Mavzu: maktabgacha ta’lim muasasalarida tabiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash


Download 25.72 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi25.72 Kb.
#1648190
  1   2
Bog'liq
Tashlandiq buyumlardan o\'yinchoqlar yasash


Mavzu: maktabgacha ta’lim muasasalarida tabiy va tashlandiq materiallar bilan ishlash

Mavzu:MAKTABGACHA TA’LIM MUASASALARIDA TABIY VA TASHLANDIQ MATERIALLAR BILAN ISHLASH.

Reja:


  • MAKTABGACHA TA’LIM MUASASALARIDA TABIY VA TASHLANDIQ MATERIALLAR BILAN ISHLASH.

  • JUN IPLARIDAN BAJARILADIGAN APPLIKATSIYA.

Mozayka monumental dekorativ san'at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo'llaniladigan materiallariga ko'ra ham, naqshi va rasmlariga ko'ra ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan. O'rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, interer devorlari va xalq amaliy san'ati asarlari bezatiladi. Mozayka ishlarida oyna, sopol plitalardan foydalaniladi. Laosda rangli ko'zgu parchalaridan ajoyib mozayka asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir- biriga qo'shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.


Mozaika bu rasm sathiga ayrim-ayrim parchalar (qog'oz, oyna, sopol plita, gultojibarglari, urug', tuxum po'sti va shu kabilar)ni qo'yib chiqishdir. Tuxum po'stidan mozaika ishlarini bajarish uchun tuxum po'sti kerakli ranglarga bo'yaladi. Yuvib quritilgan tuxum po'sti mo'yqalam yordamida akvarel bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Buyoq qurigandan keyin po'stni tanlangan rasmga ko'ra mayda va yirik bo'laklarga bo'linadi. Tuxum po`stidan applikatsiya qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki, ularning tarhlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bugrilari bo`lmasligi kerak.Tarh qora qog`oz orqali o'tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po'sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismi ham ish shu tartibda davom ettiriladi.
Ortiqcha
Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tashlanadi, po'st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo'yiladi. Bunday ish odatda eng oddiy tarhlardan boshlanadi. Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug'lari, danak, baliq tangalari, chig'anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilma-xil materialdan foydalansa bo`ladi
JUN IPLARIDAN BAJARILADIGAN APPLIKATSIYA.
Jun iplaridan bajariladigan applikatsiyalar uchun esa rangli qog'oz (fon uchun), eski to'qilgan kiyimlarning iplari, jun iplar, rangli kitobchalar, «PVA» yelimi, qaychi, qora flomaster, kalka qog'oz, qora qalam bo'lishi zarur. Eski kiyimlarning iplarini qaychi bilan maydalab qirqishda bolalar ham ishtirok etsalar bo'ladi. Ular ertak qahramonlarini yoki mazmunli mavzuda tanlangan tasvirda kerak bo'ladigan ranglarni iplardan tanlashga va alohida iplarni maydalab qirqib solishga yordam berishlari mumkin.
Navbat tanlangan tasvirni rangli qog'ozga kalka qog'oz orqali qora qalamda tushirib olishga. Fon tanlashda iloji boricha ochiq ranglardan foydalaniladi. Tasvir tushirib oldingach, qora flomaster ustidan yurgizib chiqiladi va «PVA» yelimi surtilib jun iplarning rangini o'z joyiga moslab bostirib chiqiladi. Yelim qalinroq surtilsa, jun iplar yaxshiroq yopishadi.

Tashlandiq материаллар тарбиячи раҳбарлигида экскурсияларда тўпланади. Экскурсия уюштиришдан олдин болаларга бўлажак иш намунаси кўрсатилади. Болалар уни диққат билан кўриб, унда ишлатилган барг пластинкаларининг шаклини, дарахт навларини аниқлайдилар. Шундан сўнг уюштириладиган экскурсия режаси тузилади. Экскурсия маршрутида алоҳида эътибор бериладиган объект (эман, заранг, акация дарахтлари, ҳашаротлар, ниначи)лар аниқланади. Болаларнинг эътиборлари ва ақлий фаолиятларини кузатилаётган объектнинг зарур бўлган асосий муҳим белгилари ва хусусиятларини ажратишга, тўпланаётган материални тўғри баҳолашга йўллайдиган саволлар тузилади.



Download 25.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling