Mavzu. Mahsulotni sertifikatsiyalash


IET ni qo’shimcha sinov va nazoratdan o’tkazilishi uchun javobgarlik


Download 39.26 Kb.
bet8/10
Sana27.03.2023
Hajmi39.26 Kb.
#1300924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Untitled

IET ni qo’shimcha sinov va nazoratdan o’tkazilishi uchun javobgarlik.


Ishlab chiqaruvchi korxona, MEK sistemasi chegarasida sertifikat olgach, bosh nazoratchining va milliy nazorat xizmatining ishtirokida maxsulot sifatini nazorat qilishni tashkil etishi kerak. Har bir partiyaning qabul qilinish kriteriyasi mazkur IET tipiga nisbatan texnik shartlar bo’yicha o’rnatiladi.


MEK Sistemasi qoidalariga muvofiqlik belgisi bilan o’raladi yoki ularga muvofiqlik sertifikati tayyorlanadi. O’rash va muvofiqlik sertifikatining berilishi bosh nazoratchining bevosita nazorati ostida beriladi. IET uzoq va vaqt saqlashdan keyin jo’natilsa, uni jo’natishdan oldin takroran sinov ishlari amalga oshiriladi.
Ishlab chiqaruvchi davlat qonunlariga muvofiq qayd etilgan muvofiqlik belgisi o’rash uchun ishlatiladigan materialga yopishqoq lenta orqali tushiriladi. Muvofiqlik belgi yoniga quyidagi ma’lumotlar qo’yiladi:
  • Milliy nazorat xizmatiga


  • Korxonaning attestatsiyadan o’tganligi to’risidagi guvoxnoma;
  • Nazorat partiyasiga(ssыlka).


£abul qilingan IET partiyasi uchun berilgan muvofiqlik sertifikati quyidagi
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:

    • korxonaning nomi va joylashgan o’rni;

    • korxonaning savdo belgisi;

    • katalog va kod bo’yicha buyumning to’liq nomi;

    • nazorat partiyasining tartib raqami;

    • mazkur buyum tipi uchun texnikaviy shartlar;

    • milliy nazorat xizmatining nomi;

    • sertifikat bergan vakolatli shaxsning imzosi;

    • ishlab chiqaruvchi korxonaning attestatsiyadan o’tganligi to’risidagi guvoxnomaning tartib raqami;

    • buyum qabul qilib olingan sana;

    • sertifikat berilgan sana.

Sertifikatsiyalash bo’yicha juda katta ishlar ISO (Xalqaro standartlashtirish tashkiloti) chegarasida sertifikatsiya bo’yicha qo’mita (SERTIKO) boshchiligida amalga oshiriladi. Uning faoliyat soxasi quyidagicha aniqlanadi:

  • milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini, muvofiqlik belgilarini, maxsulotning tavsifini yana kengroq, bir-birini tan olishga qaratilgan vositalarni o’rganish;

  • milliy yoki regional sertifikatsiyalash sistemalarini protektsionistik maqsadlarda foydalanilishiga barxam berish yoki cheklash maqsadida tegishli kelishuvlarni tuzish qoidalarini ishlab chiqish.



SERTIKO da quyidagi ishchi guruxlari tuzilgan:
o tushunchalar bo’yicha;
o sinov protokollari formasi bo’yicha;
o sinov laboratoriyalari tomonidan o’tkaziladigan malakali sinovlar bo’yicha;

o yuridik javobgarlik masalalari bo’yicha; o ISOga muvofiqlik belgisi bo’yicha;
o Korxonalarda sifatni baxolash usullari bo’yicha.
SERTIKO «Tegishli standartlar va uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash sistemalariga
tegishli printsiplarni jamlash» ni boshqarishni ishlab chiqdi. U milliy xamda regional sertifikatsiyalash sistemalarini boshqa sistemalar bilan xamda boshqa davlatlarning ularda ishtirok etishi bilan o’zaro muvofiqligi nuqtai nazaridan tashkiliy printsiplarni o’rnatadi. Masalan, milliy va regional sertifikatsiyalash sistemalarini tuzishda ular imkoni boricha ISO xalqaro standartlariga asoslanishi kerak. Bunda ushbu standartlar muvofiqlik sertifikatsiyasi shartlarini o’zida aks ettirishlari lozim:

  • Sertifikatsiyalanayotgan maxsulotning tavsiflari darajasini aniq o’rnatish;

  • Sinov va o’lchash ishlarini aniq amalga oshirish usullari;

  • Standartlarga maxsulot sifatini ta’minlash shartlarini kiritish;

  • Texnika va texnologiyaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi sharoitlar.

Raxbarlik qilish maxsulotning barcha ishlab chiqaruvchilarini yaratilayotgan sistemalarda xech bir diskriminatsion shartlarsiz ishtirok etishini ta’minlashning zaruriyligini nazarda tutadi.
U xalqaro savdoni sertifikatsiyalash vositalari, barcha mamlakatlarning sistemalarda erkin ishtirok etishini ta’minlash yo’li bilan rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatsiya davlatlar o’rtasidagi savdo munosabatlarini osonlashtiradi, import qilinayotgan davlatlarda maxsulotni qayta sinovdan o’tkazish ishlariga ketadigan xarajatlar qisqaradi.



    1. Download 39.26 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling