Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari. Reja


Download 487 Kb.
bet16/17
Sana10.02.2023
Hajmi487 Kb.
#1187213
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BMI boshlang\'ich

Umumiy belgi
Daftar Kitob


O’quv quroli


Qog’ozdan yasalgan muqovali
Rangli
Rasmli
Qalin
Yupqa

Yoziladi
Chiziladi
Katakli
Chiziqli
Qalin
yupqa

O’qiladi
Rasmini tomosha qiladi
Qalin muqovali
Bilim beradi
Ertaklar
She’rlar
Maqollar
Tez aytishlar o’rgatadi

Bolalarning nutqini o`stirishni muhim usullaridan biri o`yin hisoblanib, biz yuqorida tavsiya qiliyotgan noan`anaviy o`yinlar bola tafakkurini, fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini o`stiradi, nutq boyligini oshiradi.


Mashg’ulot- 2
Mavzu: Maktabgacha ta'lim muassasasining O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramiga bag'ishlab bezatilgan musiqiy zaliga sayohat.
Maqsad: bolalarda bayramona kayfiyatni uyg'otish, ularda Ona-Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash. Bolalarni Vatanimiz bayrog'i bilan tanishtirish.
Mashg'ulotning borishi.
(Mashg'ulot guruhchalarga bo'linmagan holda hamma bolalar bilan birgalikda o'tiladi). Tarbiyachi bolalarga O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining bayram qilinishi munosabati bilan ko'chalar, binolar, mahallalar, bog'chalarning zallari va hovlilari bayramona bezatilishi haqida so'zlab beradi. Bolalarni bog'chaning bayramona bezatilgan musiqa zalini ko'rishga taklif etadi. Zalda uning qanday bezatilganligi to'g'risida gapirib beradi. Vatanimiz bayrog'ini ko'rsatib, uning muqaddas ekanligini tushuntirib beradi, so'ngra bolalarga bittadan bayroqcha tarqatib chiqadi. Ularga qo'llaridagi bayroqchalarni tomosha qilishni taklif etadi. Bolalar bayroqchalarni tomosha qilib bo'lishgach, maxsus idishga solib qo'yishadi. Bolalar zalni aylanib chiqib, guruh xonasiga qaytishadi. Guruh xonasi ham bayramona bezatilganligini ko'rib, kuzatishadi.
Tarbiyachi bolalarga shoir Abdurahmon Akbarning Vatan haqidagi she'rini aytib beradi.
Ona- Vatan, jon Vatan, Shod o 'samiz bag 'ringda,
Bizga mehribon Vatan. Doim bo’l omon Vatan.
Mashg’ulot-3
Mavzu: qushchani kuzatish.
Maqsad: qushchani kuzatish jarayonida bolalarda xursandchilik, quvnoqlik hislarini, uni parvarish qilish istagini uyg'otish, qushchaning nima qilayotganini bolalardan so'rash, bolalarni gapirtirishga erishish, jonzotlarga mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish.
Mashg'ulotning borishi.
Tarbiyachi: „Bizning guruhda chiroyli, quvnoq qushcha yashaydi. Eslab ko'ringlar-chi, qushcha nimalar qiladi? (Bolalar javoblarini to'ldiradi). Qushchamiz chiroyli kuylaydi, donlarni cho'qiydi, suv ichadi, patlarini tumshug'i bilan tozalaydi. Uychasi (qafasi)ga odamlar yaqinlashsa qo'rqadi: kuylamaydi ham, don ham cho'qimaydi, u yoqdan bu yoqqa uchib bezovtalanadi. U odamlardan uychasi oldidan ketishlarini, uni qo'rqitmasliklarini, shovqin solmasliklarini so'raydi. Bugun biz sizlar bilan qushchamizni kuzatamiz. U qo'rqmasligi va xavotirga tushmasligi uchun shovqin solmaslikka harakat qiling. Mana bu stullarga o'tiring, qushchani kuzatishni boshlaymiz, bu yerdan qushcha hammangizga yaxshi ko'rinadi". Shunday deb qafasdagi qushchani ko'rsatadi.
Tarbiyachi bolalardan qushcha nimalar qilayotganini so'raydi, sekin, shoshmay gapirib berishlarini iltimos qiladi. Bolalar javoblarini aniqlashtirib, to'ldiradi. Tarbiyachi bolalar diqqatini qushcha boshini u yoqdan bu yoqqa burayotganiga, o'tirishiga, qarashiga, sakrashiga jalb etadi. Bolalar qushchaning dumini, tumshug'ini tomosha qiladilar. Tarbiyachi qushchaning qanotchalarini, uchishini so'zlab beradi.
Tarbiyachi qushchani qafasi bilan olib qo'yadi. Rasmlardan foydalanib, yurtimizda qishlab qoluvchi qushlar haqida hikoya boshlaydi. Tarbiyachi: „Rasmda qish fasli tasvirlangan. Daraxt shoxiga qushlarga ovqat berish uchun taxtacha ilib qo'yilgan. Bolalar taxtachaga don sepayaptilar, qushlar esa ularni bir chetda kuzatib, ketishlarini kutishyapti". Hikoya bolalar don sepib bo'lishgach, qushlarning taxtachaga qo'nib don yeganlari bilan tugaydi.
Tarbiyachi mashg'ulotdan tashqari bolalar bilan navbatma-navbat qushchani kuzatadilar. Qushchaga don va suv beradilar. Bolalar tarbiyachi bilan sayrga chiqishganda qushlar uchun don va non uvoqlarini ham olib chiqadilar.



Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling