- Ob’ektlar ro‘yhati maydoni, bu maydonda muayyan ob’ektlarning ro‘yhati aks ettiriladi; - Uskunalar paneli maydoni, bu maydon quyidagi tugmalarni o‘z ichiga oladi: Конструктор - tanlangan ob’ektni konstruktor rejimida o‘zgartirish imkonini beradi; Удалить - tanlangan ob’ektni o‘chirishni amalga oshiradi; - Jadvallar oynasi. Ushbu oynada jadvallarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish bilan bog‘liq barcha amallarni bajarish mumkin, bundan tashqari mavjud jadvallar ro‘yhati keltiriladi. - So‘rovlar oynasi. Bunda har xil turdagi, ya’ni jadvallarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish, hamda ma’lumotlarni kiritish va saralash kabi amallarni bajaruvchi so‘rovlar bilan ishlash mumkin. - Formalar oynasi. Ushbu oyna yangi formalarni yaratish, mavjud formalarni o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. Formalarning asosiy vazifasi, jadvalga ma’lumotlarni kiritish yoki jadval ma’lumotlarini aks ettirishdan iboratdir. - Hisobotlar oynasi. Ushbu oynada jadval ma’lumotlarini ma’lum ko‘rinishida ekranga yoki bosmaga chiqarish uchun xizmat qiluvchi hisobotlarni yaratish va boshqarish mumkin. - Veb sahifalar oynasi. Bunda jadval ma’lumotlarini veb sahifa ko‘rinishida taqdim etuvchi ob’ektlarni yaratish va boshqarish mumkin. - Makroslar oynasi. Jadvallarni, so‘rovlarni, formalarni va hisobotlarni boshqarish bilan bog‘liq barcha amallarni o‘z ichiga olgan ob’ektlar bilan ishlashga mo‘ljallangan. - Modullar oynasi. Dastur kodi va dasturlash modullarini o‘z ichiga oladi. Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratishning bir nechta usullari mavjud. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratishning bir nechta usullari mavjud. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Do'stlaringiz bilan baham: |