faoliyat yo‘nalishlari; ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligini ta’minlash asoslari; ichki audit xizmati rahbari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ishdan bo‘shatish tartibi, ularning huquq, majburiyatlari va javobgarligi, hisobdorligi; ichki audit xizmati xodimlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar (mustaqillik, xolislik va beg‘arazlik, professional malaka, odob-axloq qoidalari); kengash, ijro etuvchi organ va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini ichki audit natijalari yuzasidan xabardor qilish shartlari va tartibi; ichki audit xizmati o‘z vazifalarini amalga oshirish jarayonida to‘sqinlik qilayotgan holatlar yuzasidan kengash va ijro etuvchi organni xabardor qilish tartibi; ichki audit xizmati mikromoliya tashkilotida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar, aniqlangan kamchilik va muammolar hamda moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmagan holda, maslahatlar berish tartibi. 65. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlari kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 66. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali bajarish uchun yetarli bo‘lishi kerak. 67. Mikromoliya tashkilotining ijro etuvchi organi a’zolari, mazkur tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va ular bilan aloqador shaxslar bir vaqtning o‘zida ichki audit xizmatida faoliyat yurita olmaydi. 68. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak: O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumotga yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ichki auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lishlari; xorijiy davlat ta’lim muassasasida oliy ta’lim olgan taqdirda, olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari; bank ishi, mikromoliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) kamida ikki yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishlari; mikromoliya tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari, shu jumladan, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishlari; buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari. 69. Ichki audit xizmati ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida ichki auditorlik tekshiruvi (bundan buyon matnda auditorlik tekshiruvi deb yuritiladi) rejasi kengash tomonidan tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim. 70. Ichki audit xizmati xodimlariga, shu jumladan rahbariga nisbatan ijro etuvchi organ yoki boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazilgan har qanday bosim va ish faoliyatiga qilingan to‘sqinlik to‘g‘risida kengash darhol ichki audit xizmati tomonidan xabardor qilinishi lozim. 71. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlari o‘zlarining xolisligi va beg‘arazligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan moliyaviy hujjatlarni yoki tavakkalchiliklarni qabul qilishni ko‘zda tutuvchi hujjatlarni imzolash jarayonlarida ishtirok etmasliklari lozim. 72. Xolislikni ta’minlash maqsadida ichki audit xizmati xodimlari ichki nazoratga doir chora-tadbirlarni (ichki hujjatlar, jumladan siyosatlar, nizomlar, qoidalar va boshqalar) ishlab chiqish, ularni joriy etish yoki amalga oshirish jarayonida ishtirok etmasliklari lozim, bundan ichki auditga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ichki audit xizmatining tavakkalchiliklarni boshqarish yoki ichki nazoratga doir fikr va mulohazalarini berishi mustasno. 73. Ichki audit xizmati quyidagilarni mustaqil tahlil qilishi va baholashi lozim: mikromoliya tashkiloti oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda mikromoliya tashkiloti biznes jarayonlari, ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini; axborot tizimlarining ishonchliligini, to‘liqligini va samaradorligini hamda ma’lumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik ta’minlanganligini; qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlariga rioya etilishini; Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganligini; aktivlar butligini. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom bilan ichki audit xizmatiga mazkur bandda nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa masalalarni ham tahlil qilish va baholash vazifasi yuklatilishi mumkin. 74. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi holatlarda javobgar hisoblanadilar: auditorlik tekshiruvi natijalarini buzib (o‘zgartirib) ko‘rsatganda; o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday ma’lumot maxfiyligini ta’minlamaganda; o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxs manfaatlari yo‘lida foydalanganda; qonunchilik hujjatlari va mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarmaganda. 75. Auditorlik tekshiruviga chiqishdan oldin batafsil auditorlik tekshiruvi dasturi (bundan buyon matnda auditorlik dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ichki audit xizmati rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim. 76. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadlarini, tekshirish sohasi va yo‘nalishlarini, batafsil ish rejasini, tekshiruvlar grafigini, audit predmeti bo‘lgan har bir yo‘nalishni tekshirish tartib-taomillari tavsifini, auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etuvchi ichki auditorlar ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak. Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida auditorlik dasturiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgartirishlar yozma ravishda hujjatlashtirilgan va tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 77. Auditorlik tekshiruvi tugatilganidan so‘ng auditorlik hisoboti tayyorlanishi hamda audit maqsadlari, miqyosi, xulosalarni hamda har bir aniqlangan kamchilikni bartaraf qilishga doir batafsil tavsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim. Tavsiyalar aniqlangan muammolar va ularning kelib chiqish sabablarining qisqacha izohini, mavjud tavakkalchiliklarni, talab etiladigan chora-tadbirlarni, jumladan, mikromoliya tashkilotining ichki siyosatlari va tartib-taomillarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olishi lozim. Download 430.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling