Mavzu: Ma`lumotlar bazasida SQL so`rovlarini hosil qilish.
PL/SQL – bu oracle firmasi tomonidan tuzilgan, SQL so'rov tilining kengaytirilgan ko'rinishi bo'lib, protsedurali dasturlash tili hisoblanadi. SQL dasturlash tiliga kirmaydi, u faqat so'rovlarni amalga oshirib beradiku. PL/SQL esa, oracle ma'lumotlar bazasi uchun dasturlash tili hisoblanadi. Quyida PL/SQL protsedurali dasturlash tili bilan tanishib chiqamiz.
PL/SQL – SQL tilini inkapsuliyatsiya qiluvchi, qadamma-qadam dasturlovchi prsedurali til hisoblanadi.
PL/SQL – bu tilda, o'zgaruvchilarni yaratish va chaqirish ma'lum bir buzilmaydigan qonunlarga bo'ysungan holda amalga oshiriladi. Parametrlarga ega bo'lgan protsedura va funksiyalar bilan ishlay oladigan va ADA tilidan o'tgan paketlar(package) yarata oladigan tildir.
PL/SQL – o'zgaruvchilarning tiplariga katta e'tibor beradigan, mos kelmaydigan tiplarni kompilyatsiya jarayonida ko'rsatib beradigan, tiplar ustida ma'lum bir o'zgartirishlarni amalga oshiraoladigan tildir.
PL/SQL – bu til ob'yektga mo'ljallangan dasturlash tillari oilasiga tegishli emas, lekin ob'yektlarniyaratish va ular ustida amallar bajarishi mumkin.
PL/SQL – bu dasturlash tili operatsio tizimga bog'liq bo'lmagan til hisoblanadi, ya'ni windows operatsion tizimi uchun yoki Linux operatsion tizimi uchun alohida-alohida o'rganish kerak degan tushuncha yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: |