Mavzu: Lug`at turlari haqida ma`lumot berish
Download 238.74 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lisoniy lug‘atlar ham dastlab ikki turga
Qomusiy lug‘atlarning so‘zligida esa terminlar, tarixiy hodisa nomlari, shuningdek, joy, daryo, buyuk shaxs va hokazolarni ko‘rsatuvchi atoqli otlar beriladi. O‘zbek lug‘atchiligi tarixida qomusiy lug‘atlarni yaratishga 1950-yillardan e’tibor berila boshlandi. SHu davrdan e’tiboran ba’zi fanlarga oid terminologik qomusiy lug‘atlar yaratildi. 1966 yildan to‘la “O‘zbek … ensiklopediyasi”ni tuzishga kirishildi.
Lisoniy lug‘atlar ham dastlab ikki turga — umumiy va xususiy (maxsus) lug‘atlarga bo‘linadi.
Xususiy (maxsus) lug‘atlarda tilning lug‘at boyligidagi birliklar ma'lum sohalar bo‘yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo‘yicha tanlab izohlanadi. «Ruscha-o‘zbekcha fizik terminlar lug‘ati» (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), «Ruscha-o‘zbekcha matematik terminlar lug‘ati» (M.Sobirov, 1952), «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 1974), «Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati» (A.Hojiyev, 2002), «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1978), «Imlo lug‘ati» (Olim Usmon, 1949), «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), «O‘zbek ismlari» (E.Begmatov, 1991), «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullayev, 1984), «O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati» (Sh.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.Shukurov, 1980), «Ruscha-o‘zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug‘ati» (Q.Zokirov, M.M.Nabiyev, O‘.Pratov, H.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
Download 238.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling