Mavzu: Mahmud Qoshgʻariy merosida maʼnaviyat masalalari


Download 56.67 Kb.
bet1/6
Sana18.03.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1283426
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mahmud Qoshgʻariy merosida maʼnaviyat masalalari


Mavzu: Mahmud Qoshgʻariy merosida maʼnaviyat masalalari
Reja
Kirish
1. Mahmud Qoshg'ariy- ma'naviyatimizning buyuk siymosi
2.Mutafakkirning hayoti va faoliyati.
3. Mahmud Qoshg'ariyning ma'naviy axloqiy qarashlarni.
4.Adibning " Devoni lug'ati turk" asari qomusiy asardir.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Mahmud Qoshgʻariyning islomdan ilgarigi va ilk islom davri turkiy madaniyat obidalarini tadqiq etish, toʻplash va avlodlarga yetkazib berishdagi xizmatlari nihoyatda ulkandir. Uning tarix, etnografiya, tarix-joʻgʻrofiya xususidagi keng bilim doirasi, til va adabiyot sohasidagi qomusiy salohiyati, tadqiq qudrati bugungi kunda ham hayratlanarli darajada edi. Uning kitobida jamlangan aniq-ravshan maʼlumotlar VIII – XI asrlar ham turkiy adabiy til va badiiy adabiyotning, ham ogʻzaki xalq ijodi va turli lahjalarning boy manbai boʻlgani sababli imkon doira-sida batafsil tavsif etildi.
“Devonu lugʻatit turk”ni oʻsha davrlarda Markaziy Osiyo minta-qasida yashagan turkiy xalqlar hayoti haqidagi qomusiy asar deb atash mumkin. Bu asar ustida tadqiqotlar olib borgan Fitrat, S. Mutallibov, I. V. Stebleva, V. V. Reshetov, Gʻ. Abdurahmonov, A. Rustamov kabi olimlar Mahmud Koshgʻariyni qadimgi turkiy tillarni oʻrganishga buyuk hissa qoʻshgan oʻz davrining oʻta bilimdon olimi ekanligini taʼkidlaydilar. “Devonu lugʻatit turk” 3 tomda oʻzbek tilida nashr etilgan. Hozirgi zamon jahon ilmiy jamoatchiligi XI asr buyuk olimi Mahmud Koshgʻariyni qiyosiy tilshunoslikning asoschisi deb tan oladi.Mahmud Qoshg‘ariy Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asr madaniyatining buyuk arboblaridan bo‘lib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni o‘rganish sohasida mashhur bo‘ldi va tarixda o‘chmas iz qoldirdi.Mahmud kelib chiqishi va tiliga ko‘ra Qoshg‘ariy nisbatini olgan. U yashab ijod etgan davrda Movarounnahrda Somoniylar o‘rnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf bo‘la boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan o‘lkalarda turkiy elatlar namoyandalari ko‘payib, turkiy tilga e’tibor oshgan edi.” Mahmud Qoshg‘ariy ham o‘zining uzoq yillar davomida yaratgan “Devonu lug‘atit turk” kitobini 1075-yilda tugallagan. Asarning asosiy matni o‘sha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va O‘rta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan bo‘lib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan.Mahmud Koshg`ariyning «Devon»i qomusiy asar bo`lib, u til va adabiyot, geografiya, kartografiya, astronomiya, etnografiya va boshqa bir qator fanlar nuqtai- nazaridan qimmatli ma’lumotlarni o`zida aks ettirgan. Shu bois ham turli soha vakillari Koshg`ariyni «o`zlariniki» deb hisoblashadi. Darhaqiqat, olimning yozgan «Devon»idagi ma’lumotlarni ko`rib, beixtiyor «Koshg`ariy geografmi yoki filolog, etnografmi yoki kartograf», degan savol tug`iladi. Bu esa Koshg`ariyni o`z zamonasining yetuk qomusiy allomasi bo`lganidan dalolat. Shuning uchun ham Sharqshunos N. Baskakov Mahmud Koshg`ariyni «turkiy tillarni qiyoslash borasidagi yo`lchi yo`lduz», deb atagan bo`lsa, yana bir taniqli filolog-Sharqshunos A. Samoylovich olimni «XI asrning Radlovi», deya ta’riflagan edi.

Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling