Mavzu: majburiyatlarning turlari. Oldi-sotdi shartnomasi
Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil majburiyatlar
Download 17.98 Kb.
|
Mavzu MAJBURIYATLARNING TURLARI. OLDI-SOTDI SHARTNOMASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- muayyan harakatni bajarishga qaratilgan majburiyat
- 4. Shaxsiy xarakterga ega bo’lgan majburiyatlar va shaxsiy xarakterga ega bo’lmagan majburiyatlar.
3. Muayyan harakatni bajarishga qaratilgan va muqobil majburiyatlar. Agar huquqiy munosabat bo‘yicha kreditor qarzdordan muayyan bir harakat qilinishini, masalan, ma’lum ishning bajarilishini, biron-bir ashyoning topshirilishini yoki ma’lum summa pul topishini talab qilish huquqiga ega bo’lsa, bunday majburiyat muayyan harakatni bajarishga qaratilgan majburiyat hisoblanadi. Agar huquqiy munosabatda kreditorning talabi bo‘yicha qarzdor bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur bo’lsa , bunday majburiyat muqobil majburiyat sanaladi. Muqobil majburiyat bo‘yicha huquqiy munosabatda bir necha harakat ko‘rsatilgani bois ham majburiyatning mazmunini qarzdorning faqat birgina majburiyati va kreditorning shu majburiyatning bajarilishini talab qilishga bo’lgan huquqi tashkil etadi. Huquqiy munosabatdan nazarda tutilgan harakatlardan birining bajarilishi bilan majburiyat ijro etilgan hisoblanadi. Muqobil majburiyatning bajarilishi to’g’risidagi qoida FK ning 250-moddasida berilgan. Mazkur moddada ko‘rsatilishicha, agar qarzdor ikki yoki bir necha harakatlardan birini bajarishga majbur bo’lsa, qonun, shartnoma mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, tanlash huquqi qarzdor ixtiyorida bo’lgan. O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlarida qanday majburiyatning bajarilishi lozimligini tanlash huquqi kreditorga berilganligi ko‘rsatiladi. Jumladan, ularda sotilgan ashyoning sifati lozim darajada bo’lganda, sotib oluvchi o‘z xohishi bilan ana shu ashyoni boshqa sifatli ashyoga almashtirish yoki xarid bahosini tegishli darajada kamaytirishni yoxud sotuvchining shu ashyodagi kamchiliklarni qolmay tuzatib berishini yoki shu kamchilikni tuzatish uchun oluvchining qilgan xarajatlarini to’lashni yo bo’lmasa shartnomani bekor qilib, o‘ziga yetkazilgan zararning to’lanishini talab qilishga haqli bo’ladi, deb ko‘rsatiladi. Bu qoida bo‘yicha qarzdor sifatidagi sotuvchi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan harakatlardan birini tanlash huquqi kreditorga, ya’ni sotib oluvchiga beriladi.
4. Shaxsiy xarakterga ega bo’lgan majburiyatlar va shaxsiy xarakterga ega bo’lmagan majburiyatlar. Ba’zi majburiyatlar huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning har qaysisi yoki birining shaxsi bilan qatiy bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, topshiriq shartnomasi bo‘yicha vujudga keladigan majburiyat vakilning (topshiriqni bajaruvchining) ishonchli shaxs bo’lishiga qarab belgilanadi. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan majburiyatlarning bajarilishini, agar qonun yoki shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa, boshqa shaxsga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaydi, kreditor ham boshqa shaxs bilan almashinishi mumkin emas. Bunday majburiyatlar, odatda, qarzdor yoki kreditorning vafot etishi bilan bekor bo‘ladi. Aksariyat huquqiy munosabatlarda majburiyatning kim tomonidan bajarilishi ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Masalan, qarz shartnomasi bo‘yicha majburiyat fuqaro A. tomonidan ham yoki uning uchun fuqaro S. tomonidan ham bajarilishi mumkin. Bunday shaxsiy xarakterga ega bo‘lmagan majburiyatlar bo‘yicha kreditor ham, qarzdor ham boshqa shaxs bilan almashinishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday majburiyatlar bo‘yicha kreditor yoki qarzdorning vafot etishi majburiyatning bekor qilinishi uchun asos bo’lmaydi. Majburiyatda sanksiya masalasiga kelsak, fuqarolik huquqi normalariga muvofiq qo‘llaniladigan majburlash choralari ko‘pincha huquq buzilishida, majburiyatlarni bajarmaslik yoki tegishli darajada bajarmaslik uchun qo‘llaniladi. Sanksiya fuqarolik huquqiy munosabatida ishtirok etayotgan taraflar o‘z zimmalaridagi majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganlarida huquq normalariga muvofiq qo‘llaniladigan majburlash chorasidir. Buzilgan majburiyatlar yuzasidan qo’llaniladigan sanksiyalar har xil. Majburiy chora sifatida qo‘llaniladigan sanksiyalar umumiy xarakterga ega bo’lishi hamda maxsus, ya’ni aniq bir huquqiy munosabatdan yuzaga kelgan harakatlarga nisbatan qo‘llaniladigan bo‘lishi mumkin. Umumiy xarakterdagi sanksiyalar majburiyatning bajarilishini kechiktirish, biror ashyoni topshirish majburiyatini bajarmaslik uchun qo‘llaniladi. Maxsus sanksiyalarga misol qilib sotilgan ashyo larning sifati tegishli darajada bo‘lmasligi uchun sotuvchining javobgarligini ko‘rsatish mumkin. Sanksiya majburiyatlarda ishtirok etuvchi va o‘z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarmagan taraf kreditor va qarzdorga nisbatan qo‘llaniladi. Majburiyatlarni buzganlik uchun qo’llaniladigan sanksiyalar quyidagi guruhlarga bo’linishi mumkin: 1. Ixtiyoriy bajarilmagan burchni majburiy ijro ettirish . Masalan , olingan qarz ixtiyoriy ravishda to’lanmaganida uni majburan undirish mumkin bo’ladi. 2. Shartnomada ko‘rsatilgan majburiyat bajarilmaganda uni bir tomonlama bekor qilish. Masalan , ijaraga oluvchi o‘z majburiyatini bajarmaganda ijaraga beruvchining talabi bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. 3. Majburiyatning ijro etilishi tartibini o‘zgartirish. Masalan mahsulot oluvchi tashkilot avval mahsulotlari uchun haq to‘lashni kechiktirganida mahsulot yetkazuvchi u bilan aksept shakli bo‘yicha hisob-kitob qilmay balki xaridor tashkil etgan qulay bo‘lgan akkreditiv shakli bo‘yicha hisoblash ish tartibiga o‘tishi mumkin . 4. Tuzuk taraf zimmasida bo‘lgan majburiyatlar hajmini kamaytirishga qaratilgan sanksiyalar. Bunga misol qilib xaridor o‘ziga shartnoma shartlariga nomuvofiq sifatdagi ashyo topshirilganida, uning narxini tegishlicha kamaytirishni talab qila o lishini ko‘rsatish mumkin. 5. Notuzuk tarafning zimmasida bo‘lgan majburiyatlar hajmini oshirish. Bunday sanksiya qo‘llanilishida majburiyatni buzgan notuzuk taraf o‘zi uchun noqulay bo’lgan ba’zi vazifalarni, qo‘shimcha majburiyatlarni bajarishga majbur qilinadi. Masalan, sifatli narsa o‘rniga sifatsiz ashyo topshirgan sotuvchi bu ashyoning nuqsonlarini tuzatish uchun yoki kamchiliklarni yo‘qotish uchun xaridor tomonidan qilingan xarajatlarni to‘lashga majbur qilinishi mumkin . 6. Mulkiy javobgarlik choralari sifatida ko‘riladigan sanksiyalar. Download 17.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling