2. Ishsizlik tushunchasi va ishsizlik darajasining o`lchanishi.
Iktisodiyotning bekaror rivojlanishi okibatida, iktisodiy pasayish davrida ishlab chikarish resurslari to`lik foydalanilmay koladi.
YAIMni yaratishda katnashadigan iktisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo`lgan mexnat resurslaridan to`lik foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo`ladi.
Makroikisodiy taxlilda mexnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko`prok foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iktisodiy faol axoli deganda mexnatga layokatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan axolining umumiy soni tushuniladi.
Mexnat bozorida boshka resurslar bozori singari talab va taklif konuni amal kiladi. Ishchi kuchining baxosi xisoblangan real ish xaki xajmi oshsa ishchi kuchiga bo`lgan talab kiskaradi, agar real ish xaki xajmi kamaysa ishchi kuchiga bo`lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo`lgan talab mikdorining ishchi kuchi taklifi mikdoridan kam bo`lishi ishsizlikni keltirib chikaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir kismi bo`lib, ijtimoiy ishlab chikarishda band bo`lmagan, lekin ishlashni xoxlovchi va faol ish kidirayotgan axolidir.
Ishsizlikning kuyidagi turlari mavjud:
Friktsion ishsizlik. Unga ish kidirayotgan yoki yakin vaktlar ichida ish bilan ta`minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan ish yoki turar joylarni o`zgartirish, o`kuv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshka sabablardan kelib chikadi. U doimo mavjud bo`lib, ma`lum bir darajada kerakli xisoblanadi.
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruxiga ishlab chikarish strukturasining o`zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining o`zgarishi natijasida ishsiz kolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini o`zgartirishi va oshirishi, ma`lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo`lgan ishsizlar guruxlari kiradi. Friktsion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy farki shundaki, birinchisida, ma`lum malaka va tajriba mavjud bo`ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezrok topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darxol va tezrok ish joylarini topa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |