Mavzu: Ma’lumotlar ombori. Ma’lumotlarni saralash. Raqamlarni saralash. Matn bo‘yicha saralash


Download 20.26 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1133611
  1   2   3
Bog'liq
MtP0cYDLy4oeDbFzgF4gPYfx5T-tfT3

Mavzu: Ma’lumotlar ombori. Ma’lumotlarni saralash. Raqamlarni saralash. Matn bo‘yicha saralash.



MA’LUMOTLAR OMBORI HAQIDA TUSHUNCHA
Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya
asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan
hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan
foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga
harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish,
yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini
ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum
bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan
ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan
tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish
uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish
mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining
zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
 Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon
ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
 Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada,
tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
 Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar
jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular
tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida
kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi
kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish
mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili,
telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha
yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir,
Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon
raqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan
ma’lumotga aylanadi:

T/r

Familiyasi

Ismi

Otasining
ismi

Yashash manzili

Telefon raqami

1.

Nazarov

Nodir

Axmedovich

Navoiy shahar

+998947777777



Kompyuterda ma’lumotlar omborini yaratish va uni ishlatishni belgilovchi ikkita omil mavjud: birinchi omil – qanday mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar (ya’ni ularni tashkillashtirish) va ikkinchisi – yig‘ilgan ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligidir. Masalan, xodimlar ro‘yxatini qayta ishlovchi turli xildagi dasturlar mavjud. Lekin bunday dasturlar biror kishining familiyasini izlash yoki haqda biror ma’lumotni topishga (ajratishga) qarab bir-biridan jiddiy farq qiladi. Budan tashqari, har ir berilgan soha uchun o‘zining dasturi ishlab chiqilishi kerak. Masalan, kimyoviy moddalar haqidagi ma’lumotlar ombori uchun mo‘ljallangan dasturlar aviapassajirlar ro‘yxatini qayta ishlash uchun umuman yaroqsizdir.

Ma’lumotlar omboridan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi. Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.


Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling