Mavzu: Ma’lumot – axborot hujjatlari va ularning turlari


Download 16.99 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi16.99 Kb.
#1109283
Bog'liq
Mavzu Ma’lumot – axborot xujjatlari va ularning turlari-fayllar.org

Mavzu:Ma’lumot – axborot hujjatlari va ularning turlari.

Reja:


  • 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari.

  • 2. Axborot turlari.

  • 3. Ariza, Ishonchnoma, Tilxat va Tavsifnoma.

Ma’lumot – axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko’p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma,


  • tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot, kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.

  • Ariza- muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ariza amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan va keng tarqalgan ish qog’ozidir. Maktab o’quvchisi va talaba, menejer va agranom yoki fermer, muhandis va olim, tadbirkor va mansabdor shaxs- jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas.


  • Tilxat- Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror nrsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko’rsatiladi, qavs ichida esa so’zlar bilan ham berilishi shart.

  • Matn va imzo oralig’idagi bo’sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o’chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Ba’zan tilxatda guvohlar ismi- sharifi ham ko’rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o’z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.

  • Ishonchnoma- Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o’z bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnoma hisboblanadi. Muayyan ish harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan ( muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi ) rasmiylashtirishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy ( xizmat ) va shaxsiy turlarga bo’linadi.

  • Tavsifnoma- Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek uning o’ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari ( agar ular mavjud bo’lsa ) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o’quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda ) beriladi.

  • Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko’rsatib o’tiladi.

Tavsifnomaning birinchi qismida shaxsning mehnat faoliyati, ya’ni mutaxasisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o’zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.



http://fayllar.org
Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling