Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash
Download 39.26 Kb.
|
Untitled
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sertifikatsiya va xalqaro savdo.
Reja Sertifikatsiya – sifat kafolati.Sertifikatlash sistemasining turlari Sertifikatsiyalash tashkilotlari.Sertifikatsiyalash tartibi va unga qo’yiladigan talablar. Sertifikatsiya va xalqaro savdo.7.7. Milliy sertifikatsiyalash sistemalari. Sertifikatsiya – sifat kafolatiSertifikatsiya – bu maxsulotni standartlarga, texnik shartlarga javob berishini xujjatlar orqali tasdiqlashdir. Maxsulot sertifikatlash maxsulotga muvofiqlik sertifikati berish orqali uning tegishli standartlar va texnik xujjatlarga javob berishini tasdiqlashdir. «Sertifikatlash» tushunchasi standartlashtirish bo’yicha maxsus Xalqaro Kengash Komiteti tashkiloti (ISO) tomonidan ishlab chiqilgan. Sertifikatlash (muvofiqlik sertifikatlashi) umumiy tushuncha bo’lib, maxsulotni texnologik jarayonlarni va xizmatlarni sertifikatlashda uchinchi tomonning (bir tomon – ishlab chiqaruvchi, ikkinchi tomon – iste’molchi) ishtirok etishini nazarda tutadi. ISO muvofiqlikning 3 ta ko’rinishini o’rnatadi: muvofiqlik xaqida ariza; muvofiqlik attestatsiyasi; muvofiqlik sertifikatsiyasi; Muvofiqlik xaqida ariza – bu ishlab chiqaruvchining arizasi bo’lib, anda sertifikatlash tashkilotlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan maxsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standartlarga yoki boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishiga ishlab chiqaruvchining o’z-o’zini sertifikatlash deb xam ataladi. Muvofiqlik attestatsiyasi – bu ma’lum maxsulot namunasi ma’lum standartlar yoki me’yoriy-texnik xujjatlarga javob berishi to’risida uchinchi tomon, sinov laboratoriyasining arizasidir. Bunda ishlab chiqarilgan maxsulotlar seriyasining muvofiqligiga baxo berilmaydi, balki sinov o’tkazish uchun yuborilgan maxsulot namunasining sifatigagina kafolat beriladi. Muvofiqlik sertifikatsiyasi – ishlab chiqarilgan maxsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standart va me’yoriy texnik ujjatlarga javob berishiga uchinchi tomonning bergan kafolatidir. Shunday qilib, muvofiqlik sertifikatsiyasi uchinchi tomon orqali kafolatlanadi va o’rnatilgan qonunlarga muvofiq tashkiliy sistema chegarasida amalga oshirilgandagina tan olinadi. Bunda uchinchi tomon seriyali ishlab chiqarilgan maxsulotlarning standartlar shartiga absolyut jixatdan emas, balki ma’lum ishonchlilik darajasi bilan javob bera olishini tasdiqlaydi. Ushbu ishonchlilik darajasi maxsulotning o’rnatilgan shartlarga muvofiqligini ta’minlovchi ishlar xajmiga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ishonchlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, maxsulot sifatini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar xajmi shunchalik katta bo’ladi. Muvofiqlik sertifikatsiyasi sertifikatlash sistemasi chegarasida amalga oshiriladi. Sistema chegarasida sertifikatsiyalash yagona qonunlar asosida amalga oshirilishi kerak. Sertifikatlash sistemalari 3 ta darajada: milliy, regional va xalqaro darajada yaratilishi mumkin. Ayrim maxsulot turi, texnologik jarayon yoki xizmatlarga nisbatan sertifikatlash sistemasini ifodalovchi sertifikatlash sxemalari mavjud. Maxsulotning standart shartlariga javob berishi muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bilan tasdiqlanadi. Muvofiqlik sertifikati - maxsulot texnologik jarayon yoki xizmatlar tegishli standart yoki me’yoriy xujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi, sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga muvofiq berilgan xujjatdir. Muvofiqlik belgisi – bu qonun tomonidan ximoyalanadigan belgi bo’lib, sertifikatsiyalash sistemasi qoidalariga ko’ra foydalanilib, maxsulot, texnologik jarayon yoki xizmatlartegishli standartlarga javob bera olishini kafolatlaydi. Muvofiqlik sertifikati va belgisi tuzilishiga ko’ra xam, mazmuniga ko’ra xam sertifikatlash sistemasi tomonidan o’rnatilgan shartlarga javob berishi kerak. Ular amaldagi qonunlarga ko’ra beriladi. Download 39.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling