Mavzu: Makroiqtisodiy berqarorlik Kirish. Asosiy qism
Asosiy qism 1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Download 98.5 Kb.
|
Asosiy qism
1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga xalq xo’jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o’sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o’zaro bog’liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o’sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko’rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Nihoyat mazkur ko’rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar miqdor va sifat ko’rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko’rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko’rsatkichlariga kuyidagi ko’rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o’sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar. Inson juda turli-tuman ehtiyojlarga: oziq-ovqat, kiyim, boshpana, ta’lim, mehnat, ko’ngil ochish, muloqot va ko’plab boshqa ehtiyojlarga ega. Barcha sanalgan ehtiyojlar cheksiz turli-tuman shakllar, sifatlar, belgilar, xususiyatlarga ega. Bunda har bir inson yakka holda qanday ehtiyojlar u uchun eng muhim, ustivor hisoblanishini aniqlaydi, ya’ni u birinchi navbatda qanday ehtiyojlarni qondirishni zarur deb hisoblaydi. Inson o’z ehtiyojlarini o’ziga qulay iqtisodiy ne’matlar yordamida qondiradi. Ularga oziq-ovqatlar, kiyim, kitoblar, avtomobillar, san’at buyumlari va boshqa shu kabilar kiradi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy ne’matlarning bir qismi inson ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratiladi, bir qismi-ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi. Iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonga resurslar zarur. Ishlab chiqarish resurslari – bu tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan resurslardir. Ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarish omillari deb atash qabul qilingan va ularni uchga ajratiladi: - yer; - mehnat; - kapital. «Yer» (tabiiy resurslar) – bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiat tomonidan berilgan resurslardir. Tabiiy resurslarga misol bo’lib suv resurslari, tuproq, o’simliklar, foydali qazilmalar hisoblanadi. Mehnat (inson resurslari) – kishilarning ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari, sog’lig’ining ahvoli, ta’limi va kasbiy ko’nikmalarini o’z ichiga oladi. Kapital (kapital resurslari) – bu inson tomonidan yaratilgan va tovar hamda xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan buyumlardir. Kapital resurslariga misol bo’lib binolar va inshoatlar, asboblar va uskunalar, aloqa vositalari, transport, shuningdek qayta ishlangan hom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Ba’zan ishlab chiqarish omillarining to’rtinchi ko’rinishi – tadbirkorlik ajratiladi, chunki u kishilarda tadbirkorlik qobiliyati deb ataluvchi noyob xususiyatlarning mavjudligini ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish resurslarining barcha turlariga: «yer», mehnat, kapitalga ega bo’lishi zarur. Biroq, inson ularning cheklanganlik muammosiga duch keladi. Bu cheklanganlik masalan, foydali qazilmalar zahiralarining cheklanganligi kabi tabiiy ravishda mavjud bo’lsa, shuningdek sub’ektiv ravishda, ya’ni inson psixologiyasi tomonidan tug’ilishi mumkin, chunki uning ehtiyojlari cheksizdir. Ishlab chiqarish resurslarini cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo’yadi: - NIMA va qanday miqdorda ishlab chiqarish? - QANDAY texnika va texnologiyani qo’llash? - KIM tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot iste’mol qilinadi? Aynan shuning uchun iqtisod fanining e’tibor markazida- ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo’llarini o’rganish turadi. Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini ko’zda tutadi. Bunda inson har doim ham «barchasi yoki hech nima» xilidagi qarorni qabul qilmaydi. Ko’pincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum miqdorini olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat tamoyili yotadi. Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat qimmati bilan o’lchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir. Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo’lgan 3 metr mato bo’lagidan yo ko’ylak yoki kostyum tikish mumkin. Matoning cheklangan miqdori ham ko’ylak, ham kostyum tikishga imkon bermaydi. Bu vaziyatda tanlash kerak bo’ladi. Bu tanlov yo ko’ylakdan yoki kostyumdan voz kechishni ko’zda tutadi. Ko’ylakni tanlash qarori kostyumga ega bo’lishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni yangi ko’ylakning qimmati kostyumga ega bo’lib, olish mumkin bo’lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko’ylakning muqobil qiymati borligi aytiladi-kostyum. Agar kostyum tanlansa-uning muqobil qiymati ko’ylak bo’lardi. Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarini o’rganib, iqtisod fani oqilona ishlatish tamoyiliga asoslanadi. Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni eng kam resurslarni sarflab, o’zining eng ko’p ehtiyojlarini qondirishi haqidagi fikrdir. Bu ko’plab variantlar ichidan inson cheklangan resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini bildiradi. Agar resurslar mutloq cheklangan bo’lganida, tanlov mumkin bo’lmasdi. Agar cheklanganlik bo’lmaganida, unda tanlov kerak bo’lmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror bilan cheklanmasdan, ularning ko’piga egamiz. Nimalar o’rtasida tanlov boradi? Resurslardan foydalanishning eng yaxshi variantlari o’rtasida. Resurslardan foydalanishning eng yaxshi varianti kam xarajatlarda eng yuqori natijani ta’minlovchi variant bo’ladi. Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi. Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling