Mavzu: Majburiy tibbiy sug'urta tizimida davolash-profilaktika muassasalari ishini tashkil etish


Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish


Download 56.74 Kb.
bet3/7
Sana02.12.2023
Hajmi56.74 Kb.
#1779590
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
амалий маш № 3

1. Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
1. Sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonun hujjatlarini birxillashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan qonunlar qabul qilish orqali normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
2. Sog‘liqni saqlash sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini bir -biriga muvofiqligiga erishish va qo‘llash uchun qulayliklar yaratish maqsadida yagona hujjatda kodifikatsiyalash, O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksini qabul qilish.
3. Bepul tibbiy yordamning davlat tomonidan kafolatlangan hajmini huquqiy mustahkamlab qo‘yish.
4. Majburiy tibbiy sug‘urta sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish.
5. Onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi, shu jumladan onalar va bolalarni emlash, dispanserizatsiya qilish va ularga kafolatlangan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibini belgilovchi qonun hujjatlarini takomillashtirish, Ko‘krak suti o‘rnini bosuvchi ozuqa marketingi to‘g‘risidagi xalqaro kodeks normalarini implementatsiya qilish hamda Chaqaloqlarni va kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish to‘g‘risidagi milliy dasturni qa bul qilish.
6. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar marketingini tartibga solishning, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga va sport tadbirlariga jalb qilishga rag‘batlantirishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.
7. Tibbiyot xodimlari o‘z kasbiy majburiyatlariga rioya etishini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korruptsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan Tibbiyot xodimlarining axloq kodeksini qabul qilish va ularning kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish.
8. Aholini, ayniqsa ehtiyojmand toifalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va ijtimoiy yordamning manzilliligini oshirish.

Download 56.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling