Mavzu: Maktabda kimyo fani bo’yicha dastlabki tushinchalar va kimyo fanini o'rganishni qisqacha tafsilotlari


Download 30.35 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi30.35 Kb.
#1507136
1   2
Bog'liq
kimyo fanini o\'qitish maqola

Birinchi bosqichda o'quvchilar kimyoviy elementlar, atomlar, moddalar, kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, atomning tarkibiy qismlari, anorganik moddalar haqidagi dastlabki bilimlar bilan tanishtiriladi.
Ikkinchi bosqichda kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonun, atomning tuzilishi, ularning xossalarini belgilab beradigan omil ekanligi, kimyoviy bog'lanishning elektron tabiati, kimyoviy ishlab chiqarishning yutuqlariga doir bilimlar o'rganiladi.
Uchinchi bosqichda kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi ayrim guruhlarda joylashgan, tabiatda ko'p tarqalgan metallar, metalmaslar, ularning muhim birikmalari, shu birikmalarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, ularni laboratoriya va sanoat miqyosida olish, eng kerakli birikmalarni sanoat miqyosida olishda kechadigan texnologik jarayonlar, organik moddalar, ularning formulalari, tabiatda uchrashi, ahamiyati bilan o'quvchilar tanishtirib boriladi. Bunda oddiy va murakkab moddalarning xossalari ularning tarkibi va tuzilishiga, qo'llanish sohalariga bog'liq ekanligiga, hamda kimyoga oid o'quv-laboratoriya jihozlaridan, asbob va uskunalardan foydalanish, tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish, va har bir kimyoviy reaksiyaning amaliy ahamiyatiga alohida e'tibor beriladi.
Dasturda har bir bo'limga ajratilgan dars soatlari taxminiy bo'lib, ular shu bo'limga oid mavzularni o'rganishga, unga oid ko'rgazma va tajribalarni namoyish etishga, laboratoriya ishlarini bajarishga, masalalarni yechishga hamda o'quvchilar bilimini baholashga mo'ljallangan. Har bir bo'lim oxirida keltirilgan laboratoriya ishlaridan ayrimlarini bajarish uchun asboblar yetarli bo'lmagan taqdirda teng kuchli boshqa laboratoriya ishi bilan almashtirilishi mumkin. Ko'rgazma va tajribalarni namoyish etish hamda laboratoriya ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishi zarur. O'quvchilar kimyo darslarida olgan bilimlarini amaliy jihatdan ekskursiyada yanada mustahkamlashlari mumkin. Ekskursiya mavzusi va obhekti o'qituvchi tomonidan belgilanadi.

  1. Organik kimyo XX asrning ikkinchi yarimlarida «Organik kimyo» fanida alohida bo'lim sifatida ajrala boshladi. U hayot faoliyati jarayonlarida ishtirok etadigan organik birikmalar, metabolizm; biopolimerlar (oqsillar, polisaharidlar, nuklein kislotalar), bioregulyatorlar (fermentlar, garmonlar, vitaminlar va h.k.); sintetik biologik aktiv birikmalar (dori-darmonlar, o'stirish vositalari, gerbidsidlar va h.k.) larni o'rganadi. Bu vazifalar– oraliq birikmalarni ajratish, tozalash va tuzilishlarini tekshirishning hozirgi zamon usullari yaratilgandan so'ng hal qilindi.

Bioorganik kimyo yutuqlari biologik va fiziologiya fanlarining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bioorganik kimyo biokimyo, biofizika va boshqa fanlari bilan bevosita bog'liqlikda rivojlanadi.

Maqola muallifi: Namangan tuman XTBga qarashli 11-sonli martab kimyo fani o’qituvchisi Xojimatov Alisher Nazirjonovich
Download 30.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling