Mavzu: Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qorilarning pedagogik qarashlari


Download 9,73 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi9,73 Kb.
#1503794
Bog'liq
25-SEMENAR


Mavzu:Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qorilarning pedagogik qarashlari.
Reja:

  1. Mahmudxo‘ja Behbudiyning pedagogik qarashlari.

  2. Munavvar Qorilarning pedagogik qarashlari.

  3. Mahmudxо‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abduqodir Shakuriylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma'rifatparvarlik xizmatlari.

Abduqodir Shakuriy (1875-1943) ham shunday ma’rifatparvarlar-dan biri edi. U Samarqandning Rajabamin qishlog`ida bog`bon oilasida tug`iladi. Eski maktab so`ngra Samarqandda madrasada o`qiydi. U «Tarjimon» gazetasidan ko`p narsalarni o`rganadi. 1901 yilda o`z qishlog`ida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Doska va partalar yasattiradi. Tatar tilidagi darsliklardan foydalaniladi.
Chor hukumati bunday maktablar ochilishiga qarshi edi, ularni qattiq nazorat qilardi.
Bu maktab bolalarni 6 oyda savodli qilib chiqarardi. Bunga eski maktab domlalari, mulla, eshonlar ham qarshilik qiladilar.
Shakuriy yilda bir marta umumiy imtixon uyushtirib, ota-onalar oldida o`quvchilar bilimini namoyish qildirar edi.
Shakuriy ona tilida darsliklar zarurligini tushunib, bolaning yoshiga mos tarzda, axloq-odob, turmush qoidalaridan dastlabki ma’lumot berishni ko`zda tutuvchi darslik tuzishga kirishadi. Birinchi alifbe kitobi «Raxnomai savod» (Savod chiqarish rahbari)ni yaratadi. Kitobda so`zlar bo`g`inlarga bo`lib ko`rsatilgan, oxirida o`qish uchun kichik xrestomatiya berilgan. U o`z pedagogik faoliyatida «harf-tovush» metodi (har tovushni alohida harf bilan yozish) qulay va osonligini aniqlaydi. 1913 yili uning rahbarligida shogirdi I.Raxmatillayev tovush-harf metodi asosida yangi alifbe tuzadi. U arab alifbosi bilan tojik tilida yozilgan bo`lib, ko`p yillar qo`llanib kelinadi. Kitobning kirishida tez savod chiqarishga oid maslahat berilgan. Alifbe 46 betdan iborat bo`lib, 90 ta dars uchun mo`ljallangan edi.
1907 yili Shakuriyning 2-kitobi «Jameul hikoyat» (Hikoyalar to`plami) yoziladi. U boshlang`ich sinf 2-sinfi uchun xrestomatiya tarzida bo`ladi.
Shakuriy 1923 yili «Pravda» gazetasi e’lon qilgan «Eng yaxshi o`qituvchi» konkursining g`olibi deb topiladi.



  1. Topshiriq mavzuning asosiy tushunchasiga klaster texnologiyasi

K
laster texnikasi asosida o'quvchilar bilmini baholash metodlari



Klastertexnikasiningqoidasi:

  • Klaster” uslubi. –Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq o`zviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.

  • Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashqil etiladi:




  • Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;

  • Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;

  • Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;

Download 9,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling