Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tashkil etiladigan ijtimoiy pedagogik muommolar. Reja


Download 109.87 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi109.87 Kb.
#1479480
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tashkil etiladigan ijtimoiy pedagogik muommolar

Akmeologik yondashuv ta’limning shaxsiy yo’nalgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning mohiyati shundaki, ta’lim shaxs hayotiy olami, pedagog va bolaning mazmuniy reallik yuzasiga o’tadi. Ta’lim pedagog va bolaning nafaqat fikr va munosabatlarini o’zgartirishga, balki o’zaro ta’sir sub’ektining shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunday yondashuv ta’limni o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini o’qitishga, ya’ni hamkorlikka, birgalikda ijod qilishga aylanishiga xizmat qiladi. Bunda ta’lim jarayonida asosiy qarama-qarshilik, ta’limni ideal shaklga olib kelish uchun ta’lim mazmunida mavjud pedagog va bolaning real hayotiy pozitsiyasi amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv ta’limning yakuniy natijasiga erishishiga – pedagog va bolani universallashtirish (takrorlanmaslik, noyoblik) va amaliy funksiyani bajarilishiga yo’naltiradi.
Fan va jamiyat tomonidan maktabgacha ta’limga qo’yilayotgan zamonaviy talablarni inobatga olgan holda bugungi kunda ta’limda barcha yondashuvlardan birgalikda foydalanish ma’qul. CHunki, ularning har biri alohida bitta funksiyani, ta’limning bitta maqsadini amalga oshiradi.
Ta’lim islohoti texnologiyasini didaktika va metodika pozitsiyasi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish zarur. Maktabgacha yosh davrida bolaning nutqiy rivojlanish uslubiyati asosiy ahamiyatga ega (nutqiy faoliyatning rivojlanishi). Bolaning nutqiy hulqi asosida “uning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlash mumkin. Binobarin, gap bolaning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uslubiyati haqida borishi kerak.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining didaktik modeli shunday omillarni qamrab olishi kerakki, pedagog ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni amalga oshirishi, ta’lim shartiga bog’liq ravishda o’z qoidalarini ishlab chiqishi mumkin bo’lsin. Bular quyidagicha: pedagog va bola o’zaro ta’sirining didaktik tamoyillari, vositalari, bosqichlari, turi va yo’llari
Didaktik tamoyillar:

  • faollik tamoyili bola xususiyatlarini bilish faoliyati sub’ekti sifatida hisobga olishga asoslanadi;

  • ko’rgazmalilik tamoyili bolalar tomonidan tevarak olamni idrok etish xususiyatlariga asoslanadi;

  • tushunarlilik tamoyili bolalar bilish faoliyatining rivojlanish qonuniyatlari bilan bog’liq;

  • amalga oshiriluvchi tamoyil ta’lim jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini inobatga olishni taxmin qiladi;

  • tizimlilik tamoyili bolaning tevarak-atrofni anglashi orqali muloqot darajasini hisobga olish bilan bog’liq.

Ta’lim vositalari: nutqiy, faoliyatli, moddiy, texnik. Bosqichlari: tanishtiruvchi, differensiatsiya, integratsiya.
O’zaro ta’sir turlari:
I-tur – emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifasi - emotsional-shaxsiy munosabatlar tajribasi bilan almashish, kelgusi birgalikdagi faoliyat uchun emotsional kayfiyat va motivatsiyani yaratish.
II-tur – ijodiy faoliyat tajribasini o’zgartirish. O’zaro ta’sirning mazkur turi ta’limning bilish jihatini, ta’lim maqsadini amalga oshirib, bolani individuallashtirishga qaratilgan.
III-tur – o’quv vazifalarini yechish mumkin bo’lgan vositalarni mustahkamlash uchun faoliyat usullarini amalga oshirish tajribasi bilan almashish. O’zaro ta’sirning bu turi ta’limning psixologik jihatiga asoslanib, rivojlanuvchi maqsadni amalga oshiradi va bola shaxsi shakllanishiga yordam beradi.
IV-tur – ta’limning akmeologik jihatini amalga oshirish. Pedagog notanish sharoitlarda yo’nalish olishni yaratadi. O’zaro ta’sir mazkur turining vazifasi – mazmun va munosabatlarni anglash jarayonida bola tomonidan tizimli bilimlarni egallash, bola shaxsi fikrlash sohasida “olam obrazi”ning, ya’ni “olamni bolalarcha ko’rish”ning shakllanishidan iborat.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasini amalga oshiruvchi o’zaro ta’sirning 4 ta turi faqatgina pedagog va bolalarning hamkorlikdagi faoliyat vositasi va xarakterini aniqlabgina qolmasdan, balki bolalar o’rtasidagi o’zaro ta’sirni ham belgilaydi. Bu esa shaxsiy faoliyat metodida asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Isloh qilingan ta’lim texnologiyasining uslubiy modeli ta’lim jarayonining yaxlit sub’ekti sifatida pedagog va bolalar fikrlarini shakllantirish va munosabatlarini boshqarishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Uslubiy model uslubiy tamoyillarni, vositalar, bosqichlar, metod va yo’llarini o’z ichiga oladi.
Uslubiy tamoyillar:

  • ta’lim maqsadlarining o’zaro bog’liqlik va o’zaro shartlanganlik tamoyili;

  • tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi va isloh qiluvchi ta’lim tamoyili;

  • ta’limni hissiy-amaliy yo’nalganlik tamoyili;

  • ta’limni syujetli-vaziyatli shartlanganlik tamoyili.

Ta’lim jarayonida uslubiy tamoyillarni amalga oshirish.
Ta’lim maqsadlari: tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta’limning tarbiyaviy maqsadi – bola ehtiyojlarini tarbiyalash, pedagogik jihatni amalga oshirish (kattalar tomonidan boshqariladigan jamoa faoliyatida bola o’z xatti-harakatlarining kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni egallash yo’li).
Tarbiyaviy maqsadni mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga emotsional baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta’lim maqsadi shundaki, bola ta’lim jarayonida uni o’rab turgan haqiqatni anglab, bilish ehtiyojini qondiradi.
Bilish ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha yosh davrining turli bosqichlarida: ilk bolalik davrida (1 yoshdan 3 yoshgacha) bilish ehtiyojlarini qondirish “Men predmetlar olamida”; kichik maktabgacha yosh davrida (3 yoshdan 5 yoshgacha) “Men tabiat olamida”; o’rta va katta yoshlarda (5 yoshdan 7 yoshgacha) “Men odamlar olamida” kabi munosabatlarda o’zgaradi.
Bilish ehtiyojlarini qondirish jarayonida, bola hayotiy vaziyat munosabatlarida til vositalaridan, shu bilan bir qatorda faoliyatning turli turlarida foydalanishni o’rganadi (o’yin, tasviriy, musiqa va b.). Namoyon bo’lishni mos (adekvat) vositalarini qidirish bilish faolligini, qiziquvchanlikni, tashabbuskorlikni oshishiga turtki beradi va bilishga qiziqishni rivojlantiradi.
O’qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadi – uslubiy tamoyillarni mos kelgan usul va uslublarini aniqlovchi bosh omildir.
Har bir xususiy metodika o’z mashqlar tizimini taklif etishi mumkin. Misol sifatida mashqlarni lingvistik tizimi keltirilgan. Bu tizim quyidagi tavsiflar bilan aniqlanadi:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling