Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish. Topshirdi: Rahmatullayeva Laylo Qabul qildi


Turli maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarini shakllantirishda tuzatish ishlarini olib borish


Download 0.86 Mb.
bet14/16
Sana28.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1019597
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Rahmatullayeva Laylo 2014 (2)

Turli maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarini shakllantirishda tuzatish ishlarini olib borish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishni amalga oshirish muvaffaqiyati tarbiyachi ixtisosiga, uning kasbga oid tayyorgarligiga bog‘liq. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalarini ishni rejalashtirish va tashkil qilishsiz hal etibbo‘lmaydi. Matematika ta’limiy faoliyatlari ham boshqa predmet ta`limiy faoliyatlari kabi kalendar rejada ko‘rsatiladi. Ba’zi paytlarda tarbiyachining kalendar rejasidan tashqari, reja konspekt ham tuziladi. Qanday paytlarda? Qanday maqsad bilan?
Tarbiyachilar matematika mashg‘ulotlarni faqat o‘z guruhidagina emas, balki boshqa guruhlarda o‘tkaziladigan ta’limiy faoliyatlarning ham dastur mazmunini bilishlari kerak. Yilning boshida ikkala tarbiyachi ham matematikadan ta’limiy faoliyatlarni rejalashtirishi juda muhim.
I. Ta’limiy faoliyatning nomi.
II. Dastur mazmuni.
III. Oldindan olib boriladigan ish. Bolalarning bilim darajalarini bilish.
IV. Ta’limiy faoliyatlarga tayyorlanish.
V. Ta’limiy faoliyatning borishi, metodik usullar, bolalarni bu faoliyatga jalb etish, bular hammasi birgalikda yoziladi.
Shuningdek, tarbiyachilarning nutqi bu yerda juda katta ahamiyatga ega. Uning nutqi ravon, muloyim, sodda, aniq, qisqa, tushunarli, madaniy nutq talablariga to‘liq javob beradigan bo‘lishi kerak.
Har bir bola bilan ta’limiy faoliyatdan tashqari vaqtlarda ham yakkama-yakka ish olib borishi zarur. Matematika ta`limiy faoliyatlarida olgan bilimlarini boshqa ta`limiy faoliyatlarda mustahkamlab borishi kerak. MTT dasturi malakali tarbiyachilarga moslab tuzilgan. Ammo dastur bu darslik emas. U bilan ishlashni o‘rganish va bilish kerak. Undan keyin shu rejaga qarab 2 haftalik ta`limiy faoliyatlar rejasi tuziladi. Lekin shunday narsalarga e’tibor qilish kerak:
1. Hamma va ayrim bolalarning bilish darajalariga.
2. Dastur vazifalariga.
3. Ko‘rgazmali qurollar qancha borligini bilish va qanday materiallarni tayyorlash kerakligini e`tiborga olish kerak bo‘ladi. Lekin aniq ta’limiy faoliyat rejasini umumiy sxemaga aylantirish, unda faqat metodik usullarni eslatib o‘tib, ta’limiy faoliyatning qismlarini ko‘rsatishi noto‘g‘ri. Ta’limiy faoliyat rejasini ta’limiy faoliyat konspektiga o‘xshatish ham kerak emas.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling