Mavzu; Lombardlar tashkil qilish va ular faoliyatini nazorat qilish Bajardi: bi 421 guruh talabasi Itolmasov Sherbek Qabul qildi: lmiy raxbar samarqand-2023 reja: kirish asosiy qism I bob


Lombardlar tomonidan mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi


Download 430.5 Kb.
bet9/12
Sana09.05.2023
Hajmi430.5 Kb.
#1447603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi sherbek

Lombardlar tomonidan mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
45. Garov asosida mikroqarzning berilishi lombard bilan jismoniy shaxs o‘rtasida tuziladigan mikroqarz shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
46. Mikroqarz olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
47. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
garov narsasini xavfsiz saqlash uchun choralar ko‘rishi;
garov narsasi yo‘qolishi xavf-xatari paydo bo‘lganligi yoki shikast yetkazilganligi to‘g‘risida garovga qo‘yuvchiga darhol xabar berishi;
mikroqarz shartnomasining shartlari bajarilganida garov narsasini mulk egasiga yoki uchinchi shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mulk egasining ishonchnomasi asosida darhol qaytarishi;
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi;
garovga qo‘yuvchining talabiga asosan mikroqarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma berishi.
48. Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mikroqarz, u bo‘yicha hisoblangan foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkni sotish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Lombardda mol-mulklarni vaqtincha saqlash
49. Lombardda ashyolarni vaqtincha saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
50. Agar mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘zi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari to‘g‘risida lombardni ogohlantirmagan bo‘lsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga ko‘rilgan zararlarni qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Ushbu ashyolarni saqlash natijasida lombardga va (yoki) uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash mijozning zimmasiga yuklatiladi.
51. Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yo‘qolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yo‘qotish yoki shikastlanish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan mulkiy zarar ashyolar egasiga tomonlar kelishuviga ko‘ra qoplab beriladi. Tomonlar kelishuvga erishmaganda mulkiy zararni qoplash sud tartibida amalga oshiriladi.

Download 430.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling