Mavzu: Makroiqtisodiy beqarorliklar. Inflyatsiya va ishsizlik Reja


Download 84.75 Kb.
bet7/11
Sana18.06.2023
Hajmi84.75 Kb.
#1579866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Makroiqtisodiy beqarorliklar Inflyatsiya va ishsizlik

P-P-1
= ----------*100
P-1 bunda: – yillik inflyatsiya sur`ati;
P - joriy yilning narxlar indeksi;
P-1 - o`tgan yilning narxlar indeksi.

Inflyatsiyani mikdoran o`lchash uchun makroiktisodiyotda «70-mikdor koidasi» deb atalgan usuldan xam foydalaniladi. Bu usul narxlarning barkaror o`sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniklash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo`lish kifoya:
Baxolar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni 

Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo`lsa, taxminan 10 yilda baxolar ikki martaga oshadi, ya`ni, (70:7 = 10).


Real YAMM va jamgarmaning necha yildan so`ng ikki marta oshishini xisoblash zarur bo`lgan xollarda xam «70-mikdor koidasidan» foydalaniladi.
5.Talab va taklif inflyatsiyasi.
Talab inflyatsiyasi iktisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chikarishning real xajmi bilan kondirish mumkin bo`lmay kolgan sharoitlarda kelib chikadi. YA`ni, to`lik bandlilikka yakin sharoitda iktisodiyotning ishlab chikarish imkoniyatlari o`sib borayotgan yalpi talabni kondirolmaydi. Ortikcha talab esa real tovarlar baxosining ko`payishiga iktisodiy bosim beradi va talab inflyatsiyasi kelib chikadi. YOki, oddiy so`zlar bilan aytganda, «xaddan ziyod pullar xaddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chikaruvchi asosiy sabablar axolining ish bilan to`lik bandligi va ish xakining oshib borishi xisoblanadi. Demak, inflyatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baxo, ishlab chikarish sur`atlari kabi ko`pgina omillarga boglik.
Iktisod pasayish xolatida bo`lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chikarish xajmi ko`payadi, ishsizlik kamayadi, baxo darajasi esa deyarli o`zgarmaydi yoki kam mikdorda o`zgaradi. Baxo o`zgarmasligining sababi shundaki katta xajmdagi bo`sh turgan mexnat va xom ashyo resurlarini shu o`zgarmas baxoda ishga tushirish mumkin bo`ladi. CHunki, ishsiz yurgan kishi ish xakini oshirishni talab kilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o`zi kifoya xamda ko`shimcha stanok sotib olishga xojat yo`k.
Bundan tashkari, baxo ishchi kuchini to`la ish bilan bandligiga erishishdan oldin xam oshishi mumkin. YA`ni, ba`zi sanoat korxonalarida bo`sh turgan resurs va zaxiralarni ishlab chikarishga ertarok to`lik jalb kilinadi, natijada ular talabning o`sishiga mos ishlab chikarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko`payib ketadi, natijada baxo yana osha boshlaydi.

Download 84.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling