Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta`lim tarbiyasi


Download 1.24 Mb.
bet1/4
Sana15.12.2022
Hajmi1.24 Mb.
#1007561
  1   2   3   4

Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta`lim tarbiyasi.

Reja:

  • Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha.
  • Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli.
  • Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning roli.
  • Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash

«Shaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs - muayyan jamiyatning a'zosidir. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta'sir etadi.

Shaxsning kamolga etishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega.Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon botadi. U o’zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi.

Jismoniy rivojlanish bo’yicha o’sishi, vazinning ortishi, sezgi a'zolarini mukammallashuvi, harakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’liqdir.

Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.

Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.

Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling