Mavzu: Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari


Download 0.51 Mb.
bet1/4
Sana19.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1367418
  1   2   3   4

Mavzu:Maktabgacha pedagogika fanining tadqiqot metodlari.

Reja:

  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining ilmiy tadqiqot metodlari mazmuni .
  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda boshqa fanlar bilan bog’liqligining ahamiyati.

Maktabgacha ta’lim pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari.Ilmiy tadqiqot ishlari ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan bog’liq vazifalarni xalq ta’limining hamma bo’g’inlaridagi o’quv – tarbiyaviy ishlarni kelgusida yanada yaxshilash yo’llarini topish uchun amalga oshiriladi.

Ilmiy tadqiqot metodlari (metod- lotincha yo’l degan ma’noni anglatadi) orqali amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot ishida, olimlar pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiya fanining vakillari, maktab o’qituvchilari, bolalar bog’chalari tarbiyachilari va shuningdek, tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan kishilar qatnashadilar.

Tadqiqotning empirik darajasida xar xil faktik materiallar yig’iladi, ular to’liq yoritib boriladi, shuningdek, voqealar o’rtasidagi obektiv bog`liqliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan voqea har tomonlama puxta o’rganiladi. Tadqiqotning nazariy darajasi o’rganilayotgan voqeaning mohiyatini aniqlashga yo’naltirilgan maxsus tizimlashtirish va tahlil usulidir.


Ilmiy tadqiqot metodlari.
Adabiyotlarni o’rganish metodi
Pedagogik eksperiment.
Tajriba o’rganish va umumlashtirish metodi.
Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o’rganish.
Suhbat metodi.
Kuzatish metodi.

1.Adabiyotlarni o’rganish metodi. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi buyuk mutafakkir pedagogik olimlarning asarlari. O’zbekison Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov asarlari ta’lim – tarbiya borasida qabul qilingan qarorlar tadqiqot mavzusiga oid darslik, risola va maqolalar, pedagogik, psixologik, tadqiqotlar, dissertatsiyalar o’rganiladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling