Mavzu: maktabgacha ta'limda muommoli talimni tashkil etish bosqichlari. Kirish
Download 41.99 Kb.
|
KURS JUMISI 12 MAVZU(1)
XULOSALAR
Xulosa qilib aytganda , muammoli ta’lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.Shunday qilib, muammoli o’qitishning vazifasi o’quvchilar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o’zlashtirishga xamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo’llash malakasini hosil qilish, bilish, mustahkamlashga o’quv va tarbiya muammolarini hal qilishidir. O’quv jarayonining amaliy tahliliy muammosi o‘qitishning o‘ziga xosligini belgilash imkoniyatini ochadi. Muammoli o’qitishning mohiyati ta’lim oluvchi tomonidan o’zlashtirishi lozim bo‘lagi axborotlarni o‘qituvchining maxsus tashkil qilishidan iboratdir. Muammoli o‘qitishni tashkil etishning birinchi sharti o’quv Axborotlarining takomillashib borishi tizimidir. Muammoli o’qitishning ikkinchi shartida muammoli o’qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o’quv vazifasiga o‘tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko’zda tutiladi. Muammoli o’qitishning uchinchi sharti talim oluvchining subektiv mavqei, ularning bilish maqsadlarini anglab etishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish ia natijani qo’lga kiritish uchun o’zlarining ixtiyorida bo‘lgan vositalarni baholay bilishidir. Muammoli o‘qitishga asoslangan o’quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi unda qo‘llanadigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda: Ijodiy, qisman-ijodiy evristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, o’zlashtirilgan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishdan iborat. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda muammoli ta’limning ilmiy-na-zariy asoslari haqida gap borganda, uni ta’lim metodi, prinsipi yoki alohida tizim deb hisoblash holatlari uchraydi. Muammoli ta’limni qanday nomlashdan qat’iy nazar, uning asosiy xususiyati – bilim oluvchining aqliy faolligini oshirish, mustaqil ijodiy izlanish, o’zi uchun yangi bilim, ko’nikma va malakalarni kashf etishdan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni tashkil etilgandan bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlari mavjud bo’lib, tayyor bilimlarni o’quvchi-talabalar ongiga yetkazish, xotiralash, xotirada saqlash, qayta xotiralash, so’zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlar bilish, tushunish darajasini ifodalaydi. Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling