Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish. Topshirdi: Rahmatullayeva Laylo Qabul qildi
Download 0.86 Mb.
|
Rahmatullayeva Laylo 2014 (2)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI “SIRTQI(MAXSUS SIRTQI)” BO‘LIMI “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 3-kurs 2014 -guruh talabasi Rahmatullayeva Layloning “MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI” fanidan tayyorlagan KURS ISHI Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilish. Topshirdi: Rahmatullayeva Laylo Qabul qildi: Shamuratova Sevinch Urganch-2022 MundarijaKIRISH. 4 I BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIKA BO‘YICHA ISHLARNI REJALASHTIRISH VA QAYD QILISHNING NAZARIY ASOSLARI. 8 1.1 Oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish 8 1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tushunchalarni shakllantirish yuzasidan metodik ishlarning mazmuni. 16 II BOB. MAKTABGACHA YOSHDLAGI BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH TA’LIMINING ASOSIY DIDAKTIK TAMOYILLARIGA TAYANGAN HOLDA ISHLARNI REJALASHTIRISH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH. 21 2.1 Maktabgacha yoshdlagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari 21 2.2 Maktabgacha yoshda asosiy oddiy matematik qonuniyatlari haqida tushunchalarni shakllantirishni rejalashtirish metodikasi. 33 XULOSA 38 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 40 KIRISH.Mavzuning dolzarbligi: Ayni paytda bu umumiy yo‘nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari va yo‘nalishlari, uzviylik va integratsiyani ta’minlash, o‘qitish metodlari va vositalari kabi yo‘nalishlarda xususiylashadi. Ta’limda uzviylik va integratsiyalashuv bilan birgalikda o‘qitish metodlari va vositalarini ham yangilash va qayta ko‘rib chiqish lozim. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlar o‘qituvchilar oldiga muhim vazifalar qo‘ymoqda. Bu vazifalar har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan, ijodkor, aqlli va nozik didli yoshlarni tarbiyalashdan iborat bo‘lib, hozirgi zamon o‘qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o‘qish va o‘qitishga yangicha munosabatni, fidoiylikni talab qiladi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mexnat qilayotgan otaonalarning ijtimoiy faoliyati uchun shartsharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar bog‘chalari ish mazmuniga qo‘yilgan talablar xam o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichida o‘qishga tayyorlashdir. Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilariga ta’lim berishda maktablar o‘quv dasturlariga yaqinlashtirilgan 12 yo‘nalishli yangi dasturlar ishlab chiqilgani, sinovdan o‘tkazilib, joriy etishga kirishildi. Bog‘chalarda bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo‘llash orqali ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematika ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bulajak tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematika tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Yosh avlodii o‘z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas’ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab avaylash ruhida tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo‘lmas vazifa ekan, bunda barcha ta’lim tarbiya ishi bilan shug‘ullanuvchi xodimlardan katta katta ishlarni bajarishni talab etadi. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirishdi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim. Bolalar bog‘chasida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?). Bog‘chada matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish. (nimani o‘rgatish?). Bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi. 2. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir. Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo‘lak” kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarni, o‘lchov kattaliklari bilan son o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlay bilish ko‘nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko‘tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko‘z bilan hamda ichida sanashga o‘rgatib boriladi. Ularning ko‘z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi. Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo‘yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo‘yicha haftasiga 2 ta mashg‘ulot, yil davomida 72 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning davom etish muddati: birinchisi – 30 daqiqa, ikkinchisi – 20-25 daqiqa. Har bir mashg‘ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganish, o‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi. Yangi mavzu bo‘yicha birinchi mashg‘ulot butunlay yangi matn ustida ishlashga doir bo‘lishi kerak. Yangi matn bilan tanish bolalarning ishlash qobilyati yaxshiroq vaqtda, ya’ni mashg‘ulot boshlanishining 3-5 daqiqasidan boshlab 15-18 daqiqasida yakunlanadi. O‘tilgan materialni takrorlash uchun mashg‘ulot boshlanishidan 3-4 daqiqa va mashg‘ulot oxirida 4-8 daqiqa ajratiladi. Yangi murakkab matematik tushunchalarni o‘zlashtirish bolalarni toliqtiradi. Shuning uchun iloji bo‘lganda yangi materialni o‘tish davomida o‘tilganlarni takrorlash foydalidir. Chunki yangi bilimlarni ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bir tizimga kiritish juda muhim. Ikkinchi va uchinchi mashg‘ulotlarda o‘rganilayotgan mavzuga taxminan 50% vaqt ajratiladi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida esa bevosita oldin o‘tilgan material takrorlanadi. Uchinchi qismida bolalar o‘rganib qolgan material takrorlanadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling