Fiziolog-gigiyenik
Sxemadan ko`rinib turibdiki, birinchi pog`onada kiyim vazifalari ikkiga bo`linadi: utilitar va axborot - estetik.
Utilitar vazifalar mudofaa va fiziologik- gigiyenik vazifalarga, axborot-estetik vazifalar esa alohida axborot va estetik vazifalarga bo`linadi.
Mudofaa vazifalariga noqulay iqlimiy shart-sharoitlardan mudofaa, mexanik ta`sirlardan mudofaa, ishlab-chiqarishning zararli ta`sirilaridan mudofaalar kiradi.
Fiziologik-gigiyenik vazifalarga kiyimning statika ham dinamikada qulayligi va kiyim ostidagi mikroklimatning komfortligi kiradi.
Axborot vazifalari odam haqida axborot va kiyim haqida axborotni o`z ichiga oladi.
Estetik vazifalari kiyimni odam tashqi ko`rinishiga mosligi, kiyim kompozitsiyasining ko`rkamligi va kiyimning tovar ko`rinishini o`z ichigi oladi.
Zamonaviy kiyimning klassifikatsiyasi asosiga uning eng zarur bo`lmish mudofaa funksiyasi olingan. Shunga asoslanib kiyimni uch sinfga bo`lish mumkin ,sxema N1.2).
I - maishiy, II – sport kiyimlari, III - ishlab chiqarish kiyimlari. Maishiy kiyim - odam organizmini iqlimiy shart-sharoitlardan mudofaa etadigan kiyim.
Sport kiyimi - sportchilar tanini shikastlanishdan saqlashi va shuning bilan birga yuksak sportiv natijalarga erishishga imkon berishi shart.
Ishlab-chiqarishda kiyiladigan kiyim odam tanasini zararli ishlab chiqarish ta`sirlaridan mudofaza qiladi.
Sxema 1.2. Zamonaviy kiyim klassifikatsiyasi
Maishiy kiyim - eng ko`p sonli bo`lib, quyidagi sinflarga bo`linadi:
1.1 - ichki kiyim;
1.2 - kostyum-ko`ylak;
1.3 - ustki kiyim;
1.4 - korset buyumlari;
1.5 - bosh kiyimlar.
Maishiy kiyimlarning har birining sinfchasi o`z navbatida kiyimning turlariga bo`linadi, masalan, kostyum-ko`ylak sinfchasi ,1.2) - 1.2.1 - pidjak, 1.2.2-jaket, 1.2.3-kurtka; 1.2.4-ko`ylak va hokazolarga bo`linadi.
3.1.2. - shimlar
3.1.3 – yarim kombinzonlar va hokazo.
Ma`muriy kiyiim o`z ichiga dengiz Floti xizmatchilari, aviatsiya xodimlari va hoqazolar kiyimini o`z ichiga olib, Shinel, kitel, plash kabi turlardan iboratdir.
Texnologik kiyimlar sinfchasi odam tanasini ish faoliyati davomida ta`sir etuvchi iflosliklar, mexanik ta`sirlardan himoya qiluvchi kiyimlardan iborat bo`lib, meditsina xalatlari, tikuvchilar ish kiyimi, farroshlar ish kiyimi va hokazolar shular jumlasidandir, yosh va jinsga qarab, texnologik kiyimlar ayollar va erkaklar kiyimiga, mavsumga qarab esa yozgi, qishgi va barcha mavsumlarda kiyiladigan kiyimlarga bo`linadi.
2.2 MAKTAB YOSHIGACHA YOSHDAGI QIZ BOLALAR KOʻYLAGINI MODELLASHTIRISH
Tayanch iboralar: tana proportsiyasi, yeng o`mizi, bissektrisiya ,bo`y ipi, buklov
Bolalar yosh guruhlari quyidagi klassifikatsiyaga bo’linadi: yasli yoshidagilar 3 yoshgacha, maktabgacha yoshdagilar 3 yoshdan 7 yoshgacha; kichik maktab yoshidagilar 7 yoshdan 11 yoshgacha.
Bolalarning rivojlanishi davomida tana tuzilishi va tana proportsiyasi va tashqi ko’rinishi va harakatlar xarakteri qiziqishlari odatlari va mashg’ulotlari o’zgarib boradi.Shunga ko’ra bolalarning turli yoshlarida psixologik-fiziologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o’zining turi, tuzilishi, bichim ranglari bezatilishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. Shu munosaabat bilan bolalar kiyimlari har bir yosh guruhiga mos holda loyihalanadi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar kiyimlarining assortimenti turli ko’ylaklar, halatlar sarafan, kofta, shim, yarim kombinzonlardan iborat:
Bog’cha yoshidagi bolalar ko’p harakat qilganligi sababli kiyimlar qulay sodda, kiyish va yechish uchun oson bo’lishi kerak. Ko’proq to’g’ri va pasti kengaygan shakllar ishlatiladi. Kashta, mag`iz, tesma, to`r, aplikatsiyalar esa bolalar kiyimiga turli tumanlik bag`ishlaydi.Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi bichimlarining turli bo’lishi bilan ajralib turadi.Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asosan paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalardan bolalar kiyimlarini tikishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |