Mavzu: Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o‘rganish. Ikki pallalilar (Dycotiledonae) ajdodi
Download 130.17 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Labarotoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi
- Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o‘rganish. Amaliy ish uchun zarur materiallar
Mavzu: Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o‘rganish. Ikki pallalilar (Dycotiledonae) ajdodi Magnoliyasimonlilar yoki ko‘p
mevalilar (Magnolianae Polycaarpicae). Bularga 40 dan ortiq qabila mansub: magnoliyagullilar (Magnoliales), lavrgullilar (Laurales), kalampirgullilar (Piperales), kirkazongullilar (Aristolochiales), nilufargullilar (Nymphales), ayiqtovongullilar (Ranunculales) va boshqalar. Magnoliyasimonlar (Magnoliales) gulli o‘simliklarning kelib chiqishi jihatidan qaraganda primitiv (sodda) tuzilishga ega yopiq urug‘li o‘simliklardir. Magnoliyasimonlarning ayrim vakillari o‘z morfologik va anatomik tuzilishiga ko‘ra ochiq urug‘lilarga bir qadar yaqin turadi. Ularning gul o‘rni cho‘ziq, gultoj va kosacha barglari cheksiz, spiral holda joylashgan. Hayot shakli doimiy yashil daraxt. yog‘ochligi faqat traxeidlardan iborat, vegetativ tanasida efir moyi saqlovchi o‘rindiqlar mavjud. Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi Oilaning 12 turkum 230 ga yaqin turi Janubiy, SHarkiy va SHimoliy Amerikaning tropik qismida tarqalgan. Ularning aksariyat qismi daraxt va buta o‘simliklar. Magnoliyaning madaniy turlaridan yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora) ancha keng tarqalgan. Bu doimiy yashil daraxtning guli oq rangli, yoqimli hidli, ikki jinsli, gul qismlari spiral ravishda joylashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Gul formulasi Ca 3 Co
3 A ∞ C ∞ (46-rasm). Oilaning yana bir manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladigan turi – lola daraxti (Liriodendron tulipifera). Bu daraxtning barglari to‘rt qirrali, guli lola guliga o‘xshash, to‘q sariq rangli. Mamlakatimizning janubiy xududlarida manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Magnoliyaning (Magnolia grandiflora) tuzilishini o‘rganish. Amaliy ish uchun zarur materiallar: O‘simlikning gerbariysi, spirtda saqlangan gul qismlari va gul to‘plami, lupa va boshqalar.
1. Magnoliyaning poya, barg va gulining tavsifini yozing. 2. Tayyor preparat yoki o‘simlikning gerbariy nusxasini lupada kuzatib o‘rganing va suratini chizing. 3. Gul tuzilishini: gulkosa, gultoj, changchi va urug‘chisini lupa yordamida kuzating va suratini chizing. 4. Kundaligingizga yirik gulli magnoliya va lola daraxtining tavsifini to‘liq yozing.
O‘simlikning umumiy tuzilishi bilan tanishgach, yirik gulli magnoliyaning gul analizini, bargi, gul formulasi va diagrammasi chiziladi va, shundan so‘ng, yopiq urug‘li o‘simliklarning umumiy tavsifiga tayangan holda yirik gulli magnoliyaning tavsifi yoziladi. Yirik gulli magnoliyaning vegetativ va generativ organlari lavrdoshlarning vegetativ va generativ organlariga qiyoslanadi va ularning surati chiziladi. Nazorat savollari 46-rasm. Magnoliya gulining tuzilishi: 1 – M. precia gulining kesimi; 2 – M. grandiflora gulining umumiy ko‘rinishi va diagrammasi.
1. Magnoliyadoshlar oilasi vakillari qaysi xususiyatiga ko‘ra ochiq urug‘lilarga yaqin turadi?
2. Gul tuzilishidagi qaysi belgilarga ko‘ra magnoliyadoshlar sodda va qadimiy xisoblanadi? 3. Magnoliyadoshlarning guli qanday tuzilgan? Erkak gul va urg‘ochi gullarining farqli tomonlari nimada? 4. Yirik gulli magnoliyaning gul formulasi va diagrammasi qanday tuzilgan va u lavrdan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 5. Kundaligingizda magnoliyadoshlar haqidagi fikringizni batafsil yozing. Download 130.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling