Mavzu: madaniy o’rmon barpo etish texnologiyasi
Download 59.52 Kb. Pdf ko'rish
|
Tuproqqa ishlov berish
• Tuproqqa ishlov beradigan maydon, zarur bo'lsa, shox-shabba va boshqa turdagi qoldiqlaridan tozalanadi. Kompleks mexanizatsiyalash asosida yuqori mahsuldor madaniy o‘rmon yaratish rejalashtirilgan maydonlarda yalpi tozalash ishlari, qisman tozalash – gektariga 600 va undan ko‘p to’nka bo‘lgan o‘rmonzorlarda va qiymati past bo‘lgan o‘rmonzorlarni rekonstruksiya qilishda amalga oshiriladi. Yerga yalpi ishlov berish uchun mo’ljallangan – КПМ-12 БДТ 3,0 БНД 2 • O'sish sharoitlarining turlariga, madaniy o’rmon toifalariga, o'rmon plantatsiyalarining mo'ljallangan turiga qarab, tuproqqa qisman (chiziqli, jo'yakli, maydonli, terassali) yoki yalpi ishlov berish amalga oshiriladi. O’simlik qoplami yo’q va qilshloq xo’jaligi tarkibidan chiqqan yengil tuproqli maydonlarda madaniy o’rmonlarni tuproqni oldindan tayyorlamasdan ekishga ruxsat beriladi. O'rmon yetishtirish qiyin sharoitlarda, tuproqda ozuqa moddalarining yetishmasligi, shuningdek, tuproq unumdorligini talab qiladigan daraxt turlardan yuqori mahsuldor madaniy o'rmonlar yaratishda o'rmon ekiladigan maydonni tozalashdan keyin qo'llaniladigan mineral o'g'itlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda asosiy o‘g‘itlar tuproqqa ishlov berish jarayonida, oziqlantiruvchi o‘g‘itlar esa sug‘orish dozasida parvarish jarayonida qo‘llaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling