Shartlanganlik munosabatli qo`shma gaplar
Download 0.83 Mb.
|
Shartlanganlik munosabatli ergashgan qo`shma gaplar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shart ergash gapli qo`shma gaplarda shart mazmun-munosabati ifodalanadi. Shartlanganlik munosabatli qo`shma gaplarning turlari: Shart ergash gapli qo`shma gap.
- Dehqonlar astoydil mehnat qilsa, hosil mo`l bo`ladi.
- Dehqonlar astoydil mehnat qilsalar ham, hosil mo`l bo`lmadi.
- 2.Mo`ljallangan, taxmin qilingan voqelikni aks ettiruvchi shart ergash gaplar.
- Shart ergash gapli qo`shma gaplarda shakl va mazmun ikki xil ifodalanishi mumkin
SHARTLANGANLIK MUNOSABATLI QO`SHMA GAPLAR. Reja: 1. Ergashgan qo`shma gaplarda shartlanganlik munosabatining ifodalanishi. 2. Shart ergash gapli qo`shma gaplarning semantik-sintaktik tuzilishi. Mana shu xususiyati asosida bu turdagi qo`shma gaplar “Shartlanganlik munosabatini ifodalovchi ergash gapli qo`shma gaplar” tarkibiga kiritiladi. Shart ergash gapli qo`shma gaplarda shart mazmun-munosabati ifodalanadi. Shartlanganlik munosabatli qo`shma gaplarning turlari:
Shartlanganlik munosabatlarining barchasi bir g`oyaga asoslanadi, ya`ni bir voqea ikkinchisini keltirib chiqaradi yoki ikkinchi voqea birinchisining mavjudligiga ko`ra yuzaga keladi. Mazkur munosabatlardagi asosiy g`oya “sabab-natija” dan iborat bo`ladi. Mazkur g`oyaning namoyon bo`lishida voqealar talqinining tabiati, nutq egasining aloqadagi maqsadi kabilar hal qiluvchi ahamiyatga ega, ana shularga ko`ra shartlanganlik munosabatlarining aniq turlari farqlanadi. Masalan: Dehqonlarning astoydil mehnat qilishi (1-voqea) va hosilning mo`l bo`lishi (2-voqea). Bulardan birinchi voqea keltirib chiqaruvchi, ikkinchi voqea esa kelib chiquvchi voqealardir, ya`ni ular shartlanganlik munosabatlariga ko`ra aloqador. Ular bir-birlari bilan “sabab-natija” g`oyasi asosida munosabatda bo`lar ekan, shartlanganlik munosabatining quyidagi turlari namoyon bo`ladi:
Shart munosabati:
Sabab munosabati:
Maqsad munosabati:
To`siqsizlik munosabati:
Natija munosabati: 1. Real voqelikni aks ettiruvchi shart ergash gapli qo`shma gaplar. 2.Mo`ljallangan, taxmin qilingan voqelikni aks ettiruvchi shart ergash gaplar. Shart ergash gapli qo`shma gaplar real ravishda yuzaga keladigan yoki taxmin qilingan voqelikni aks ettiradi. Shunga ko`ra shart ergash gaplarning quyidagi ikki turi farqlanadi: Real voqelikni aks ettiruvchi ergash gaplardagi shart bosh gapdagi natijani yuzaga keltiradi. Masalan: Kim bizga to`sqinlik qilsa, o`ziga jabr qiladi. Shart ergash gap mo`ljallangan, taxmin qilingan voqelikni ham aks ettirishi mumkin. Masalan: Agar xodimlarning hammasi shunday bo`lsa edi, ish boshqacha tus olar edi. Shart ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vositalar quyidagilar: -sa To`kilsa manglay tering, unumli bo`lar yering. -sa+edi / ekan Agar dunyoning narigi chekkasiga sizni opichlab borishga to`g`ri kelsa edi, men buni sevina-sevina bajarardim,Ona. -r (-ar, -mas)+ekan Men ishlamas ekanman farzandlarim qanday kun kechiradi. Shart ergash gapli qo`shma gaplarda, asosan, ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Shart ergash gapli qo`shma gaplarda ergash gap bog`li (sinsemantik), bosh gap esa erkin(avtosemantik) xarakterda bo`ladi. Shart ergash gapli qo`shma gaplar havola bo`laksiz gaplar hisoblanadi. Bunday gaplarda shakliy-mazmuniy muvofiqlik deyarli buzilmaydi.
Shart ergash gapli qo`shma gaplarda shakl va mazmun ikki xil ifodalanishi mumkin: E`tiboringiz uchun rahmat Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling