Mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlash Reja: Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi


Download 11.31 Kb.
bet3/4
Sana12.10.2023
Hajmi11.31 Kb.
#1700287
1   2   3   4
Bog'liq
menejment

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining rahbari vakolati doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetasidagi mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun javob beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini moliyalashtirish

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
Muassislari davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini va moliyaviy resurslarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
- O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
- tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari;
- shartnoma asosida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan pulli xizmat ko'rsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- mahalliy xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minoti:
- Muassis nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasiga molmulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
- Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi,
- Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
- Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiytexnik jihatdan ta'minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Download 11.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling