Mavzu: Ma’lumotlar ombori. Ma’lumotlarni saralash. Raqamlarni saralash. Matn bo‘yicha saralash


Download 20.26 Kb.
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1133611
1   2   3
Bog'liq
MtP0cYDLy4oeDbFzgF4gPYfx5T-tfT3

Ma’lumotlar ombori o’zi nima?

Ma’lumotlar ombori – aniq bir sohaga tegishli ma’lumotlarning strukturalangan va o’z nomiga ega bo’lgan majmui.

Ma’lumotlarni struktaralash – ma’lumotlarni ma’lum xususiyatlari bo’yicha birlashtirish.

Masalan, korxonaning ma’lumotlar omborida quyidagi axborotlar saqlanishi mumkin:




  • Korxonaning ishchi xizmatchilari haqidagi barcha ma’lumotlar.


  • Korxonaning moddiy va texnik bazasi haqidagi ma’lumotlar.


  • Omborlardagi zahiralar haqidagi ma’lumotlar.


  • Tayyor maxsulotlar haqidagi ma’lumotlar va hokazo.


Kompyuterlarda bu kabi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar strukturasini belgilab olish kerak. Ma’lumotlar omborini tashkil etishda axborotlarni saqlash talab qilinadi.

Ma’lumotlar omborida ustunlar Maydon , satrlar – Yozuv, Maydon va yozuvlar kesish katakchalari esa - Rekvizit deb yuritiladi.

Maydon – ma’lumotlar ombori strukturasini belgilaydi.

Yozuv – o’zaro mantiqan bog’langan maydonlar majmui bo’lib, biror obyektning asosiy xususiyatlarini ifodalaydi.

Ma’lumotlar ombori strukturasini to’laroq tushunib olish uchun bir misol ko’ramiz. Ma’lumot kiritilmagan birgina maydonlar belgilangan 9-sinf o’quvchilari haqidagi bo’sh ma’lumotlar omborini tasavvur qiling. Ma’lumotlar omborini tashkil qilish uchun quyidagicha jadval tuzib olinadi.




Familiyasi


Ismi


Otasining ismi


Tug’ilgan sana


Telefon raqami


Qiziqishi


1


Qurbonov


Bexruz


Qaxramon


1993.11.02


296-88-11


Sport


2














Bu jadvalda ma’lum bir axborot saqlanmoqda - bu ma’lumotlar ombori strukturasi, ya’ni maydonlar to’plamidir. Maydonlar jadvalga qaysi ma’lumotlar va qanday ko’rinishda kiritilishini belgilaydi.

Ma’lumotlar omborining xususiyatiga qarab , unda axborotlar uch xil shaklda saqlanadi:


1) Iyerarxik (chiziqli) 2) To’rli 3) Relatsion (jadvalli)

Ma’lumotlarning iyerarxik shakli ularni qayta ishlash uchun eng qulay hisoblanadi. Uni quyidagi misolda ko’ramiz.
Misol. Axborotlar omboridan Toshkent shahar , Qorasuv 8-dahasi, 104-uy, 87-xonadonni izlab keluvchi mexmonning yo’nalishi quyidagicha bo’ladi:

1. Barcha davlatlar ichidan O’zbekistonni topadi.

2. O’zbekiston hududidagi barcha shaharlar orasidan Toshkentni tanlaydi.

3. Toshkent shahridagi dahalardan Qorasuv – 8 ni topadi.

4. Qorasuv 8-dahasidagi barcha uylardan 104-uyni topadi.

5. Xonadonlar orasidan kerakli 87-xonadonni izlaydi,

Ma’lumotning bunday ko’rinishi iyyerxik shakli deb nomlanadi.
Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling