Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli. Reja: kirish I bob


Download 58.91 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi58.91 Kb.
#1626678
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli.
REJA:
KIRISH
I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli.
1.1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta`siri……………………………………………………………………………….
1.2. Bolalarni matematik jihatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish……...
II bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy usullaridan foydalanish.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning zamonaviy texnologiyalari.........................................................................................
2.2. Maktabgacha yoshda o’yin faoliyatining bola shaxsini shakllanishiga ta’siri
XULOSA……………………………………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……………………………

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hayotimizda chuqur o’zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo’li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o’zbek xalqi o’zining haqiqiy tarixini, jahon tan olgan madaniy va ma’rifiy boyliklarini, urf-odat va an’analarini tiklash imkoniyatiga ega.
«Biz yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo’yib, uni milliy g’oya darajasiga ko’tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo’lg’usi Renessansning to’rt uzviy halqasi, deb bilamiz. MTT tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o’qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg’onish davrining to’rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz», – dedi prezident.
Mustaqillik yillarida Respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko`tarildi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi-2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida gi qarori qabul qilindi.

Download 58.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling