Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari. Reja
Download 487 Kb.
|
BMI boshlang\'ich
Musiqa tinglash. Bollarda musiqa tinglashga ishtiyoqni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish. 2-3 qismli musiqa asarining qismlar o’zgarishini, musiqa asarining kayfiyati, xarakterini mustaqil farqlash, taassurotlari haqida hikoya qilishga o’rgatish. Vokal va cholg’u asarlaridan bahramand qilish va bolalarda bu janrlar haqida tushuncha hosil qilish hamda ularni farqlalshga o’rgatish. “So’zsiz qo’shiq” F.Nazarov, “salimvoyning tovug’i” I.Akbarov, “Oromjon” o’zbek xalq kuyi)
Marsh, qo’shiq va raqs haqidagi bilimlarni kengaytirsh. O’zbek xalq kuylari bilan tanishtirib boorish orqali(“Dutor bayoti”, “Norim-norim” kuyi, “farg’onacha” o’zbek xalq kuylari) milliy musiqiy merosimizga hurmat uyg’otish. Musiqaning kayfiyatini his qilish va farqlash, tabiat, ona Vatanga muhabbat tuyg’ularini rivojlantirish, musiqaning ifoda vositalari bilan tanishtirish. Shuningdek, yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Binafsha qo’shig’i”, “Bayram marshi”, “Qo’g’irchoqning allasi”, “Qo’shig’im, jon, qo’shig’im”, pedagog ixtiyoriga ko’ra yozuvli tasmada zarbli cholg’ular orkestri ijrosida kuylardan foydalanishni tavsiya etiladi. Bolalarni sof va tabiiy ovozda ifodali kuylashga o’rgatish. To’g’ri nafas olish va uylash ko’nikma va malakalarini shakllantirish. Kuy ohangini ijro etilishiga erishish. Ovoz sozlash va eshitish qobiliyitani rivojlantirsh mashqlaridan foydalanish. Turli kayfiyatdagi ona Vatan, odob ahloq, do’stlik xalq qo’shig’i, “Bu juda so’z” M.Ikramova “Ay-yay-yay” mavzusidagi qo’shiqlarni o’rgatish. Shuningdek, “Quvnoq bolalar”kabi bir qator qo’shiqlar tavsiya etiladi. Bolalar cholg’u asbobida chalish. Doira, qoshiq, quticha, taxta qarsak kabi cholg’ulari va ularda ijro etish usulalri bilan tanishtirish, ovozidan farqlashga o’rgatish. Musiqa rahbari va cholg’u asbobiga jo’r bo’lib chalish. Musiqiy ta’limiy o’yin. Qo’shiqlarni sahnalashtirish, davra qo’shiqlarida soz, musiqa va harakatlarning bir-biriga mos bo’lishiga erishish. O’yinlarda musiqa mashg’ulotining barcxha bo’limlaridan olingan bilimlarni mujassam holda namoyon etishga o’rgatish. Obrazli harakatlarni bajarishda bolalarni umuminsoniylikdan mustaqil va yakka holda bajarish sari yetaklash. Bolalarda obrazli tasavvur hosil qilish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi xususiyatlarni rivojlantirish. Musiqiy ta’limiy o’yinlar vositasida musiqiy va nomusiqiy tovushlar haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Oquv yili oxirida: -musiqa asarning shaklini mustaqil anglay oladi; - tinglagan, kuylagan va chalgan asarlarining niomi va ijodkorlarini biladi; -musiqa asarning mazmunini tushunadi va kayfiyatini farqlaydi; -musiqa xos mustaqil harakatlana oladi; -kuy qismlarini o’zgarishiga qarab harakatlarini o’zgartira olaldi; -xalq cholg’ularini farqlaydi; -turli obrazli harakatlar o’ylab topadi; - bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida faol ishtirok etadi. Download 487 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling