mavzu: maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalari amaliy mashg‘uloti ishlanmasi soat Reja


Download 17.58 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi17.58 Kb.
#1249003
Bog'liq
1 MKPA


1-MAVZU: MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Amaliy mashg‘uloti ishlanmasi - 2 soat
Reja:
1. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fan sifatida.
2. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
3. Maktabgacha pedagogikaning ilmiy-tadiqot metodlari.
1-topshiriq. “Maktabgacha pedagogika” tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalariga doir blis-so‘rov savollari

  1. Muloqot bola shaxsi rivojining asosiy faktori sifatida deganda nimani tushunasiz?

  2. O‘z-o‘zini anglash va motivatsion sohasining rivojlanishi nimalarda aks etadi?

  3. Shaxs axloqiy sifatlarining shakllanishi qaysi faktorlarga asoslanadi?

  4. Maktabgacha pedagogika fanining predmetini nima tashkil etadi?

  5. Maktabgacha pedagogikaning prognostik fuksiyalariga nimalar kiradi?

  6. Maktabgacha Pedagogikaning tashkiliy fuknsiyasi o‘z ichiga nimalarni qamrab oladi?

  7. Maktabgacha pedagogikaning metodologik funksiyasi deganda nimani tushunasiz?

2-topshiriq. Kichik guruhlarga mo‘ljallangan topshiriqlar
1-guruh. Quyidagi keltirilgan fragmentlar bilan tanishing. Ularda qaysi pedagogik ilmiy-tadqiqot metodi haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang va izohlab bering.
1. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodi bevosita va bilvosita olib borilib, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud muammoni aniqlashga xizmat qiladi.
2. O‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar mazkur metod uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
3.Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etish maqsadida qo‘shimcha ravishda tashkil etiladi va savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
4. Maqsadiga ko‘ra asoslovchi va ta’kidlovchi bosqichlarda amalga oshirilib, uzoq va qisqa muddatga tashkil etiladigan hamda qat’iy rejim asosida pedagogik kuzatuv olib boriladi. Ta’lim-ta’lim tarbiyani amalga oshirishga doir yangi metod, usul,vosita va texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi.
5. Sotsiologik tavsifga ega tadqiqotlarda qo‘llanilib, oshkora muhokamaga asoslanadi. Savollar va javoblar oldindan tayyorlanadi.
6.Biror ob’ekt haqida yangi ma’lumotlarni olish maqsadida uning tarkibiy qismlari abstrakt holatga ko‘chirish asosida o‘rganiladi va yaxlit andozasi yaratiladi.
2-guruh. Quyida keltirilgan misollarbilan tanishing va ularning qaysi ilmiy-tadqiqot metodiga tegishli ekanligini aniqlang va asoslab bering.
1. Siz mazkur ta’lim muassasasini tanlaganingizdan xursandmisiz? 1) ha, xursandman; 2) juda xursand emasman; 3) yo‘q. 4) javob berishga qiynalaman.
2. 2.1. O‘rganilayotgan fanlarni o‘zlashtirishga sizning ta’limning avvalgi bosqichidagi tayyorligingiz yetarlimi? 2.2. Sizning-cha, oliy ta’limda o‘qishning maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejidan farqi nimada?
3. 3.1. Innovasiya deganda nimani tushunasiz?_________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Innovasiya va yangilik tushunchalari o‘rtasida tafovut mavjudmi? O‘z fikringizni asoslang__________________________________________________________
____________________________________________________________ 4. 4.1. Kerakli so‘zni topib qo‘ying: O‘zbekiston – ... davlat.
Savolga javob bering: Amir Temur qanday davlat tuzgan?
Gapni davom ettiring: 1999 yil Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning tavallud sanasi munosabati bilan …
4-topshiriq. Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalarini “modellashtirish” metodi asosida yoritib bering.
Mashg‘ulotda metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • Talabalar mavzu mohiyatini to‘laqonli ifoda etadigan kategoriyalarni ajratadi.

  • Asosiy kategoriyalar yordamida model yaratiladi.

  • Har bir talaba model yordamida pedagogikaning asosiy kategoriyalari to‘g‘risida ma’lumot beradi.

  • Har bir talaba tomonidan taklif etilgan modelning maqsadga muvofiq yaratilganligi, masala mohiyatining ochib berilishi muhokama qilinadi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Aleksandrova E.Yu. "Sog‘liqni saqlash oroli" dasturi asosida "Maktabgacha ta'lim muassasalarida dam olish ishlari" o‘qituvchi "Volgograd 2007
2. Anisimova T.G., Ulyanova S.A. "Maktabgacha yoshdagi bolalarda to‘g‘ri holatni shakllantirish va tekis oyoqlarni to‘g‘rilash" "O‘qituvchi" nashriyoti Volgograd 2009 yil
3. Golitsyna N.S., Buxarova E.E. "Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya kaleydoskopi" MCHJ "Skriptorium" nashriyoti 2003 yil
4. Kartushin M.Yu. "4-5 yoshli bolalarning hordiq chiqarishi stsenariylari" MChJ "TC Sphere" Moskva 2005 yil
5. Penzulaeva L.I. "Bolalar bog‘chasida jismoniy tarbiya darslari" nashriyot uyi Mosaic Synthesis. Moskva 2009 yil
6. Podolskaya E.I. "Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun odatiy bo‘lmagan jismoniy tarbiya darslari" nashriyoti "O‘qituvchi" Volgograd 2006 yil
Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling