Mavzu: madaniy o’rmon barpo etish texnologiyasi
Ekish muddatlari va parvarish ishlari
Download 59.52 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni yakunlash
- 15.12.2021 • Tuproqqa ishlov berish.
Ekish muddatlari va parvarish ishlari
• Madaniy o’rmon ekishning eng maqbul muddati bahor xisoblanadi, ba’zan kuzda ham ekish ishlari amalga oshiriladi. • Madaniy o’rmonlarga ekilishi bilan, birinchi yildan boshlab parvarish ishlari amalga oshiriladi. Parvarish 2 turda bo’ladi: agrotexnik va o’rmonchilik. Agrotexnik parvarish begona o’tlardan tozalash va yumshatishni o’z ichiga oladi. Ikkinchisida madaniy o’rmonlar o’sishiga xalaqit berayotgan ildizbachkilagan turlar parvarishlash maqsadida kesish orqali yo’qotiladi. Qatorlar orasida ishlov berish kultivatorlarda, qatorlarda esa qo’lda amalga oshiriladi. Ishni yakunlash • 3-12 yoshdagi madaniy o'rmonlar o'rmon bilan qoplangan maydonlarga o'tkaziladi. Quyidagi o'rmonchilik ko'rsatkichlari hisobga olinadi: • 1. Asosiy turning yetarli miqdori va joylashuvining bir xilligi. • 2. Shox-shabbalar tutashish bosqichining boshlanishi. • 3. O'tgan yil davomida talab qilinadigan minimal ekish balandligi va o'sishi. • 4. Tuproqni parvarishlash tadbirlarini tugatish imkoniyati. Madaniy o'rmonlarni o’rmon bilan qoplangan maydonga o'tkazgandan so'ng, ularni yetishtirish jarayoni tugallangan hisoblanadi. 15.12.2021 • Tuproqqa ishlov berish. Madaniy o’rmonlar uchun tuproqqa uning suv, havo va issiqlik rejimlarini yaxshilash, begona oʻtlarning zararli taʼsirini susaytirish hamda ko’chatlarning yashab qolishi va oʻsishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mashina va mexanizmlarning ishchi organlari tomonidan tuproqqa mexanik taʼsir koʻrsatishni oʻz ichiga oladi. • Namligi yetarli boʻlgan joylarda shudgorlash 25- 27 sm, qurgʻoqchil tekisliklarda esa tuproq 40-50 sm chuqurlikda ag’dariladi. Sayoz chirindi qatlamiga ega bo'lgan tuproqlarga 25-27 sm gacha chuqurlashtirib, to'liq quvvat bilan ishlov beriladi • Tuproqqa ishlov berishda eluvial qatlamni yuza qismga ko’tarish (ag’darish) unumdor qatlamning zaiflashuviga, yomg’irdan keyin qotqaloq paydo bo’lishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida xavo aylanishi va yog’ingarchilik hisobiga tushadigan namgarchilikning tuproqqa erkin singishiga xalaqit beradi. • Tog’ qiyaliklarida tuproqni tayyorlash usuli ularning tikligi bilan belgilanadi. Tikligi 8 ° gacha bo'lgan qiyaliklarda yalpi ishlov berish mumkin (PLN-3-35, PLN-4-35, PLN-5-35 bilan), chunki bunday yerlarda eroziya jarayonlarining rivojlanishi kuzatilmaydi. Tikligi 8 dan 15 ° gacha bo'lgan qiyaliklarda traktorda (PLN-3-35, PRN-40 va boshqalar) chiziqli ko’rinishda ishlov berish mumkin. Shuningdek, ot puluglari bilan chiziqli ishlov berish mumkin. Chiziqlarning kengligi 0,8 dan 1,5 m gacha va undan ko'p. 16-35 ° bo'lgan tik qiyaliklarda teskari (2- 3°) qiyalikli terassalar (TS-2,5 va TR-2A, TR-3,0 va boshqa) kengligi 2-3 m bo'lgan terassalar yaratiladi. Chiziqlar va terassalar gorizontal ko’rinishda yaratiladi. Chiziqlar va terassalar orasidagi masofa qiyalikning tikligiga bog'liq bo'lib, 2 dan 8 m gacha o'zgarib turadi. 35 ° dan yuqori bo’lgan qiyaliklarda, tuproqni mexanizmlar bilan ishlov berish mumkin bo'lmagan joylarda, teskari qiyalikli to'rtburchak ko’rinishda maydonchalar qilinib qo'lda ishlov beriladi. Maydonchalarning kengligi 0,5-0,8, uzunligi 1-2 m. Maydonchalar shaxmat ko’rinishida o'z markazidan qator va qatorlar orasiga 3 m dan 7 m gacha masofada joylashtiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling