Mavzu: maktabgacha ta'limda muommoli talimni tashkil etish bosqichlari. Kirish
Maktabgacha ta’limda muammoli taʼlim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari
Download 41.99 Kb.
|
KURS JUMISI 12 MAVZU(1)
1.2.Maktabgacha ta’limda muammoli taʼlim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta’minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o’rnida va samarali foydalanish yo’llarini belgilash zarur. Muammoli ta’lim – bu o’quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning sosiy usuli bo’lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqarvchi muayyan shaxsiy sub’ektiv yo’llanma sifatida tushuniladi. Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud: O’quvchilarning tushunchalar tizimini o„zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati. Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta’sir etish, uning bilimini e’tiqodga aylantirish. Tarbiyachi bilan o’quvchining o’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta’limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin: Muammoli ta’lim darajalari Tarbiyachiva o’quvchi faoliyati mustaqil bo’lmagan (odatdagi) faollik darajasi Tarbiyachitushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat yarim mustaqil faollik darajasi ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llash va O‘quvchilarning tarbiyachitomonidan qo’yilgan o‘quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish mustaqil faollik darajasi Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda ashg’ulotlik matni bilan o‘quvchining o‘zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo‘llanadi, konstruksiyaaydi, o‘rtacha murakkablikdagi masalalarni yechadi, o‘qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k. Ijodiy faollik darajasi. Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o’ylab topishni, o‘quv muammolarini yechishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: Mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish muammoli ta’limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki o’quvchi tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta’minlaydigan, bilimlarni ijodiy o’zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko’maklashadigan hamda e’tiqodni tarkib toptiradigan ta’limning bir turi deb qarash lozim. Muammoli ta’lim hamma o’quvchilar bopmi? Amalda deyarli hamma uchun tushunarli. Biroq muammolilik saviyasi va mustaqil bilish darajasi o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning muammoli ta’lim texnologiyasi bilan o’qitilganlik darajasiga qarab farqlanadi. Muammoli ta’lim – pedagog rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malkalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish bo’lib, muammoli ta’limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq: O’quv materialini muammolashtirish; O’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish; Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashtirish; Tarbiyachitomonidan muammoli metodlardan o’z o‘rnidan va samarali foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish; Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda o„quvchilarga bayon etish. Muammoli metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Muammoli vaziyatlarni hal etishda tarbiyachi o’quvchilar faoliyatini fikr yuritishning mantiqiy operatsiyalari: tahlil, sintez, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, tasniflash va xulosa yasashga yo’naltiradi. Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarda: yangi avzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda muvaffaqiyatli oydalanish mumkin. Muammoli mashg’ulotlarda o’qituvchining faoliyati, avvalo mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish, o’quvchilar oldiga o’quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo„yish, mashg’ulotda mazkur o’quv muammolaridan samarali foydalanishga erishish, o’quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo’naltirishdan iborat bo’ladi. O’quvchilarning faoliyati muammoli vaziyatlarni idrok etish, hal qilish usullarini izlash, muammoni tahlil qilib, taxminlarni ilgari surish, taxminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslash, taxminlarni tekshirish va ulosa chiqarishdan iborat bo’ladi. Muammoli mashg’ulot strukturasi ,Struktura – bu butun predmet, xodisa, jarayon tomonlari, qismlari, elementlarining mustahkam, nisbatan barqaror alaqasi (munosabati) va o’zaro hamkorligidir. Ijodiy faollik darajasi: Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o'ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiharishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish. Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim. Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi. Bular: 1. Versiya xarakteridagi dars. 2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars. 3. Ma'naviy-axloqiy muammoli dars. Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko'nikmalari, didaktik maqsadga yo'nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o'zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya'ni muammolilikning turli sathlari amalda bo'lishi mumkin. Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi: Birinchi sathda o’qituvchi o'zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo'lini qidirishga yo'naltiradi. Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar. Uchinchi sath — oliy sath bo'lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko'zda tutadi: muayyan muammoni ko'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro'baro'» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiq qiladilar. O’quv muammosining qo'yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo'ladi. echilish lozim bo'lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq bo'lgan awalgi o'zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo'yib bo'lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibataloqalarini o'mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e'tiboriga faqat ular uchun qulay bo'lgan muammolarni qo'ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning echilishi uni to’g’ri g’o'ya bilishga ko'p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur. Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin. O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi: yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma'lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari); faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko'rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma 'lum va yangi bilim o'rtasidagi ziddiyat; umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish. Zamonaviy muammoli mashg’ulot strukturasida uning tipi va turidan qat’i nazar har xil darajada hal qilinadigan uchta umumlashgan didaktik masalani ko‘ramiz: O‘quvchilar oldingi bilimlari va harakat usullarini o’zlashtirish. Yangi bilimlar va harakat usullarini o’zlashtirish. Ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish. Muammoli o’qitishda tarbiyachi o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina o’quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo„lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi. Ayrim hollarda tarbiyachi o’quvchilarda nafaqat qiziqshni uyg‘otishi kerak, balki o’quv muammosini o’zi hal qilib qo‘ymasligi va boshqa hollarda o‘quvchilarning o‘quv muammosini echishdaga mustaqil ishlariga rahbarlik qilish lozim, natijada o’quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qo„yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi, bilimlarni bir muammodan boshqa koʻchirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasavvurlari rivojlanadi. O’quvchilar muammoli o’qitish jarayonida muammoli vaziyatda o‘quv materiallarini idrok qilish orqali bilim va aqliy harakat usullarini ol’zlashtirar ekan, o‘rganilganlarni mustaqil tahlil qilar ekan, gipotezalar qo„yish va ularni isbotlash orqali o„quv muammolarini shakllantirar ekan, unda o‘quvchilarning intellektual faolligi ta’minlanadi. Ijodiy metod ta’lim oluvchining ijodiy mustaqilligini to’la amalga oshiradi. Unda o’quvchi o’qituvchining bergan vazifasini bajaradi, ayni vaqtda o’zlari ham o‘quv muammosini shakllantiradi, o’zlari mustaqil gipotezani yechishga harakat qiladilar, izlanishni amalga oshiradi va pirovard natijaga erishadilar. Shu tariqa ijod metodi qo‘llash bilan o’quvchilar faoliyati olimlarning Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yaqinlashadi. Tarbiyachi faqat o’quvchilarning ilmiy izlanishlariga umumiy rahbarlik qiladi, vazifalar esa ularning mustaqil o‘quv-bilish xatti-harakatlarining to‘la davriyligiii ko‘zda muammoli o’qitish metodlari. Axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish axborotlarni muammoli bayon qilish qisman-ijodiy tahlilgacha axborotlar kelishiladi yoki yechilishiga qadar o‘quv muammosi qo‘yiladi hamda yechimlar tekshirib ko‘riladi va yangi bilimlar joriy qilinadi. Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi: o’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini; mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi; talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish. Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat. Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat: talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi; muammolarni o'zlari hal etishlari; shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari; nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari. O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi: 1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar. 2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar. 3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llashi qiyiniligi orasida ziddiyat yuz beradi. 4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi. Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi: hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish; olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish; talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash; ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiharadigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash; talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, ?iyos qilishga undash; talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish. Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o’qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin. Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma'lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik qissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, yuqori ko'tarinkilik bilimlarni samarali o'zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi. Ijodiy metoddan o‘rganilayotgan kursning umumiy asoslarini qamrab olgan eng muhim mavzularni o‘tishda foydalanish tavsiya qilinadi. Bu esa boshqa barcha materiallarning tobora ongli o‘zlashtirilishiga olib kelishi lozim. Shuningdek, bunday metodda mashg‘ulot o’tkazish uchun tarbiyachitanlangan bo’lim yoki mavzu o’quvchilarning idrok qilishlariga qulay bolishini nazarda tutishi lozim bo‘ladi. Ijodiy metod ta’lim oluvchidagi uzoq vaqtni va maxsus sharoit yaratilishini talab qiladi. O’quvchilarning ijodiy ishlari shakliy jihatdan rang-barangdir. Ular ma’ruza matnini tayyorlash va seminarga tayyorgarlik ko‘rish, u yoki bu masalaning nazariy holatini (adabiyotlar bilan birma-bir ishlash, hujjatlarni arxivdan o‘rganish) o‘rganish, ko‘rgazmali qurollar, didakgik materiallar tayyorlash va boshqalardir. Qisman ijodiy metod murakkab muammoni bo‘laklarga ajratib, uning qulay masalalarini bosqichma-bosqich aniqlab olishda qo„llanadi va unda hal qilingan har bir bosqich (qadam) masalaning keyingi bosqichini yechishda asos ‘ xizmat qiladi. Bunda o’quvchilar o‘quv mummosining qo‘yilishida, gipotezani taxmii qilish va isbotlashda faol kirishadilar. Ular faoliyati reproduktiv va ijodiy unsurlarini o‘zida qamrab oladi. Bunda o‘qitishning qidiruv (izlanish) suhbat, o’quvchilarning javoblari va to‘ldirishlariga qo‘shimcha qilgan holda o„qituvchining faktlarini kuzatish va umumlashtirish usullari qo‘llanadi. Bu hollarda o‘quvchilarning reproduktiv va qidiruv (izlanish) faoliyatining muvofiqligiga muhim ahamiyat kasb etadi. Ular biror bosqichdagi o’quv muammosining mustaqil hal qilishdan to ulardan aksariyati yechilgunga qadar kuchli o‘zgarib turishi mumkin. Mashg‘ulotlarda ijodiy suhbatni qo‘llash maqsadga muvofiq topiladi. O’quvchilar bunday suhbat jarayonida o‘zlarida avvaldan mavjud bo’lgan bilimlari, ijodiy faoliyati tajribasiga asoslangan holda tarbiyachi rahbarligida muammoni izlaydi va mustaqil ravishda uning yechimini topadlar. O’quvchilar o’z tashabbuslari bilan savollarga javob beradilar yoki o‘z chiqishlarida turli mulohazalarni bildiradilar, muammoning yechilishidagi o‘z variantlarini ilgari suradilar, hodisalar o‘rtasidagi rang-barang, aloqalar borasida bahslashadilar, boshqalarning fikriga tanqidiy munosabat bildiradilar. Bu jarayonda o’qituvchining o’quvchilarga yordam berish darajasi ularning mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ijodiy suhbatga tayyorlashda o‘qituvchining unga o‘ta mas’uliyat bilan tondoshishi talab qilinadi. Tarbiyachibunday suhbatga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi lozim: avvaldan shunday savollar o’ylab topishi kerakki, ular o’quvchining u yoki bu hodsaning mohiyatini anglab etish va uning yechilish yo’llarini bashorat qila olsin. Tarbiyachi o’quvchilarning umuman muammoni yechish uchun etarli darajada tayyorgarlik ko‘rib kelmasligini ham ko'zda tutishi va bunday vaqtda sodda va murakkablashtirib boruvchi bo‘shimcha savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, bunday savollar orqali o’quvchilar ijodiy hal qilishi shart bo‘lgan vazifalarni qismlarga ajratish ham zarur bo‘ladi, ya’ni muammo kichik muammolarga bo„linadi va muammoli vazifa yechiladi. Tarbiyachi bunday vaziyatda vazminligini saqlashi, o‘quvchilarga tezroq yordam berish, kamchiliginn tuzatish va yanglish fikr bildirganlarga tanbeh berishga shoshilmasligi, balki qo„shimcha savollar bilan o’zlarining xatosini anglashga va to„g„ri qaror qabul qilishga erishish maqsadga muvofiqdir. Ijodiy suhbat davomida kamroq tayyorgarlik ko„rgan, jonli fikr olishuvlarda, shuningdek, indamaslikni xush ko„radigan o’quvchilarga alohida ahamiyat berish lozim. Bunday o’quvchilarning hulqlarini ko‘zda tutgan holda ulardan ham «nido chiqishi»ga erishish maqsadida ular uchun ham avvaldan savollar tayyorlab qo‘yish ma’qul bo‘ladi. Ijodiy xarakterdagi suhbat o’quv-tadqiqot ishlarining zaruriy bosqichi hisoblanadi. Unda o’quvchilarning o‘zida tadqiqot ishlari unsurlari mavjud bo’lganiga qisman-ijodiy faoliyatning bajarilishini talab qiladigan muammoli xarakterdagi mantiqiy masalalar diqqatni jalb qiladi. Download 41.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling