Mavzu: maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari
Download 1.18 Mb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kutubxona faoliyatida axborot kutubxona texnologiya vositalaridan foydalanib ommaviy tadbirlar o’tkazish. KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYAT DASTURI
MAVZU: MAKTAB KUTUBXONALARI ISHINI SAMARALI TASHKIL ETISH VOSITALARIR E J A 1. Kutubxona ishini tashkil etish va uning faoliyat dasturi. 2. Kutubxonaning vazifalari va unga qo’yilgan talablar. 3. O’quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda multimedia, elektron materiallar va elektron resurslardan foydalanish. 4. Kutubxona faoliyatida axborot kutubxona texnologiya vositalaridan foydalanib ommaviy tadbirlar o’tkazish. KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYAT DASTURI Keyingi yillarda ta’lim sohasida AKT imkoniyatlari asosidagi ta’lim texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Umumiy ta’lim maktablarida ham nafaqat ta’lim tizimida, balki maktab faoliyatining boshqa sohalari, jumladan, kutubxonalar ishini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanilmoqda, bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271 son qaroriga muvofiq olib borilmoqda. Ta’lim mazmuni kompleks bilimlarni o‘z ichiga oladi. Ularni puxta o‘zlashtirish ko‘plab axborot manbalariga asoslanadi. Ayniqsa, hozirgi kompyuterlar, internet kabi aloqa vositalari ta’lim jarayoniga keng kirib borayotgan bir vaqtda axborotlar bilan yaqindan oshno bo‘lish muhimdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan kutubxonalar axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish ta’lim dasturlarini amalga oshirish bilan birga, umumiy kutubxonachilik tarmog‘ini rivojlantirishga kam xizmat qiladi. Bugungi kunda maktab kutubxonasi maktabda markazlashtirilgan hamda toʼplangan bosma va audiovizual materiallar yigʼindisi tushuniladi. U kompyuter yoki boshqa aloqa vositalari yordamida qoʼshimcha axborot manbalari va materiallariga kirish imkonini beradi. Kutubxona maktabning axborotlar markazi hisoblanadi. Kutubxona oʼquvchilarda axborotlarni toʼplash, ularda axborotlarga murojaat qilish va axborot manbalari bilan ishlash koʼnikmasini oʼstirishda muhim oʼrin tutadi. Maktab faoliyati maqsadlariga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishda kutubxona asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim. Uning ahamiyati quyidagi holatlarda shakllanadi: 1.Ta’limni takomillashtirish maqsadida o‘qituvchilar bilan kutubxona mutaxassislari hamkorligi. 2. Barcha o‘qituvchi va kutubxona mutaxassislarining axborotlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish hamda shu asosda ularni o‘quvchilarning zarur extiyojiga tatbiq etishning umumiy maktab strategiyasi. 3.O‘qishga o‘rgatish, shuningdek, vizual tarbiya berishni yo‘lga qo‘yish. 4.O‘quv vazifalari va individual ehtiyojni ado etish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilarni zarur materiallar bilan o‘z vaqtida qurollantirish. 5. Ta’limiy va individual ehtiyoj hamda qiziqishni qondirish maqsadida axborotlar va ularning foydaliligini baholashga oid axborotlarni tahlil qilish tajribasini takomillashtirish. 6. O‘quvchilar hayot tajribasini boyitish hamda ularni madaniyat boyliklari bilan tanishtirishga xizmat qiluvchi tadbirlarni (adabiyotlar yordamida) o‘tkazish. Bu kabi faoliyat turlari o‘qituvchi va o‘quvchilarni bilimlarning barcha sohalariga doir eng yaxshi bosma va audiovizual materiallar bilan tanishtirishga shuningdek xalqimizning ma’naviy-axloqiy merosi, ajdodlarimizning ilmiy merosini o‘rganishga hamda ularni o‘quvtarbiya jarayonlariga tatbiq etishga yordam beradi Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling