Mavzu: Mahsulotning umumiy tavsifi va uni baholash


Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi


Download 64.25 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi64.25 Kb.
#1511613
1   2   3
Bog'liq
maxsulot sifati

Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
Mahsulot sifatini oshirishda uni oldindan aytish, rejalashtirish va me'yorlash muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig`ida yemirishilishi mumkin bo`lgan mahsulot sifati ko`rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi. Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo`yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko`rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.
Mahsulot sifatini bir me'yorda bo`lishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o`rin egallaydi.
Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob’yektda o`z ta'sirini amalga oshirish ko`zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo`lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi.
Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat-o`lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so`zsiz bog`liqdir.
Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o`zgartmalar kiritishdan iborat.
Mahsulot sifatini baholash
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va axborot vositalari yordamida o`zaro bog`lanishning majmui tushuniladi.
Shuning uchun bu tizim o`zaro bog`langan mahsulot sifatini boshqarishni ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig`indisi sifatida ko`zda tutilgan bo`lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi.
Ekspert usulda – 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassis-ekspertlardan-tovarshunos, dizayner, konstruktorlardan tashkil topadi va ularning fikri bo‘yicha sifatga baho beriladi.
Ekspert komissiyasi 2 guruhdan iborat bo‘lib, ekspert va ishchi guruhi hisoblanadi. Ekspert guruh tovarlarga baho beradi, ishchi guruhi esa texnik-tashkiliy ishlar: so‘rov ishini tashkil ettish, anketalarni tarqatish va yig‘ish, ekspert baholarni qayta ishlash va analiz qilish ishlarini bajaradi. Tovarlarga baho berishda komissiya a’zolarini 2/3 ovozi qabul qilindi deb ataladi.
Ekspert baholashda 5( 10; 40 yoki 100 balli sistemalar qo‘llaniladi. Ballar baholash davrida yoki muhokama davrida qo‘yiladi.
Tovarlar sifat darajasini aniqlash usullari – differensial, kompleks va aralash usullar yordamida aniqlanadi.
Differensial usulda sifat ko‘rsatkichlari etalonga solishtirib aniqlanadi.
Kompleks yoki umumlashtirilgan usulda ballar umumlashtirishda va bu bal hamma ko‘rsatgichlar uchun umumiy hisoblanadi.
Aralash usul – ikkala usuldan ham foydalanadi. Tovarlar sifati ustidan davlat nazorati – Viloyat standartlash va metrologiya markazlari orqali amalga oshiriladi. Ular sifatsiz tovarlar chiqarishni ta’qiqlashlari, aniqlangan sifatsiz tovarlar xajmini korxona rejasidan chiqarish va sotilgan qismidan kelgan daromadni davlat budjetiga o‘tkazish, maxsus qabul qilish tartibi o‘rnatish huquqiga egadirlar.
Yana davlat savdo inspeksiyasi – ishlab chiqarishi, sotuv va sotib oluvchi korxonalar tovarlarini sifatini tekshiradi.
Davlat qabuli – ularni tamg‘asi bo‘lgan tovarlar savdo bazalarida tekshirilmasdan qabul qilinsa ham bo‘ladi (tashishdagi nuqsonlardan tashqari). Tovarlar sifatini tekshirishi yoppasiga va saylanish tekshiruv turlari bo‘ladi. Ko‘proq saylanmasi ishlatiladi, chunki bu usul kamroq vaqt talab qiladi. Elektr lampalarini har biri nominal darajadan 15% oshiqroq kuchlanish (2523)dagi elektr tokka 10 sekund bardosh bera olishi sinab ko‘rilishi kerak. Shunda 15-200 VT li lampalar ichida kuygani 1,5 % dan oshmasligi kerak, shunda ular qabul qilinadi. Aks xolda akt tuzib ishlab chiqarishga qaytarilib yuboriladi.
Tovarlarni sifat va morfologik ko‘rsatgichlari ko‘pligi uchun tekshirishlarda hammasini tahlil qilishi qiyin. Shu sababli standartlarini “Qabul qilish qoidalari“ bo‘limida teks Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlari.
Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni NTX talablariga yoppasiga ba’zi ko‘rsatgichlar bo‘yicha texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qo‘shib jo‘natiladigan xujjatlarda belgi qo‘yiladi.
Sanoat korxonasida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv o‘tkazilib turiladi.
Bir andozadagi (namunali) sinovlar.
Har 2-3 yilda o‘tkaziladigan sinovlari (mustahkamligini sinash uchun);
Remontga yaroqliligini 5 yilda bir marta sinaladi..
Tovarlar 3 ta belgi bo‘yicha (sifat, miqdor, alternativ) turli sifat guruhlarga bo‘linadi. hirishini dasturiga qarab har xil sinovlar ko‘rsatiladi: Tovarni sifat belgisi bo‘yicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalar oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar 2 navlarga bo‘linadi.
Nuqsonlar namoyon bo‘lishiga qarab yaqqol ko‘rinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga bo‘linadi.
Yana nuqsonlar katta-kichikligi bo‘yicha jiddiy, yirik va ahamiyatsiz turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish bo‘yicha hom-ashyo, konstruksiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga bo‘linadi.
Tovarlarni miqdor belgisi bo‘yicha qabul qilish. Tovarni sifat ko‘rsatgichlarini miqdordan aniqlab normativ-texnik xujjatlar talabiga solishtirish ko‘zda tutilgan. Sement sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yo‘li bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligini yarmini bildiradi. 28 kundan keyin to‘la pishiqligi ko‘rinadi. 5% ortiq farq bo‘lmasligi kerak. Ko‘p farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha bo‘lsa 200; 380 kg/sm gacha bo‘lsa – 300.
Tovarlarni alternativ belgisi bo‘yicha tekshirish savdoda keng qo‘llaniladi, tovarlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga bo‘linadi . Davlat standartlashtirish sistemasi mahsulot sifatini boshqarishni asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatni boshqarish kompleks sistemasiga quyidagilar kiradi: standartlar - maqsadni belgilovchi, ya’ni mahsulot sifatiga qo‘yilgan talablarni normativlari, maqsadga yetishni ta’minlovchi standartlar, ya’ni sifatga ta’sir etuvchi omillarni reglamentlashtirish.
Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik darajasini standartlari. Savdo assortimentini va sifatni boshqarishni hamma bosqichlarida ishtirok etishi kerak.
Loyihalash va tadqiqot qilish bosqichida savdo tashkilotlari ishlab chiqarish va loyihalash korxonalariga yangi turdagi tovarlarni yaratishga yoki yangilashga buyurtmalar berishlari kerak. Tajribaviy na’munani qabul qilishda savdo xodimlari xal qiluvchi ovozlardan birini beradi, chunki yangi mahsulotni iste’mol xossalariga to‘g‘ri baho berishi kerak.
Download 64.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling