Mavzu: Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari Asosiy makroiqtisodiy masalalar. Makroiqtisodiyot fanining predmeti


Download 373.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana22.02.2023
Hajmi373.92 Kb.
#1219919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKROIQTISODIYOT

Savdo siyosati eksport va importni rag‗batlantiradigan yoki
cheklaydigan tariflar, kvotalar va boshqa tartibga solish vositalarini o‗z
ichiga oladi. Tashqi sohani tartibga solish turli xil iqtisodiy rayonlarda
makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi,
lekin asosan valyuta bozorini boshqarish orqali amalga oshiriladi,
chunki tashqi savdoga mamlakat valyuta kursi ta'sir qiladi.
Asosiy makroiqtisodiy masalalar:
• iqtisodiy sikllarni tahlil qilish;
• inflyatsiya va ishsizlikning o‗zaro ta'siri;
• barqaror iqtisodiy o‗sishga erishish;
• iqtisodiyotning real va pul sohalarining o‗zaro ta'siri;
• mamlakat savdo balansini tahlil qilish;
• milliy bozorlarning mamlakat ichkarisida va iqtisodiyotning
tashqi sektori bilan aloqasi;
• davlatning samarali makroiqtisodiy siyosatiga erishish.
Makroiqtisodiyot 
umumiy 
iqtisodiy 
nazariyaning 
bo‗limi
hisoblanib, unda milliy xo‗jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental
muammolari tadqiq qilinadi.


iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashishsa Iqtisodiy nazariyaning
klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar
bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko‗pchilik mamlakatlarda davlatning
iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak,
davlatning 
iqtisodiy 
rivojlanish 
strategiyasini 
belgilash, 
bozor
mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi
muhim ekanligiga iqror bo‗lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa
subyektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda,
barqaror Iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash maqsadida, o‗z tasarrufida
mavjud bo‗lgan vositalar orqali ularni yo‗naltirib turadi. Bu vositalar esa
fiskal (byudjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib
aytganda 
Makroiqtisodiyot 
fani 
alohida 
mamlakatda 
iqtisodiy
siyosatning va jahon xo‗jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi
hisoblanadi.

Download 373.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling