Mavzu: Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining lavozim vazifalari


Download 13.11 Kb.
Sana14.11.2023
Hajmi13.11 Kb.
#1773224
Bog'liq
2-Mavzu


Mavzu:Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisining lavozim vazifalari.
MTT tarbiyachisining lavozim vazifalari:


  • tarbiyalanuvchilarni har tomonlama uygʼun rivojlantirish maqsadida taʼlim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish;


  • taʼlim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda maktabgacha taʼlimga qoʼyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya dasturlaridan samarali foydalanish;


  • bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlashda taʼlim-tarbiyaning zamonaviy shakl va usullarini qoʼllay olish;


  • tarbiyalanuvchilarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivoj-lantirishga, ijtimoiy kommunikativ hamda muomala koʼnikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlarni tashkil etish;


  • guruhdagi har bir tarbiyalanuvchi bola shaxsiga alohida yondoshuvni, guruh va individual mashgʼulot, oʼyin, sahnalashtirish, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish;


  • tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlari, qiziqish va qobiliyatlarini oʼrganish;


  • taʼlim-tarbiya dasturlarini sifatli va samarali amalga oshirish uchun guruhlarda zarur shart-sharoitlar yaratish;


  • guruhdagi har bir bolaning holati va sogʼligʼini nazorat qilish, maktabgacha taʼlim taskiloti tibbiy xodimlari bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning sogʼligʼini mustahkamlashga, ruhiy, jismoniy rivojlanishiga koʼmaklashuvchi tadbirlarni muntazam oʼtkazish;


  • tarbiyalanuvchilar sogʼligʼidagi oʼzgarishlar toʼgʼrisida maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirini, tashkilot tibbiy xodimlarini, ota-onalarni darhol xabardor qilish;


  • tarbiyalanuvchilarning maktabgacha taʼlim taskilotiga qatnovini hisoblash davomatini yuritish, ularni tashkilotga kelmaganlik sabablarini aniqlash, tashkilotga kelmagan tarbiyalanuvchilar toʼgʼrisida tibbiy xodimlarini oʼz vaqtida xabardor qilish;


  • tarbiyalanuvchi maktabgacha taʼlim taskilotiga kelmagan kunida uning ota-onasi bilan kamida telefonda aloqa qilish orqali kelmaganlik sababini aniqlash yoki uyiga borib bolaning ahvolidan xabar olish;


  • guruh kun tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, taʼlim-tarbiyaviy ishlarni samarali rejalashtirish, tarbiyalanuvchilarning, kun davomidagi mashgʼulotlar davomida ishtiroki va boshqa harakatlari yuzasidan ota-onalar bilan suhbatlar olib borish;


  • sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʼin xavfsizligi qoidalari talablariga qatʼiy rioya qilish.


  • tarbiyachi taʼlim-tarbiya ishlari yuzasidan bir yilda ikki marotaba maktabgacha taʼlimga qoʼyiladigan Davlat talablari asosida tarbiyalanuvchilaning rivojlanish koʼrsatkichlarini kuzatish orqali tahlil qilishni amalga oshirish




Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, tasdiqlangan mashgʼulotlar jadvali asosida mashgʼulotlarni oʼtkazadi.


  • tashkilot musiqa rahbari bilan oʼzaro hamkorlikda ish olib boradi va yil davomida oʼtkaziladigan bayram ertaliklariga tayyorgarlik ishlarida musiqa rahbariga koʼmaklashadi.


  • maktabgacha taʼlim taskiloti psixologi, defektologi, shtat jadvalida koʼrsatilgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash (suzishni oʼrgatish boʼyicha yoʼriqchi mavjud boʼlganda,unga yordamlashish)



Download 13.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling