Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash muammolari


Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari


Download 79.99 Kb.
bet3/4
Sana22.01.2023
Hajmi79.99 Kb.
#1110734
1   2   3   4
Bog'liq
30. Sherqulova Shoira

1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari

  • 1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari
  • Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. 6-7 yoshli bolaning maktab taʼlimiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlimtarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki maktabgacha taʼlim muassasadagi taʼlim-tarbiya sharoitlarida maktab taʼlimiga ozorsiz o‘tkazishni taʼminlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab taʼlimiga o’tishi hamisha uning hayoti, axloki, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayok maktab taʼlimiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.

2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda yuzaga keladigan muammo jarayonlari 

  • 2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda yuzaga keladigan muammo jarayonlari 
  • Maktabga umumiy tayyorgarlik MTTining maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maksadga muvofiq taʼlim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi. Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaktiga kelib aqliy, maʼnaviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, u bolaning maktab taʼlimining yangi sharoitlariga va o‘quv materialining ongli egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. Ammo bolalarni maktabga tayyorlash bosqichida ko’plab muammolar ham kelib chiqadi.Ushbu muammolar o’quvchilarning yosh xususiyatlari, bilish jarayonlari, ulardagi aqliy, kognitiv xususiyatlardan kelib chiqib belgilanadi. Muammolarga to’g’ri yondashib bolalarga yordam berishda pedagog, psixolog va tarbiyachilarning o’rni beqiyosdir. Bunda bolaning birinchi navbatda umumiy tayyorgarligi ham inobatga olinadi.

Download 79.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling