Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni


Download 34.92 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi34.92 Kb.
#1365102
TuriReferat
Bog'liq
uyda tarbiyalash 1



Referat

Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni
uyda tarbiyalash fanining hozirgi
kundagi ahamiyati

Bajardi:301-MTPP talabasi


Raxmonova Diyora
Tekshirdi:Gaynazarova.G.A
Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda tarbiyalash
fanining hozirgi kundagi ahamiyati.
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda tarbiyalash fanining maqsad va vazifalari.
2.Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini.
3.Oila huquqi tizimi.

Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatni oʻrni uni tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir.Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida hizmat qiladi, ta’lim–tarbiyaga doir bilimlar mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, qoidalarning sinovdan oʻtkazuvchi va amalda tadbiq qiluvchi ota – onaning faoliyatidir.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda tarbiyalash fani quyidagilarga amal qiladilar:
• ta’lim-tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya
qonuniyatlariga amal qiladi;
• oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
• oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar;
• insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand
tarbiyasining uyg‘unligi;
• oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatiga
amal qilish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda tarbiyalash fanining maqsadi:
• oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini
o‘rganishga qaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda tarbiyalash fanining vazifalari:
• oila taibiyasiga doir bir butun muammolami hal qilish;
• oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning
davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil inson
tarbiyalashdir;
• oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish,
pedagogik qonun-qoidalaiga rioya qilishdir;
• fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
• ilg‘or oilalardagi muovaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
• ota-onalami pedagog mutaxassislar bilan hamkorlikgini
o ‘matish kabilami amalga oshirish;
• barkamol inson taibiyasiga doir muammolami hal qilish
doimiy va hayotiy izlanishlami talab etadi.
Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. Uiarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi.
Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi.Oila o'z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiyqadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi. Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq.Chunki,jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi.
Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof-muhit, mol-mulkka bo'lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga munosabatini shakllanishi uchun o'rnak bo'ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, ta ’kidlash bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o'rnak ko'rsatishi orqali olib boriladi.
Nima mumkin va nima mumkin emasligi, mehnatga, mol-mulkka munosabat, ovqatlanish, dam olish, kattalarga muomala, hurmat, kichiklarga g'amxo'rlik qilishning dastlabki sabog'i oilada olinadi. Bola boshqa muassasalarga tarbiya, bilim olish uchun berilgunga qadar hayot alifbosi haqida ma’lumotni oiladan oladi.
Oiladagi tarbiya kishilarning axloqiga, xulqiga o'chmas qoidalarni singdiradi. Inson tarbiyasida hech qanday boshqa tuzilmalar oilaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki, u yerdagi tarbiyaga sut, qon singari muqaddas ashyolar ta’sir qiladi.
Oilaning asosiy ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik vazifalarini qisqacha tahlil qilib koʻradigan boʻlsak, bolada shakllanadigan barcha hissiy, ruhiy tuygʻular: mehribonlik, oqibatlilik, oʻziga va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatlilik kurtaklari oilada namoyon boʻladi. Oila oʻz vazifasini lozim darajada amalga oshirishi uchun uni tegishlicha, ma’rifiy-metodik qurollantirish, ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni oʻtkazish yoʻli bilan unga yordam berib borish zarur. Qolaversa, ma’naviy yetuk oila – ma’naviy yuksak jamiyat tayanchidir.
Oila urf-odatlari, shajarasi, an’analari, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni farzandlar ongiga singdirish, har bir kishini kasb-hunar malakalari bilan qurollantirish ma’naviy barkamollikni tarbiyalashning asosidir. SHunday ekan, joylardagi xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan oqsoqollar kengashlari oldida turgan muhim vazifalardan biri oila qadriyatlariga bagʻishlangan suhbatlar, konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, oilaviy bayramlar, kitobxonliklar, san’at asarlari koʻrgazmalari, qoʻshiq va raqslar koʻrik-tanlovlari oʻtkazish, oilaviy fol’klor etnografik ansambllarni tashkil etish, tarixiy joylarga sayohatlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Milliy, ma’naviy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda har qanday ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi mumkin emas.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yoʻnalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligi bilan belgilanadi. Bu nazariy qoida bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir. Yangi ijtimoiy-tarixiy sharoit oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya borasida ham jiddiy oʻzgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bolalarni vatanparvarlik ruhida, yangicha fikrlovchi shaxs sifatida tarbiyalash oiladan boshlanishini e’tiborga olib, oilaviy tarbiya mazmunini qayta koʻrib chiqish va uni yanada boyitish, uning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va shu asnoda maqsad va vazifalarni hamda ularni qanday vositalar bilan amalga oshirish yoʻllarini aniqlash muhim ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik zaruriyatdir.
Ana shu zaruriyatdan kelib chiqqan holda, oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalasi ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki, mazkur Oilaviy tarbiya saboqlari masalalarni hal etish ancha murakkab va ziddiyatli boʻlib, unga vorisiylik va tarixiylik nuqtai nazaridan yondashish talab etiladi.
Ma’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini oʻrtaga tashlamoqda. Bu mezonlar vatanparvarlik, milliy gʻurur, milliy ong, milliy oʻz-oʻzini anglash, milliy tafakkur, milliy tarbiya kabi tushunchalarda oʻz ifodasini topgan boʻlib, ular tarbiya jarayonining bugungi kunda rivojlanishi uchun muayyan tarzdagi bir maqsadga qaratilganini ta’minlaydi. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mavzusiga toʻxtalganda, milliy axloq va tarbiyaning oʻziga xos xususiyatini ochib bermoq zarur. Milliy axloq va tarbiyada ajdodlarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan oʻtgan hayot saboqlari va oʻgit, koʻrsatmalari jamuljamdir. Ana shu tufayli milliy, axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha yashab kelmoqda.
Har qanday axloqiy fazilat u yoki bu yoʻsinda insonning xatti-harakati tartibga solinishining ifodasi boʻlib, insonga boʻlgan hurmat-e’tibor, mehr-muhabbatni bildirar ekan, u umumbashariy mazmunni beradi. Zotan, har qanday shaxs odamzotning bir zarrasi ekan, unda butun bashariyatning mohiyati mujassam, shuning uchun ham u butun insoniyatga mansubdir. SHunga koʻra, har bir ota-ona oʻz farzandi tarbiyasida, uning barkamol shaxs boʻlishida umuminsoniy ma’no va mazmunni koʻrmogʻi lozim. Bolaning axloqiy fazilatlari umuminsoniy xarakter kasb etib, umumbashariy qadriyatga aylanishini anglab yetgan ota-ona farzandlari tarbiyasidagi mas’uliyatni chuqur his qilmoqlari maqsadga muvofiqdir.
Oilada shaxsni ma’naviy-axloqiy shakllantirish bolaning tugʻilishi bilan boshlanadi va u oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi, umummadaniy saviyasi hamda umumpedagogik madaniyati va oilaviy hayotini qanday tashkil etishdan iborat. Bu omillar oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular bir qator pedagogik-psixologik xususiyatlarni oʻz ichiga oladi. Bularni hisobga olish esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning oʻziga xosligi va ahamiyatini bilishga yordam beradi. Inson butun mavjudotlar ichida eng ulugʻi, barcha narsalar uning uchun yaratilgan, degan gʻoya islomiy ma’naviyatning negizini tashkil qilsa, insonlarni oʻzaro ma’naviy, oqibatli boʻlishga undash va ularda oliyjanob fazilatlarni shakllantirish islom pedagogikasi va psixologiyasining asosidir.
Islom dini xalqning ijtimoiy hayotiga, xususan, oilaviy munosabatlariga, madaniyati va milliy an’analariga singib ketgan, ammo bundan oʻzbek xalqining qadimiy, takrorlanmas madaniyati, jumladan, oilaviy qadriyatlari islom dinisiz mavjud boʻlmas edi, degan qarash kelib chiqmaydi. Islomiy ma’naviyat manbalarida oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid qarashlar tizimi mavjud boʻlib, u oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni oʻz ichiga oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan oʻrtaga tashlansa-da, ular kishilarning hayotiy faoliyatlari, turmush tarzlari, ijtimoiy ehtiyojlari, nihoyat oilaviy munosabatlari talabidan kelib chiqqanligi uchun ham aqlga va kundalik turmushga muvofiq edi.
Islomda oilaviy tarbiyaning oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib oʻtiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talabidan kelib chiqqan, bolani axloqiy tarbiyalash haqidagi umumiy gʻoyalar bilan bogʻliq boʻlib, ular bolani insoniylikka va ezgulikka da’vat etganligi uchun umuminsoniy mazmunga egadir. Bugungi kunda ota-onalar islomiy tarbiya saboqlari naviyatning ana shu umuminsoniy mazmunini bolalar shuuriga singdirib borishlari zarur.
Diniy qadriyatlarning yangi tarixiy sharoitda oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi muhim omil boʻlib xizmat qilishi shu bilan izohlanadiki, diniy tasavvurlar, rasm-rusumlarning millat turmush tarziga, xalqning hayotiy faoliyatiga singib ketishiga sabab diniy ongning inson ruhiyatiga boʻlgan kuchli ta’siri oqibatidir. Ayni vaqtda, oilaviy tarbiya jarayonida diniy qadriyatlar bilan diniy bid’atni farqlash va bola ongini diniy xurofotlar bilan zaharlanishining oldini olish ota-onalarning burchi hisoblanadi.

Ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soluvchi oila huquqi qoidalari betartib joylashtirilmasdan, ma'lum tizimga keltirilgan. Oila huquqi-bu oila huquqi tuzilishi, uning muayyan ketma-ketlikdagi alohida institutlari va me'yorlari tarkibidir. Oila huquqi tizimi obyektiv ravishda tuzilib, oila huquqi predmetiga kiradigan ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xosligini aks ettiradi, hamda o‘zaro bog‘langan oilaviy-huquqiy institutlarning birligi va farqlanishida namoyon bo‘ladi.


Huquqiy institut deganda turdosh va o‘zaro bog‘liq ijtimoiy munosabatlar guruhlarini kompleks tartibga solinishini ta'minlovchi alohidalashgan huquqiy me'yorlar yig‘indisi tushuniladi. Huquqiy institularga mazmun jihatdan turdoshlilik, tartibga solinishi bo‘yicha komplekslilik, shuningdek huquqiy alohidalilik xosdir.
Oila huquqi tizimi qonunchilikda, avvalo Oila kodeksi kabi kodifikatsion xarakterdagi aktlarda, shuningdek oila huquqi fanida va "Oila huquqi" o‘quv kursida o‘z ifodasini topadi. Oila huquqi tizimi o‘z ichiga umumiy va maxsus qismlarni oladi.
Umumiy qism, oila huquqining maxsus qismidagi barcha institutlar uchunahamiyatga ega bo‘lgan me'yorlardan iborat, jumladan oila huquqining asosiy qoidalari va vazifalari, oila huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar va ushbu munosabatlar subyektlari va obyektlari, oila huquqi manbalari; oilaviy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlarining qo‘llanilishi, shuningdek oila to‘g‘risidagi va fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanilishi; oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an'analarning qo‘llanilishi .
Umumiy qismga oilaviy huquqlarni amalga oshirish va oilaviy majburiyatlarni bajarish shartlarini, oilaviy huquqlarni himoya qilish tartibi va muddatlarini o‘rnatuvchi me'yorlar kiradi (masalan, Oila kodeksi 10-11-moddalar).
Maxsus qism bir necha institutlardan tashkil topgan bo‘lib, bu institutlarning har biri ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi.
Ular quyidagilardan iborat:
-nikoh (nikoh tuzish shartlari va tartibi, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi);
-er va xotinning huquq va majburiyatlari (er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari, er-xotin mulkining qonuniy tartibi, er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi, er va xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi);
-ota-ona hamda bolalarning huquq va majburiyatlari (bolaning nasl-nasabini belgilash, voyaga yetmagan bolalarning huquqlari, ota-onalarning huquq va majburiyatlari);
-oila a'zolarining aliment majburiyatlari (ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv, aliment to‘lash va undirish tartibi);
-ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalash shakllari (ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat);
-oila qonunchiligini chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarga nisbatan qo‘llash.

Huquq tizimida oila huquqi huquqning boshqa sohalari bilan turli tutashda bo‘ladi. Oila huquqi huquq sohalarining shunday guruhida joylashganki, u huquqning tartibga soluvchi tizimosti guruhlaridan biri hisoblanadi. Bu guruhning barcha sohalariga muayyan munosabatlarni ijodiy tashkil etishi uchun qo‘llanilishi xosdir. Ushbu xususiyati bilan ular ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish vazifasini bajaruvchi va shu sababli man etish orqali tartibga soluvchi jinoyat huquqidan farq qiladi.


Shu bilan birga, tartibga soluvchi sohalar orasida oila huquqi ruxsat berish orqali tartibga soluvchi sohalar guruhiga mansub (fuqarolik, mehnat huquqlari kabi). Bu guruhning barcha sohalari singari, oila huquqi majburlash orqali tartibga soladigan (masalan, ma'muriy, moliya huquqlari) sohalardan farqlanadi, chunki bu sohalar asosan bir subyektning ikkinchisiga bo‘ysunishi va boshqaruv organlari dalolatnomalar asosida shakllanadi.
Ruxsat berish orqali tartibga soluvchi huquq sohalari guruhida esa oila huquqi o‘z predmeti va metodi bo‘yicha fuqarolik huquqiga yaqindir. Oilaviy munosabatlar boshqa ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq. Shu sababli oila huquqi u yoki bu darajada deyarli barcha huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liq. Biroq bu bog‘liqlikning daraja va shakllari turlicha namoyon bo‘ladi.
Konstitutsion va oila huquqi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikning o‘ziga xos shakli mavjuddir. Konstitutsion huquq jamiyatda oilaviy munosabatlar qurilishining bosh va asosiy qoidalarini o‘z ichiga oladi (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 46, 63-66 moddalar). Oila huquqida ushbu qoidalar qayta ishlanadi, kengaytiriladi, rivojlantiriladi, aniqlashtiriladi.
O‘zaro bog‘liqlik aksariyat hollarda oila huquqi va huquqning sohalari me'yorlarining birgalikda qo‘llanilishida ifodalanadi. Ma'muriy huquq bilan oila huquqi yuridik faktlar sohasida qalin
aloqadorlikda, chunki oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi va tugatilishi asoslari sifatida ko‘p hollarda boshqaruv organlari aktlari xizmat qiladi (farzandlikka olish, vasiylik va homiylik belgilash va boshqalar).
Fuqarolik jarayoni va oila huquqi me'yorlari nizolarni hal qilish, oilaviy huquqlarni himoya qilishda qo‘llaniladi. Jinoyat huquqi oilaviy munosabatlarni muhofaza qilishda tatbiq etiladi. Shu sababli, oila huquqida jinoyat huquqiga havola qilishlar mavjud bo‘lib, ular nikoh tuzishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni yashirganlik uchun, farzandlikka olish siri va hokazolar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini nazarda tutadi.
Oila va fuqarolik huquqi me'yorlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nisbati yuqori darajadadir. Qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda o‘zaro bog‘liqlik bir soha normalarini ikkinchi soha munosabatlarida qo‘llanilishida ifodalanadi.
Oila huquqi va huquqning boshqa sohalari me'yorlarining o‘zaro bog‘liqligi ularning birlashib ketishiga olib kelmaydi. Lekin bu holat oila qonunchiligida faqat oila huquqi normalari emas, balki u bilan bog‘liq bo‘lgan huquq sohalari normalarining mavjud bo‘lishida ham ifodalanadi. Ayniqsa bunda fuqarolik, ma'muriy, fuqarolik jarayoni huquqi normalarining ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Bu normalar oilaviy munosabatlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda sanab o‘tilgan huquq sohalarining oilaviy munosabatlarni tartibga solishdagi xususiyatlarini aks ettiradi.
Download 34.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling