Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


Sertifikatsiya va xalqaro savdo


Download 39.26 Kb.
bet6/10
Sana27.03.2023
Hajmi39.26 Kb.
#1300924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Untitled

Sertifikatsiya va xalqaro savdo


Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya, ko’p xollarda chet ellik raqobatchilarga nisbatan protektsionistik siyosat sifatida qo’llanadi. SHunga qaramasdan sertifikatsiyaning asosiy maqsadi – bu xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishdir. Tabiiyki, bu maqsadni amalga oshirish uchun tegishli xalqaro kelishuvlar zarur. Bu borada «Tokio raund» (1979y) da tuzilgan GATT savdodagi texnikaviy to’siqlar bo’yicha Kelishuv ayniqsa axamiyatga ega. Kelishuv davlatlar o’rtasidagi savdo aloqalarida protektsionizm va diskriminatsiyani cheklash uchun qo’yilgan birinchi qadamdir. U GATT ga kiruvchi davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklatadi:

  1. Texnikaviy reglament va standartlarni protektsionistik maqsadlarda qo’llamaslik, ularni ishlab chiqishda amaldagi xalqaro standartlarni e’tiborga olish;

  2. Milliy sinov markazlari va maxsulotni sertifikatsiyalash sistemalariga boshqa davlatlar ishtirokchilarini ruxsatnoma bilan diskriminatsiya qilmaslik;

  3. Ishtirokchi mamlakatlar tovarlariga standartlar va texnikaviy reglamentlarni joriy etish bo’yicha milliy tartibni yaratib berish;

  4. Ishtirokchi mamlakatlar davlat tashkilotlari tomonidan maxsulotni sinovdan o’tkazish natijalarini, kelishuvga qo’l qo’ygan boshqa tashkilotlar va muvofiqlik belgilarini tan olinishini ta’minlash;

  5. Ishtirokchi mamlakatlar o’rtasida milliy standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish bo’yicha ma’lumotlarni o’zaro almashuvini amalga oshirish.

Kelishuv milliy standartlar, texnikaviy reglamentlar sertifikatlash qoidalarini xalqaro standartlar va ko’rsatmalar bilan moslashuviga imkon beradi. Bu esa maxsulotning texnikaviy darajasi va sifatini yaxshilashga, uning eksport quvvatini oshirishga imkon beradi. Umuman olganda Kelishuv ishtirokchi davlatlar o’rtasidagi xalqaro savdo aloqalarini normalashtirish va kengaytirish imkonini beradi.
Kelishuvning bajarilishini nazorat qilish GATT qo’mitasiga yuklatilgan. U Kelishuvning amalga oshirilishini nazorat qiladi, ekspertlar guruxi yordamida tortishuvlarning yechilishiga, maslaxatlar o’tkazishiga imkon yaratadi. Sertifikatsiyalash bo’yicha bir qator xalqaro tashkilotlar mavjud. Ulardan elektron-texnika buyumlarini sertifikatsiyalash sistemasining (IET) Xalqaro iqtisodiy qo’mitasi (MEK) ikki tomonlama axamiyatga ega:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling