Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilin bilan ishlash Reja
Download 42.58 Kb.
|
plastilin
Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilin bilan ishlash Reja : Mttda plastilin bilan ishlashning ahamiyatli tomoni Plastilin bilan ishlash Xulosa O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol o'sishi, uning jismoniy, axloqiy va ma'naviy tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilib voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan, shu maqsadda ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasinin “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan 6200 dan ziyod maktabgacha ta'lim muassasasida 577000 nafardan ortiq bola, shu jumladan, 60 dan ziyod nodavlat maktabgacha ta'lim maskanlarida 5000 nafarga yaqin o'g'ilqiz tarbiyalanyapti. Mazkur ta'lim muassasalarida yosh avlodga puxta bilim berish, ularda zarur ko'nikmalarni shakllantirish bilan birga, kelajagimiz vorislarini boy tariximiz, qadriyat va an'analarimizga hurmat, milliy g'oyalarga sadoqat, ona-Vatanga muhabbat kabi ezgu g'oyalar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning kelajagi va ertangi kuni bugun farzandlarimizning qanday tarbiya olayotganligiga bog’liq. Shu bois ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda. “Bizning asosiy vazifamiz o’quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning butunlay yangi usullarni joriy etishdan iborat bo’lmog’i lozim”, - degan edi. muhtaram yurtboshimiz. Shuningdek Prezidentimizning “Yuksak ma’naviat-yengilmas kuch” asarida “Har qaysi ota-ona, tarbiyachi va ustoz har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar yetib voyaga yetkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak” - deya ta’kidlagan. O'z shaxsi va jamiyat bilan uyg'un yashaydigan, ma'nan yetuk, ya'ni keng bilimlarga, erkin tafakkurga, nozik didga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, o'zo'ziga ham, jamiyatdagi kamchilik va yutuqlarga ham tanqidiy qaraydigan, ijodkor, izlanuvchan, jismonan va ruhiy sog'lom avlodni tarbiyalashni avvalo oiladan va maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash kerak. “Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap bor ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtatilib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoq ishlab chiqish masalasidir. Bir qaraganda, bu muammo arzimas narsa bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan o’yinchoqlar orqali aniqlashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekani ayon bo’ladi. O’yinchoqlar obrazi bolaning murg’ak tasavvuriga bamisoli toshga o’yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go’dakning ulg’ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi, o’zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o’yinchoqlar bilan oshno bo’lib o’sgani bilan belgilanadi. Afsuski, hozirgi vaqtda farzandlarimiz ko’pincha xorijda ishlab chiqilgan, bizning milliy tabiatimizdan uzoq bo’lgan o’yinchoq va qo’g’irchoqlarni o’ynab ulg’aymoqda” degan fikrlar I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida o’z aksini topgan. Demak, yosh avlodni qanday insonlar bo’lib voyaga yetishini, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi uning bolalikda sevib o’ynaydigan o’yinchoqlariga ham bog’liq ekan. Maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlar. O‘yinchoq – maxsus ravishda bolalar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan predmet. Undan foydalanish bolalar ong-bilim doirasini kengaytirishga, unda aks ettirilgan narsa va borliq hodisalariga qiziqish uyg‘otishga, mustaqillikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan birgalikdagi o‘yinlarda bolalarda do‘stona munosabatlar, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish malakasi tarkib toptiriladi. Bir donishmand bolalarga olam, o‘z mamlakati haqida bilim berish zarurligi to‘g‘risida gapirib, shunday degan ekan: “Qiziqarli qilib, aql yugurtib va sodda til bilan yozilgan kitob bo‘lsa, bunga bemalol erishish mumkin, ammo qiziqarli o‘yinchoq bilan bunga yanada osonroq erishiladi”. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘yinchoqlar yasash katta ahamiyatga ega. U maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur xususiyatlar ko‘rib idrok etishni, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga, qo‘l mehnati ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam beradi. O‘yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go‘zallikni his qilishga, uning rang-barangligini tushunishga o‘rgatadi. “...Tasviriy san’at sohasidagi ishlar oilasida,— degan edi haykaltarosh I.Y.Ginsburg,— o‘yinchoq yasash xuddi matematika fanlaridagi arifmetika kabi rol o‘ynaydi. U predmet to‘g’risidagi tasavvurning alifbosidir. U predmetni o‘qish, uni bayon etishning dastlabki shaklidir”. Kattalar bolalarning yosh xususiyatlarini bilib, o‘rganib, shunga muvofiq ravishda o‘yinchoqlarni yaratish va tanlashi, ularni yasash yo‘llarini ham bolalarga o‘rgatishi lozim. Kichik yoshdagi bolaning idroki ayniqsa o‘tkir bo‘ladi. Bolalikda hishayajon bilan idrok etilgan narsalar butun umr bo‘yi esda qoladi. Go‘zal narsalarni idrok etish bolalarda estetik hissiyotni, san’at asarlariga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantiradi. San’at asarlari muayyan axborot berishi sababli bolaning bilim doirasini kengaytiradi. Bunday asarlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi. Bolalar bog’chasida loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash to‘g‘risida gapirilganda, tasviriy faoliyat, bu faoliyat jarayonida bolalar tevarakatroflaridagi voqelikni aks ettirishi, loy yoki plastilindan foydalanib elementar o’yinchoqlar yaratishi nazarda tutiladi. Bolaning hatto eng oddiy o’yinchoqni yasashi ham ijodiy jarayondir. Chunonchi, loyning sharsimon bir bo‘lagi ham jajji go‘dakda koptok, apelsin, olma, uchlari birlashguncha dumaloqlangan loy ustuncha esa halqa, teshikkulcha bo‘lib tuyuladi. Ish vaqtida bola loyni turli shaklga solib o‘ynar ekan, uning yumshoqligidan, hajmliligidan zavqlanadi, o‘zi yasagan shaklga qarab xursand bo‘ladi. Shu bilan birga bola loy va plastilinning turli xossalarini anglab yetadi, hajmli shakl, predmetning tuzilishi hamda nisbatlari bilan tanishadi, qo‘llari aniq harakatlantirish ko‘zi bilan to‘g’ri mo‘ljal olishni o‘rganadi, unda konstruktiv qobiliyatlar shakllanib boradi. Agar faoliyatning bu turi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, loy va plastilindan turli o‘yinchoq1ar yasash bolalarning sevimli mashg’ulotiga aylanib qolishi mumkin. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko‘nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qiziqish uyg‘otish vazifalari qo‘yiladi. Bolalar bog’chasidagi ta’lim tizimi bolalarni maktabga tayyorlash maqsadini ko‘zlagan holda tashkil etiladi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish kabi estetik tarbiya tizimida muayyan o‘rin tutadi hamda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi. Loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida mazkur fazilatlarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi har qanday predmetning hajmi bor va bola uni har tomondan ko‘rib idrok etadi. Predmetni idrok etish asosida bog’cha bolasining ongida obraz shakllanadi. U o‘yinchoqlar yasashda o‘zining real voqelikdan olgan bilimlariga suyanadi, bola rasm chizishdagi yoki applikatsiyalar yasashdagi kabi predmetning bir tomonini emas, balki barcha tomonini aks ettiradi. Chunki unga endi tasviriy faoliyatning boshqa turlarida zarur bo‘ladigan shartli ifodalash usulidan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash rasm chizish, applikatsiya ishlashga qaraganda ikki qo‘l bilan siypalab tabiiy sezishni ko‘proq rivojlantiradi va takomillashtiradi. Qo‘llarning faol harakati esa shaklni aniqroq chiqarishga olib keladi. Shu tufayli bolalar tasvirlash usullarini tezroq o‘zlashtirib oladilar va kattalar ko‘rsatmasisiz mustaqil ishlay boshlaydilar, bu esa o‘z navbatida bolalar ijodkorligining tez rivojlanishiga olib keladi. Tasvirlash usullarini bolalar tez o‘zlashtirishi ularga applikatsiya yoki rasm chizishga qaraganda ertaroq ikki-uch figuradan iborat syujetli o‘yinchoqlar yasash imkonini yaratadi. Chunonchi, rasmga yirik rejadagi predmet varaqning pastki qismida hamda kattaroq qilib tasvirlanadi. Loy yoki plastilindan yasalgan figuralar esa real mavjud fazoda taxtacha yoki loy supacha ustiga joylashtiriladi. Faoliyatning barcha turlari bolani tasviriy ifodaning yangi usullarini izlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o‘rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Chunki bunda shakllarni bevosita barmoqlar, yog‘och qalam bilan to‘g‘rilash, botiq joylariga loy yopishtirish yohud shaklga halal berayotgan ortiqcha loylarni sidirib tashlash bilan xatolarni tuzatib boorish imkoni bo‘ladi. Bunda bola shaklni bir necha marta qayta yasab ko‘rishi mumkin. Rasm yoki applikatsiyada bunday qilib bo‘lmaydi. Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolaning badiiy didini shakllantiradi. Agar rasm va applikatsiya chiziqlarning aniqligi hamda ranglarning yorqinligi orqali bolalarni estetik tarbiyalashga ta’sir ko‘rsatsa, o’yinchoqlar yasashda predmetning hajmli shakli, yumshoqligi va ritmi birinchi o‘ringa chiqadi. Mana shu uchta komponentning barchasi real fazoda mavjud bo‘lib, bolada predmetlar plastik shaklining go‘zalligini, qismlarining nisbatlarini tez idrok etish va bilib olish ko‘nikmasini shakllantiradi, ularda tevarak-atrofdagi voqelikka diqqate’tibor va qiziqishni rivojlantiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatning bir turi sifatida rasm chizish yoki applikatsiya tuzishga qaraganda bolalarni fazoda mo‘ljal olishga, qator matematik tushunchalarni o‘zlashtirishga tezroq o‘rgatadi. Chunonchi, kichik guruhda bolalar to‘siq uchun ustunchalar yasashadi, bola ularni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yadi, qator qilib teradi, ulardan uycha atrofiga devor yasaydi, nechta ustuncha yasaganini sanab chiqadi va hokazo. Katta yoshli bog‘cha bolalari odam figurasini yasashda uning a’zolarini qayergabiriktirish to‘g‘risida o‘ylaydilar. Bunda ular figura qismlarini bir-biri bilan va butun figura bilan bevosita solishtirib, taqqoslab ko‘radilar, ularning kattakichikligini, o‘lchamlarini (uzunligini, qalinligini) aniqlaydilar. Xolbuki, rasm chizilgan vaqtda bu ishlarni faqat ko‘z bilan chamalab amalga oshirish mumkin. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning yana bir xususiyati uning turli o‘yinlar bilan uzviy bog‘liqligidir. Bajarilgan figuraning hajmliligi bolalarni shu o‘yinchoq yordamida turli o‘yin harakatlariga rag‘batlantiradi. Kichkintoylar o‘zlari yasagan buyumlarni mashgulot jarayonidayoq darhol is ga solib turli o‘yinlarni boshlab yuboradilar. Bolalar yoshiga xos bu xususiyat anchagina mavzularni o‘yin bilan bog‘lab o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, bolalar loy va plastilindan idish-tovoqlar va o‘z qo‘g‘irchoqlari uchun nozu ne’matlar, kosmodrom, hayvoyat bog‘i, xokkey va boshqa o‘yinlar uchun kichkina figuralar yasashlari mumkin. Mashg‘ulotlarni o‘yin shaklida tashkil etish bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashga qiziqishini oshiradi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotga kirishish imkoniyatini kengaytiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatini mashg‘ulotda foydalaniladigan materiallar belgilaydi. Guash bilan bo‘yalgan (suyultirilgan) loy mufel pechida pishirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Bolalar yasagan o‘yinchoqlarni shu pechda pishirib olinsa, u xuddi humdonda pishgandek haqiqiy sopol o‘yinchoqqa aylanadi. Buning natijasida bolalar idish va boshqa sopol buyumlar yasash usullarini bilib oladilar, bu esa ularning tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarda mehnat malakalari va yeng shimarib ishlash, ish o‘rnini ozoda va tartibli saqlash, aylanadigan doirali dastgohdan foydalanish odatlari hamda predmetni hamma tomoniga ishlov berish zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo‘ladi. Predmetli o‘yinchoqlar yasash. Predmetli o‘yinchoqlar yasashda ayrim predmetlarni tasvirlash bola uchun, masalan, rasm chizishga nisbatan ancha oson tuyuladi, chunki o‘yinchoq yasayotgan bola real hajm bilan ishlaydi va shartli ifoda vositalarini qo‘llamaydi. Bolalar odam va jonivorlar figuralarini qiziqib yasaydilar. Shuningdek, ular plastik shakldan ko‘ra konstruktiv predmetlarni ifodalashni tezroq o‘zlashtiradilar. Tadqiqotlar ta’lim natijasida bolalarga odam va jonivorlar tasvirini dastlab konstruktiv, keyin plastik usulda ifodalash usulini nisbatan to‘g‘ri ifodalashni o‘rgatish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bog‘chada kichkintoylarga predmetlarning asosiy shakli va eng yaqqol, xarakterli belgilarini ifodalashni o‘rgatish vazifasi turadi. Syujetli o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish bilan qiyoslanadigan rasm chizishga nisbatan o‘z xususiyatiga ega. Rasmda syujetli kompozitsiya ko‘pincha tasvirlashning shartli usullaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa (masalan, odamning yonidan ko‘rinishi bitta ko‘rinadigan tomonidan tasvirlansa; birinchi rejadagi predmetlar ikkinchi rejadagi figuralarga qaraganda yirikroq tasvirlansa va hokazo), loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash shakllarni shartli ravishda o‘zgartirishni va fazo to‘g‘risida tasavvur hosil qilish uchun nisbatlarni qisqartirishni taqozo etmaydi Bolalar odatda keng syujetli tasvirlashga intilmaydilar — buni bog‘chadagi kichik va o‘rta guruhda ham, ba’zan katta guruhda ham kuzatish mumkin. Bola, masalan qizcha va jo‘janing harakatsiz holatda ifodalash bilan cheklanishi mumkin, lekin o‘sha zahoti ularni o‘ynay boshlaydi. Figuralarni stol ustida harakatlantirish, o‘sha harakatlarga mos gaplarni aytish bola yasagan o‘yinchoqni dinamika bilan to‘ldiradi, figuralarni xayoliy epizod ishtirokchilariga aylantiradi. Odatda syujetli o‘yinchoqlar yasash mana shundayo‘yindan boshlanadi. Bolalar o‘yinchoqning mazkur turiga qiziqishi, tasvirlash usullarini o‘rganishi tufayli keng syujetli o‘yinchoqlarni ham yasaydilar. Syujetli o‘yinchoq yasash boladan ko‘p ishlashni talab qiladi, chunki u kompozitsiyaga kiruvchi har bir predmetni yasashi, uni taglikka yoki tagliksiz kerakli holatda o‘rnatishi, detallar bilan to‘ldirishi lozim. Syujetli kompozitsiya tuzish uchun avval taglik, uning hajmi va shakli haqida o‘ylab ko‘rish, keyin uni yasash, ustiga predmetlarni taqsimlash va mustahkamlash kerak. Ko‘pincha bolalar dastlab taglikning hajmi va shaklini o‘ylamaydilar, unga predmetlarni mustahkamlamaydilar, uni yupqa qilib yasaydilar. Taglikning shakli va o‘lchami umumiy muzmunga, figuralarning shakli va o‘lchamiga bo‘ysunmaydi. Buning sababi shuki, mazkur yoshdagi bolalar nazarida taglik — faqat bir sirt (pol, yer) bo‘lib, ustiga predmetlar joylashtiriladi. Tarbiyachi bolalarga qalin, yetarlicha hajmli va chiroyli taglik yasashni, uning ustiga predmetlarni mantiqan to‘g‘ri joylashtirishni o‘rgatishi kerak. Bu kompozitsion xarakterdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi. Tevarak-atrofdagi hayot epizodlari, ba’zi ertaklar, hikoyalar mazmuni loy va plastilindan o‘yinchoqlar uchun syujet bo‘lishi mumkin. Syujetli kompozitsiyalarning ifodaliligi faqat bolalar shaklni qay darajada tasvirlay olishiga emas, balki harakat tasviri orqali figuralarning o‘zaro aloqasini ifodalay olishiga ham bog‘likdir. Syujetli o‘yinchoqlar yasashdagi asosiy vazifa: bolalarga 2—3 predmetdan iborat kompozitsiyani o‘ylash va tavsirlashni; syujetni hal qilishga ijodiy yondashish va asosiy narsani bo‘rttirib ifodalashni; predmetlarning shakli va nisbatlari haqidagi bilimlaridan, jonli obyektlar harakati ustidagi o‘z kuzatishlaridan, o‘yinchoq yasashning turli usullaridan foydalanishni o‘rgatishdan iboratdir. Loy va plastilindan syujetli o‘yinchoqlar yasash, bog‘chaning faqat katta va tayyorlov guruhlarida amalga oshiriladi. Chunki bola predmetlar to‘g’risida ko‘p narsalarni bilishi hamda tasvirlashning turli usullaridan foydalana olishi kerak. Oldingi guruhlarda bolalar faqat syujetli o‘yinchoqlar yasashga tayyorlanadilar hamda kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallab boradilar. Dekorativ o‘yinchoqlar yasash. Bolalarga estetik tarbiya berish vositalaridan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning har xil turlari, shu jumladan, xalq ustalarining mayda dekorativ plastikasi bilan tanishtirishdir. Qo‘g‘irchoq, hayvon, qushlarni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan shakllar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tasavvur va fantaziyasini kengaytiradi. Turli xalqlarning kulollari yaratgan chiroyli idishlar bolalarga juda yoqadi. Bolalar oddiy, ba’zan g‘alati shakldagi krujkalarni, tuzdonlarni, gultuvak vazalarini maroq bilan tomosha qiladilar. Katta guruhdagi bolalar xalq ustalarining mayda dekorativ plastikalarini ko‘rib o‘yinlar, xonani bezatish va sovg’a uchun qiziqarli buyumlar yasashlari mumkin. Ular qo‘g‘irchoqlar uchun munchoq va taqinchoqlarni juda yaxshilab va maroq bilan yasaydilar, dekorativ idishlar: tuzdonlar, tuxumlar uchun tagliklar va bahorgi gullar uchun kichkina vazalar, stakanlar va qalamlar uchun patnislar yasashni bajaradilar. Bu buyumlar barg, gul, hayvonlar shaklida bo‘lishi va ularni guash yoki guash bilan bezash mumkin. Qanotlari va dumi chiroyli bezalgan dekorativ qushlarni ham o’yinchoq yasashning mana shu turiga kiritish kerak. Dekorativ o‘yinchoq yasash bolalarga avval mavzuni o‘ylashni, eskizlarni rasm holida tayyorlab olishni, predmetning shakli va bezaklarini shartli hal qilishni o‘rgatish imkonini beradi. Masalan, tuzdon gul shaklida, qush yoki qo‘ng’iz qanotlari turli dekorativ elementlarni: geometrik shakllar (doira, kvadrat, romb, uchburchak va hokazolar)ni, o‘simlik shakllari (ho‘l meva, barg, o‘t, gul va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan ornament qilib bezatilishi mumkin. Bolalarga dekorativ plastinka va boshqa devor bezaklarini ornament bilan chiroyli qilishni tavsiya etish foydalidir. Dekorativ plastinkani ishlash orqali bolalar asboblardan foydalanishni, o‘yinchoq yasashning har xil usullarini, eng muhimi bo‘shliqni chiroyli dekoratsiyalar bilan to‘ldirishni o‘rganadilar. Ba’zi elementlarni naycha, kvadrat, uchburchak va boshqa shakldagi maxsus qalam bilan bajarish mumkin. Mixlar va turli shakldagi qalpoqchali vintlardan shunday asbob sifatida foydalansa bo‘ladi. Loydan yasalgan plastinkaga uchli yog‘och qalamlar bilan naqsh chiziladi. Keyin uni guash bilan bo‘yaladi yoki dekorativ o‘yinchoq yasashning eng murakkab turi — relyef tushiriladi. Bunda plastinkaga rasm chiziladi, keyin rasm bo‘ylab ornamentlar o‘yiladi. Ular plastinkaning umumiy sirtidan biroz bo‘rtib turadi. Bu ish qo‘l barmoqlaridagi mayda muskullarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolani barmoqlar; uchi bilan ishlashga o‘rgatadi, qo‘l barmoqlarining bukiluvchan va shakllarni yaxshiroq sezadigan qiladi. Odatda bolalar bog‘chasida o‘yinchoqlar uchun loy va plastilindan foydalaniladi. Bolaga o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatishda loy asosiy material bo‘lishi kerak. Chunki u plastik, bir tusli, chiroyli material sifatida bolaga predmetlar shaklining yaxlitligini tushunish imkonini beradi. Bola loyning bitta zuvalasidan juda ko‘p o‘yinchoqlar va bir necha o‘yinchoqlardan iborat kompozitsiyalar tayyorlashi mumkinki, bu ishni plastilin bilan bajarib bo‘lmaydi. Loy plastilinga qaraganda yana bir afzallikka ega; loydan yasalgan buyumlarga keyin mufel pechida yana ishlov berish yoki yaxshi quritilgandan so‘ng guashga tuxum sarig‘ini qo‘shib bo‘yash mumkin. O‘yinchoqlar yasashda plastilindan foydalanish odatda kichik shakllarni rangli qismlar bilan ifodalashga olib keladi. Bu doimo maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi, u shaklni yaxlit idrok etishga xalal beradi. Chunki, tarbiyachi bolaga qiziqarli o‘yinchoqlar turkumini yasash uchun yetarli bir rangli kata plastilinni berish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u rangli material, rang esa qo‘shimcha tasviriy vosita sifatida ko‘pincha bolani asosiy narsa - shaklni tasvirlashdan chalg‘itadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’im muassasasi dasturining muhim vazifasini bajarishni - bolalarga predmetlarning asosiy shaklini ko‘rish va yaratishni o‘rgatish ishini qiyinlashtiradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, 2-4 yoshli bolalar uchun mashg‘ulot oldidan bu material biroz isitilsa-da, ishlov berish qiyinlik qiladi. Plastilindan 5-7 yoshli bolalar bilan ishlashda foydalanish yaxshi natija beradi, chunki ularning qo‘llaridagi mayda muskullar yetarli darajada rivojlangan, ularda predmetning kichik detallarini ifodalash: figuralarning kiyimlarini, syujetli o‘yinchoqlardagi o‘simliklar shaklini bezash istagi bo‘ladi. Biroq katta guruhda ham plastilindan ayrim mashg‘ulotlardagina foydalanish lozim. Shunday qilib, loy - bolalar bilan olib borilaigan ishlarda asosiy materialdir. Xo‘sh, o‘yinchoqlar yasash mashg’ulotlari uchun loyni qayerdan olish kerak? Loyni bevosita yerning o‘zidan olish mumkin. Soz tuproqli, balchiq loy, daryo va ariqqa yaqin joylarda tayyor holda uchraydi. Shuning uchun loyni yozda bolalar bog‘chasi bog‘ hovliga ko‘chib borgan paytda qidirish kerak. Ko‘p tarbiyachilar loy topolmay qiynaladilar. Loyni tayyorlashdan cho‘chiydilar. Aslida bu unchalik qiyin ish emas. Bir marta yaxshi loy qorib qo‘yilsa, u butun yil davomida ishlatishga yarayveradi. Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi sezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq va to‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin. Loy yoki plastilin o‘yinchoq yasayotgan bola jismlarning moddiy xossalarini — ularning shakli, qattiqligi kabilarini ifodalashi kerak. Lekin u bu ishni o‘z tajribasida sezish alomatlari bo‘lsagina bajara oladi. Chunki predmetning ana shu sifatlarini ko‘rib aks ettirish sezib aks ettirishdan farqli ravishda bilvosita amalga oshadi. Kishida buyumlarning mexanik sifatlari haqidagi mufassal ko‘ruv tasavvuri predmetni ko‘rish va qo‘l bilan paypaslash ko‘p marta takrorlanishi natijasida vujudga keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar predmetni tasavvur qilishlari uchun uning ayrim umumiy belgilari kifoyadir. Predmet bilan uni ushlab tanishishda ko‘pincha predmetning bola ushlab yoki uning qo‘li tegib turgan qismlari bilan cheklaniladi. Bunday passiv sezish bolaga predmetning ba’zi xossalari haqidagina ma’lumotlar beradi va ular yaxlit obrazga birikmaydi. Lekin bu predmetni tasvirlash uchun kamlik qiladi: bola predmetni uning xossalari va sifatlari bilan birgalikda tasavvur etishi kerak. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni predmetning hajmi xossalarini nozik analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bola buni mustaqil ravishda egallay olmaydi. Bu ishda kattalar unga yordam berishlari kerak. Ular bolaga predmetni faol ko‘zdan kechirishning umumlashtirilgan tizimini o‘rgatadilar. Loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishishdan oldin predmetni faol ko‘zdan kechirish — bolalarning hissiy tajribasini tashkil etishning pedagogic usulidir. Bu tizimni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi. (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin). Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalary (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi. Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir. To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit hodda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi(tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi. Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar. XULOSA. Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo'lida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasida maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlashi ta'kidlangan. Bu ta'lim 6-7 yoshdagi bolalarga oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida beriladi. Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog'cha tarbiyasi muhim. Bog'cha dasturiga ko'ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o'ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog'chada bola ta'limning boshlang'ich dasturini bosqichma-bosqich o'rgana boradi. O'qishni, yozishni, matematik-mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg'onadi. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari”da bolalar tafakkurini rivojlanishida barcha ilk boshlang'ich bilimlarni uzluksiz o'stirib borish muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ko'proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o'yinlar bilan shug'ullantirib, keyin asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin – o'qish, o'yin – mehnat, o'yin – jiddiy tarbiya shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'yin atrofdagi olamni bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayonga to'liq kirsa, u holda o'yin tarbiya vositasidan iborat bo'ladi. O'yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga: sezgisiga, ongiga, erkiga va xulqiga to'la ta'sir etadi. Bolalarga badiiy-ijodiy qobiliyat ta'lim-tarbiya jarayonida rivolantirib boriladi. “Hamma bolalar, bеistisno hammasi:- dеb yozadi shoir P.Antokolskiy - san'atning biror sohasida talantli bo`lib tug`iladilar. Bolaning qobiliyatsizligi har doim tarbiyaning natijasidir. Aniqrog`i, tarbiyaning yo`qligi, bolaga g`amho`rlik qilinmaslikning natijasidir”. Bolalarni har tomonlama barkamol rivojlantirish va tarbiyalashni amalga oshirishda yordam beradigan o‘yin va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ishlardan biridir. Hozirgi kunda o‘yinchoqlarning yangi namunalarini yaratayotgan rassomlar safi kengaymoqda, badiiy hamda konstruktorlik markazlari tashkil etilyapti. O‘yin va o‘yincholar muammolarini qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlar ham ko‘paymoqda. Har yili o‘yinchoqlar assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan seminarlar, shuningdek, o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘llangan konkurslar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib turilibdi. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rtasida Respublika va viloyatlar miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Sevimli o‘yinchog‘im” ko‘rik-tanlovi buning isbotidir. Ma’lumki, qo‘lbola hamda loy va plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlash – bolaning qo‘lidan keladigan va quvonchli ish. Materialning o‘yinchoqqa aylanish jarayoni turli kechinmalar – ajablanish, quvonchli orzu, zo‘r berib fikr yuritish va amaliy ish natijalaridan, o‘z imkoniyatlarini, mustaqilligini anglashdan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan birga davom etadi. Loy – qo‘lbola o‘yinchoqlar yaratishda yaxshi natija beradigan material. Bolalar undan odamchalar, hayvonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasaydilar. Pishirish – bu o‘yinchoqlarni mustahkam qiladi, ulardan keng foydalanish, ularni boshqalarga sovg‘a qilish imkonini beradi. Qo‘lbola o‘yinchoqlar bolalarning o‘zlari yoki ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan tayyorlanadi. Bu qo‘g‘irchoq ishlab chiqarish sanoati bo‘lmagan vaqtda, ko‘pgina avlod bolalarining hamrohi bo‘lgan. Bu o‘yinchoqlar hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Eng oddiy o‘yinchoqni tayyorlash vaqtida bola fikr yuritadi, qiyinchiliklarni yengadi, muvaffaqiyatdan quvonadi. Download 42.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling