Mavzu: Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o‘rganish. Ikki pallalilar (Dycotiledonae) ajdodi


Download 130.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.08.2020
Hajmi130.17 Kb.
#128005
Bog'liq
1 Labarotoriya ishi


Mavzu: Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini 

o‘rganish. 

 

Ikki pallalilar (Dycotiledonae) ajdodi 

 

Magnoliyasimonlilar 

yoki 

ko‘p 


mevalilar 

(Magnolianae  Polycaarpicae).  Bularga  40  dan  ortiq  qabila 

mansub: 

magnoliyagullilar 

(Magnoliales), 

lavrgullilar 

(Laurales),  kalampirgullilar  (Piperales),  kirkazongullilar 

(Aristolochiales), 

nilufargullilar 

(Nymphales), 

ayiqtovongullilar 

(Ranunculales) 

va 

boshqalar. 



Magnoliyasimonlar  (Magnoliales)  gulli  o‘simliklarning  kelib 

chiqishi  jihatidan  qaraganda  primitiv  (sodda)  tuzilishga  ega 

yopiq  urug‘li  o‘simliklardir.  Magnoliyasimonlarning  ayrim 

vakillari  o‘z  morfologik  va  anatomik  tuzilishiga  ko‘ra  ochiq 

urug‘lilarga bir qadar yaqin turadi. Ularning gul o‘rni cho‘ziq, 

gultoj va kosacha barglari cheksiz, spiral holda joylashgan. 

Hayot  shakli  doimiy  yashil  daraxt.  yog‘ochligi  faqat 

traxeidlardan iborat, vegetativ tanasida efir moyi saqlovchi o‘rindiqlar mavjud. 



Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi 

 

Oilaning 12 turkum 230 ga yaqin turi Janubiy, SHarkiy va SHimoliy Amerikaning tropik 

qismida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt va buta o‘simliklar. Magnoliyaning madaniy 

turlaridan yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) ancha keng tarqalgan. Bu doimiy  yashil 

daraxtning  guli  oq  rangli,  yoqimli  hidli,  ikki  jinsli,  gul  qismlari  spiral  ravishda  joylashgan. 

Hasharotlar yordamida changlanadi. Gul formulasi Ca

3

 Co


3

 A



 C

 (46-rasm). 



Oilaning  yana  bir  manzarali  o‘simlik  sifatida  o‘stiriladigan  turi  –  lola  daraxti 

(Liriodendron tulipifera). Bu daraxtning barglari to‘rt qirrali, guli lola guliga o‘xshash, to‘q sariq 

rangli. Mamlakatimizning janubiy xududlarida manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. 

 

 Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o‘rganish. 



 

Amaliy ish uchun zarur materiallar: 

O‘simlikning  gerbariysi,  spirtda  saqlangan  gul  qismlari  va  gul  to‘plami,  lupa  va 

boshqalar. 

 

Topshiriq 

1.  Magnoliyaning poya, barg va gulining tavsifini yozing. 

2.  Tayyor  preparat  yoki  o‘simlikning  gerbariy  nusxasini  lupada  kuzatib  o‘rganing  va 

suratini chizing. 

3.  Gul  tuzilishini:  gulkosa,  gultoj,  changchi  va  urug‘chisini  lupa  yordamida  kuzating  va 

suratini chizing. 

4.  Kundaligingizga yirik gulli magnoliya va lola daraxtining tavsifini to‘liq yozing. 

 

Ishning borishi 

O‘simlikning umumiy tuzilishi bilan tanishgach, yirik gulli magnoliyaning gul analizini, 

bargi, gul  formulasi  va diagrammasi  chiziladi  va, shundan so‘ng,  yopiq urug‘li o‘simliklarning 

umumiy  tavsifiga  tayangan  holda  yirik  gulli  magnoliyaning  tavsifi  yoziladi.  Yirik  gulli 

magnoliyaning  vegetativ  va  generativ  organlari  lavrdoshlarning  vegetativ  va  generativ 

organlariga qiyoslanadi va ularning surati chiziladi. 



 

Nazorat savollari 

46-rasmMagnoliya gulining 

tuzilishi

1 – M. precia gulining kesimi; 2 

– M. grandiflora gulining 

umumiy ko‘rinishi va 

diagrammasi. 





1.  Magnoliyadoshlar  oilasi  vakillari  qaysi  xususiyatiga  ko‘ra  ochiq  urug‘lilarga  yaqin 

turadi? 


2.  Gul tuzilishidagi qaysi belgilarga ko‘ra magnoliyadoshlar sodda va qadimiy xisoblanadi? 

3.  Magnoliyadoshlarning  guli  qanday  tuzilgan?  Erkak  gul  va  urg‘ochi  gullarining  farqli 

tomonlari nimada? 

4.  Yirik  gulli  magnoliyaning  gul  formulasi  va  diagrammasi  qanday  tuzilgan  va  u  lavrdan 

qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 

5.  Kundaligingizda magnoliyadoshlar haqidagi fikringizni batafsil yozing. 



 

 

 

Download 130.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling