Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar


Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borilishi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi


Download 1.2 Mb.
bet2/2
Sana29.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1399611
1   2
Bog'liq
CHAROS nutq

Matabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borilishi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:


• ota-onalarga o‘z farzandlarining 'tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
• ota-onalami bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalaming yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
• bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola maktabgacha ta’lim muassasasida egallagan eng yaxshi fazilatlami oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlami esa maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlami ko'ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quwatlash va shu asosida otaonalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq o‘stirish bo‘yicha metodik ishlar
Yuqoridagi ishlami rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi.
Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlami o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlami tarbiyachi - pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlami hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi.
U ota-onalarga bolalar tarbiyasida ko‘proq nimalarga e’tibor berish kerakligi, ulami maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovcati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ularning ta’lim olishlari, qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi, uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, unga qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish, bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa, ya’ni ota-ona uchun ham qarz ham farzdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 30-sentyabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil, 21-noyabr 2-MX sonli buyrug‘i asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ish boshladi.
Kuzatuv kengashi raisi ota-onalardan, kengash kotibi maktab o‘qituvchilaridan, a’zolari MTT pedagoglari, ota-onalar, mahalla vakillaridan tashkil topdi. Bu esa MTTning yanada ravnaq topishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Kuzatuv kengashi MTTda bo‘ladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, uning moddiy texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan qo‘shimcha xizmat turlari, bolalarni sifatli ovqatlantirishni, MTTdagi joriy ta’mirlash ishlarida, hattoki, MTT rahbarini saylashda o‘z tavsiyasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalladagi kam ta’minlangan oilalarni o‘rganib chiqib, ularning farzandlariga MTTda ta’lim-tarbiya olish imkonini yaratdi.
XULOSA
Bola tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga qattiq ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish masalan, yumshoq o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynashi uchun o‘yinchoqlar yasash, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilish va ma’qullab olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham maslahatlariga quloq tutmoq lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish kerak. Ota-onalarni maktabgacha ta’limga jalb etish maqsadida turli xil to‘garaklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari, guruhiy va umumiy ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga sazovor holatlardir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Q. Shodiyeva Nutq o`stirish uslubiyoti.”O`QITUVCHI” nashriyoti T.2008 y.
2.Babaeva D. R. Nutq o`stirish metodikasi. T. Fan va texnalogiyalar.2009 y.
3. Babaeva D. R. Nutq o`stirish nazariyasi, va metodikasi. Darslik T. TDPU 2018 y.
4. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi, va metodikasi ruhiy omillar T. 2006 y.
5. “Bolangiz maktabga tayyormi?” O‘z. Res. Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti.
6. O‘.Otavaliyeva. Bola tarbiyasida bog‘cha va oila hamkorligi. T.:1994-y.
7.Z.G’ofurov, S.Toshev. Ma’naviyat saboqlari. Qarshi. 1999-y.
8. MTTda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T.: 2017-y. 
Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling