Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxining tahlili Reja: I
Download 52.8 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ma=Ax/Mx Bunda:Ma–mahsulotning amortizatsiya sig‘imi; Ax – amortizatsiya (eskirish) xarajatlari;Mx – mahsulot ishlab chiqarish tannarxi. Mahsulotning amortizatsiya (eskirish) xarajatlari quyidagi model bo‘yicha hisob-kitob qilinadi: A=Na*Sb/100 Bunda: A - asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi; Na – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amaortizatsiyalanadigan qiymati; Sb – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya normalari. Ishlab chiqarish xarajatlarining ichki va tashqi xarajatlarga ajratilishi Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov-normal (me’yoridagi) foyda xam, renta va ish xaqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi xisoblanadi. Sarf xarajatlar ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iktisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil kilish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga bog’liqlik darajasiga karab doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga (kiskarish yoki ortishi) bog’liq bo’lmagan tovarlarning xajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning o’sishiga xam bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, xatto nolinchi xajmida xam mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar,amortizasiya ajratmalari, ijara xaqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan tovar mikdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liqlikda o’zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgi-transport xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga kilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yigindisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga kilinadigan sarf xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi.O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chikarilgan tovar mikdoriga nisbatiga teng. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab chikarilgan mahsulot mikdoriga bulish yuli bilan aniklanadi. O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar o’zgarvchi xarajatlarni ishlab chikarilgan mahsulot mikdoriga bulish yuli bilan aniklanadi. Eng yukori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur mikdorini aniqlash zarur. Bunda iktisodiy tahlil vositasi bo’lib qo’shimcha . xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qo’shimcha xarajat deb, keyingi kushilgan mahsulotlarning xar bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha . xarajatlarga aytiladi. Kushimacha xarajatlarni xar bir navbatdagi chikarilgan qo’shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin.Korxona foydalanadigan kuplab resurslar mikdori, ya’ni jonli Mehnat, xom- ashyo, yonilgi va energiya sarflari tovar xajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar xajmi o’zgarishi uchun uzoq vakt talab kilinadi. Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vakt oralig’ida mahsulot mikdorini o’zgartirishiga ta’sir kilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishga vakt omili, ya’ni xarajat qilingan pirovard natijasi olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chikib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda aloxida tahlil kilinadi. Korxona ishlab chiqarish xajmini o’zgartirish uchun kiska muddatli davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari mikdorini o’zgartirishi mumkin. Bu kiska muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshoatlari maydoni, mashina va uskunalar mikdori) doimiy bo’lib koladi, xamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini xam o’z ichiga olgan, bugun band bo’lgan resurslari mikdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir. Bu davr davomida Boshqa tarmoqlar faoliyat kilib turgan korxonalar mazkur tarmoqka kirib kelishi mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi takozo qilingan kiska va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chikib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogida kiyim kechak ishlab chikaradigan kichkina firma, bir necha qo’shimcha tikuv mashina urnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini kiska vaktda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab kilinadi. Okibat natijasida barcha xarajat turlari o’zgaradi va o’zgaruvchi mikdorlar bo’lib qoladi. 1.2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida eng asosiy masalalardan biri mamlakatda jaxon talablariga javob beradigan, sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish xisoblanadi. Bunda ko’riladigan asosiy maqsad arzonrok xamda raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Buning uchun ishlab chikarilayotgan mahsulot tannarxi o’rganib, uni imkon qadar pasaytirish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda mahsulot (ish, xizmat)lar xisobi 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli karoriga ilova Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va Sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’ri sidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Bugungi kunda amalda bo’lgan ushbu Nizomga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga o’zgartirishlar kiritilgan. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad: 1. Buxgalteriya xisobi schyotida jami xarajatlar tug’risida to’liq va aniq ma’lumotlarga ega bo’lish, korxona faoliyatini rentabelligi va bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash; 2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini anik xisob-kitobini kilish;3.Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarni aloxida tarkiblash va ularni moliyaviy natijaviylikka boglash; 4. Ishlab chiqarish xarajatlarini yuzaga chikishi va javobgarlik markazlari bo’yicha xisobga olish va nazorat kilish; 5. Solik to’lanadigan bazani anik xisob-kitobini yurtish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari xamda korxona sarflarini Boshqarishni tashkil etishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chikarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil kilishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: • Ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holati ga baho berish;• Mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat kilish; • Ishlab chiqarish xarajatlarini iktisodiy elementi va kalkulyasion moddalari bo’yicha o’rganish va ularga baho berish; • Mehnat unumdorligi bilan ish xaqi xarajatlari urtasidagi nisbatni o’rganish ; • Tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni mikdor jixatidan xisoblash; • Ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish; • Tannarxni pasaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va xakozo. Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik va sintetik hisobida analiz va sintez qoidasiga asoslaniladi. Shu sababli ham “analitika”, “sintetika” so‘zlari buxgalteriya hisobining muhim tushunchalariga aylangan.Ularning mazmuniga e’tibor qaratsangiz “analitika”–butunni bo‘laklarga bo‘lish, “sintetika” bo‘laklarni birlashtirish, umumlashtirish ma’nosini anglatadi va bu analitik va sintetik hisobning to‘liq mazmunini ifoda etadi.Xarajatlarni umumiy hajmda o‘rganish moliyaviy hisob obyektigakiradi. Uning birlik elementlari, kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha o‘rganish boshqaruv hisobi obyektiga kiradi.Xarajatlarning umumiy hajmi bo‘yicha o‘rganishda quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratiladi:
- jami xarajatlarning umumiy o‘zgarishlari tahliliga; - jami xarajat o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga; - bir so‘mlik ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat tahliliga.Jami xarajatlarning umumiy o‘zgarishi rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarni aniqlash orqali baholanadi.Jami ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida doimiy xarajatlarning o‘zgarishi, mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlarning o‘zgarishi ta’siri, mahsulot ishlab chiqarish miqdorining o‘zgarishi ta’sir etadi. Xarajatlar o‘zgarishiga albatta ichki birliklar sifatida sarf normalari va baholarining o‘zgarishi ham tarkiblanadi. Bu kabi omillar xarajat elementlari bo‘yicha farq qiladi. Korxona faoliyatining muhim va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.Tannarx tahlili orqali har bir xo‘jalik yurituvchi subyektni ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish yuzasidan qilingan xarajatlarini maqsadga muvofiqligi, samaradorligi va natijaviyligi baholanadi.Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir. Xarajatlar – muayyan davr oralig‘ida sarflangan resurslarning pul o‘lchovidagi qiymatidir.Xarajat – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya,asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning qiymat ko‘rinishini ifodasidir.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish, mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash, korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilish, resurslardan foydalanish,yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi.Moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida to‘liq va aniq axborot shakllantirilishi, soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi. ar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan,ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari,boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlarIshlab chiqarish leveridji faqatgina bir xil ishlab chiqarishning zaxiraviy darajasiga ega bo‘lgan korxona uchun ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkichning ko‘proq ahamiyati yuqori texnika-texnologiya bilan qurollangan korxonalar uchun xarakterlidir. Aniqroq qilib aytganda,korxonaning o‘zgaruvchan xarajatlariga qaraganda qanchalik doimiy xarajatlarning yuqori bo‘lishi, ishlab chiqarish leveridjining yuqoriligidan dalolat beradi. Shunday qilib, o‘zgaruvchan xarajatlarni kamaytirish maqsadida o‘zining texnika-texnologiya bilan qurollanganlik darajasini yaxshilashda, korxona o‘z navbatida o‘zining ishlab chiqarish leveridjini o‘sishiga olib keladi. Yuqori darajadagi tijoriy leveridjga ega bo‘lgan korxona ishlab chiqarish tavakkalchilik nuqtayi nazaridan ko‘proq tavakkalchilikka (riskka) ega bo‘ladi. Bu risk-umumiy foydani to‘liq ola olmaslikni ifodalaydi. Biznesni boshqarish bu risklarni boshqarish demakdir. Har bitta korxonani boshqarish turlicha bo‘lganligi va bir-biriga o‘xshamasligi sababli korxonada risklarni boshqarish ham bir-biridan tubdan tubdan farq qiladi. Shu sababli, bugungi kunda risklarni aniqlash va ularni boshqarish yuzasidan aniq metodika ishlab chiqilmagan va u har bitta korxonaning faoliyat, boshqaruv funksiyalari ijrosidan kelib chiqqan holda u yoki bu darajada yuritilmoqda.Risklarni modellashtirish yuzasidan turli modellari ishlab chiqilgan. Ularning tarixiy qiymatga bog‘langan, statistik tahlil, tajriba modellarini tarkiblash mumkin. sulotlar bo‘yicha reja topshiriqlarini bajarilmasligini qoplamaydi.Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksicha bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.Mahsulot assortimentini ishlab chiqarish maromiyligi bilan kompleks o‘rganish operatsion faoliyatga to‘liq baho berishga,o‘zgarishlarni makon va zamonda aniq tasniflash imkonini beradi. Shu sababli, assortiment rejaining bajarilishi bilan bir qatorda ularni ishlab chiqarishng maromiyligiga ham baho beriladi.Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‘i bilan bajarishi, ammo, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmaslik natijasida erishilgan samara va natijaviylik ko‘zda tutilgan yoki rejalashtirilgan yutuqni ta’minlay olmaydi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo‘lishiga, uning oqibatida jarimalar to‘lanilishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga ham olib keladi. Qiymat nuqtayi nazaridan balansda aks etgan barcha aktivlar uning iqtisodiy salohiyatini belgilaydi. Bir qator olimlar uning qatoriga mehnat resurslarini pulda baholangan qiymatini ham kiritishadi. Lekin buxgalteriya balansida mehnat resurslarining pulda baholangan qiymati aks etmaydi. Ishchilarni o‘qitish, qayta o‘qitish, malakasini oshirish va ularning intellektual ijodkorligini oshirish yuzasidan qilingan barcha xarajatlar orqaligina mehnat salohiyatini baholash imkoni bo‘ladi. Lekin bu kabi xarajatlar albatta moliyaviy hisobotlarning tegishli moddalarida aks etadi. Vertikal tahlil – gorizontal tahlilni to‘ldiruvchi usul sifatida moliyaviy hisobot elementlari, moddalarining tarkibiy jihatlariga baho berishni xarakterlaydi. Ushbu jihatlarni moliyaviy hisobotlarning barcha shakllariga nisbatan qo‘llash mumkin. Umumiy tarkibda yakka birliklarning salmog‘i va ularning o‘zgarishlari asosida korxona moliyaviy holatini tashxislash yanada osonlashadi. Korxonani moliyaviy ahvolini anglash, bilishda asosiy jihatlar jami tarkibda birlik qatorlarni to‘g‘ri nisbatlashga qaratiladi.Uzoq muddatli va joriy aktivlar, kapital va majburiyatlar qatorida ayrim tarkib qatorlar salmog‘ini balans jamiga nisbatan va ushbu tarkibning jamlangan qatoriga nisbatan ham hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Bu tartib aktivlarning tarkibiy o‘zgarishlarini baholashga, aktivlar tarkibida alohida tarkiblar salmog‘ining o‘zgarishini, likvidlik va to‘lovga qobillik ko‘rsatkichlari ta’sirini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Ya’ni tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali moliyaviy holatni yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin. Vertikal tahlil gorizontal tahlil asosidagina bir butunlikka erishadi.Shu sababli ularni doimo birgalikda va umumiylikda foydalanish kuzatiladi. Ularni bir-biridan holi tarzda qo‘llash orqali tahlilning to‘liqligini ta’minlab bo‘lmaydi.Uzoq muddatli va joriy aktivlarning jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i quyidagi bog‘lanishlar orqali topiladi.Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa,ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin.Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi.Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli,moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.- firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati; - korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti;- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;- foizlarni qoplash koeffitsiyenti. Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi.Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga,moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga.Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi.Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini ifoda etadi.Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda,maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi.Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi.Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Xulosa Mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizasiya kilish, texnik yangilash va diversifikasiya kilish, inovasion texnologiyalarni keng joriy etish ishlari keng ko’lamda amalga oshirilib, iqtisodiyotimiz salohiyatini o’sishiga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat M.M tomonidan olib borilgan ishlar, inkirozga karshi choralar dasturining ishlab chikilishi bunday salbiy natijalarning o’z vaktida oldini olishga erishildi. Xozirgi kunda butun jaxon iktisodchi olimlari, yetakchi mutaxasislar tomonidan mamlakatimizda inkirozga karshi olib borilayotgan ishlarga ijobiy baholar berilib, O’zbek modeli qanchalik to’g’ri ekanligini tan olmokdalar, xamda mamlakatimiz tajribasini o’rganish muxim ahamiyat kasb etishini ta’kidlamokdalar. Mamlakatimiz jaxonda moliyaviy-iktisodiy inkirozdan talofatsiz chikkan sanokli davlatlardan biri bulishga erishdi. Sanoat korxonalarda xar doim xam mahsulot ishlab chiqarish tannarxini takomillash uni pasaytirishga karatilgan ishlar olib borilgan. Chunki bugungi kunda bozor iqtisodiyoti sharoiti ekan, korxonalar nafaqat ichki bozorlardja balki tashqi bozorlarda, o’z raqobatbardoshligini oshirishga xarakat qiladi. Lekin bu ishlar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishning ahamiyati jaxon moliyaviy- iktisodiy inkirozi sharoitida tobora oshdi. Buning uchun mamlakatimizda korxonalarni, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalarni xar tomonlama kullab quvvatlash maqsadida imtiyozlar, rag’batlantirishlar berildi. Inkirozga uchrab bankrot bo’lgan korxonalarni kayta ishga tushirishga davlat tomonidan turli choralar kurildi. Mamlakatimizda inkirozga karshi choralar dasturida eng ahamiyatli ishlardan biri, mamlakatimiz banklarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida, davlatimiz tomonidan ularning ustavini keskin oshirildi. Bu esa banklarning korxonalar bilan o’zaro moliyaviy munosabatlarini juda yaxshiladi.Korxonalarning banklardagi pul mablag’larining tez va o’z vatida aylinishi ta’minladi.Bu esa korxonalarning ishlab chiqarishini o’z vaktida bo’lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari banklarning zaxirasi oshirilishi, korxonalarga turli imtiyozli kreditlar bera olish imkoniyatini oshirdi. Natijada mamlakatimizda juda kup korxonalar, ayniksa xorijga mahsulot eksport kiluvchi korxonalar banklarda imtiyozli kreditlar olishga muvaffak buldi. Buning natijasida esa korxonalar ishlab chiqarish xajmi xamda sifati oshirildi. Eksportyor canoat korxonalarda mahsulot sotilishida pul mablag’lari o’z vatida kelib tushmasligi natijasida vaktinchalik ishlab chiqarishning o’zilishi oldi olindi. Buning natijasida esa mahsulot unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga erishildi. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holati ning yukoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot sifatini xamda xajmini oshirib, juda kup ijobiy natijalarni keltirib chikaradi. Bulardan eng asosiysi Mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri Mehnatga xak to’lash xarajatlaridir. Ayrim sanoat korxonalarda, masalan kompyuter dasturlari ishlab chikaruvchi va uni tuzatuvchi sanoat korxonalarda eng katta xarajat Mehnatga xak to’lash xarajatlari xisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada ishchi xodimlardan samarli foydalanib, ular ishlab chiqarishini kupaytirish xamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi. Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amartizasiya xisoblash uchuli xam ahamiyatlidir. Bugungi kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amartizasiya xisoblashning tezlashtirilgan usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amartizasiya usulini kullash, bir tomondan vaktinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada, lekin amartizasiya xisobi natijasida korxonaga kup pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yukorida aytib utganimizdek kup ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang’ich yillarda tezlashtirilgan usulda ko’p mikdordan amartizasiya xisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi yillarda kam amartizasiya xisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi. Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sug’urta fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma xam korxona uchun asosiy xarajatlardan biri bo’lib, Mehnatga xak to’lash xarajatlariga to’g’ri proporsional xisoblanadi. Agarda korxona Mehnatga xak to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, o’z navbatida mazkur xarajatning xam samaradorligiga erishgan bo’ladi. Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida mahsulot sifati xamda xajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi, ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligini yanada oshiradi. Yukoridagi xulosalar asosida bitiruv malakaviy ishimizning quyidagi takliflarini keltirdik: 1. Sanoat korxonalarda xom ashyo va materiallardan samarali foydalanish, ya’ni ulardan ortikcha isrofgarchilikka yul kuyilmasligi lozim. Aks xolatda korxonaning xom ashyo va materiallarga bo’lgan xarajatlarini oshirib mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Agarda ulardan okilona foydalanishni yo’lga kuyilsa mahsulot ishlab chiqarish tannarxini kamaytirishga erishgan bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar I.Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar: 1. Vahobov A.V, Ibragimov A.T, «Moliyaviy tahlili». O‘quv qo‘ llanma. 2002 2. B.A.Xasanov, M.Y.Raximov, Z.A.Muqumov, A.I.Aliqulov, «Moliyaviy tahlili». O‘quv qo‘ llanma. 2020 3. Shoalimov A.X., Tojiboeva Sh.A., «Moliyaviy va boshqaruv tahlili». O‘quv qo‘ llanma. 2011 4. Do‘smuratov R.D. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”. T.: O‘quvqo‘llanma. 2007 II.Internet saytlari; http://Google.com/ (Qidiruv Sayti) http://lex.uz/( O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi portali) Download 52.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling