Mavzu: Maktabgacha ta’limda bolalar kitobxonligi fanining predmeti va obyekti
Download 0.6 Mb.
|
2bosqich 11 seminar (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq. O’tilgan mavzular yuzasidan test topshiriqlarini bajarish. 2-topshiriq. Bolalar lug’atini boyitishga asoslangan o’yin. «ISHLASH UCHUN KIMGA NIMA KERAK».
11- Seminar; Faol nutqni rivojlantirish. Faol lug‘atni egallash.Savol va topshiriqlar.
Verbal bosqichda bolada sust nutq shakllanadi. Ushbu bosqichga bo‘lgan davrning asosiy ahamiyati shundan iboratki, uning ichida navbatdagi bosqich – faol nutq paydo bo‘lishi bosqichiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan sharoit vujudga keladi. ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emotsional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. uchinchi bosqichida – uning materiyasi (leksika va gram- matika) bolaning muloqot vazifasini o‘zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog’liq bo‘ladi. Bu bolaning nutqning yangi, yanada murakkab va keng qamrovli jihatlarini o‘zlashtirishiga olib keladi.Lug’atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o‘tkir - uchi o‘tkirlangan, ), ko‘p ma’noli (o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularning ma’nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe’llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma’noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi.Lug’at ishlariga oid dasturlarni amalga oshirish mashg’ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko‘rinishdagi mashg’ulot -lardan tashkil topadi: - Lug’at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayotgan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg’ulotlar (ekskursiya, narsalarni namoyish qilish va h.k.); - Lug’at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg’ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish); - Umumlashtirishlar jarayonida lug’at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘lgan mashg’ulotlar. Nutqiy va Lug’atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash). Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko‘zlagan holda tashkil etilishi.Bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko‘rgazmaviylikning mavjudligi.1-topshiriq. O’tilgan mavzular yuzasidan test topshiriqlarini bajarish. 2-topshiriq. Bolalar lug’atini boyitishga asoslangan o’yin. «ISHLASH UCHUN KIMGA NIMA KERAK?». Didaktik vazifasi: Bolalarning ishlaganda kimlarga qanday mehnat qurollari yordam berishi to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, kattalar ishiga qiziqishini tarbiyalash, mehnat qilishga o’rgatish. O’yinning borishi:. Katta kartalarda opshaz, vrach, shofyor, cho’pon tasvirlangan. Tarbiyachi bolalarning kasblar, mehnat qurollari to’g’risidagi bilimlarini aniqlaydi.Bitta katta kartani olib, uni quradilar, keyin unga mos keladigan suratni, masalan, opshazga kastryulka, cho’mich, go’sht qiymalagich, choynak kabi narsalarni unga qo’yadilar. Pedagog qiynalayotgan bolaga savollar bilan yordam beradi.Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling