Mavzu: Makroiqtisodiy siyosatning valyuta kursiga ta’siri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
(2-rasm) Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Download 304.24 Kb.
|
makro.siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Zahiralardan foydalanish.
- 2. Savdo siyosati
- 3. Valyuta nazorati
- Birinchidan
(2-rasm)
Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valyuta kurslari o’zgarib turadi. Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud: 1.Zahiralardan foydalanish. Valyuta kursini mustahkamlashning ko’proq qo’llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyatsiya qilish hisoblanadi. O’z-o’zidan aniqki, valyuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi chet mamlakatlar valyutalarining zahirasidir (Masalan, AQSh dollari, EVRO va h.k.). 2. Savdo siyosati. Valyuta bozoriga ta’sir ko’rsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valyuta taklifini ko’paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o’zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo’shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas. 3. Valyuta nazorati. Boshqa muqobil variant valyuta nazorati hisoblanadi. Valyuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o’z navbatida chet el valyutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o’rtasida taqsimlaydi. Shu yo’l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valyutasi miqdoriga cheklaydi. Valyuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valyuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, etarli bo’lmagan valyuta resurslari ustidan valyuta nazorati jarayoni, so’zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog’liq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valuta kursi barqarorligini ushlab turishning oxirgivositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valutasining etishmasligi bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy daromad darajasiga to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, bu o‘sha boshqa davlat buyumlariga va demak, xorijiy valutaga talabning cheklanishiga olib keladi. Download 304.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling